www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Janob Ijli jilmaydi.
— Men hikoya qilgan kishi — Avraam Linkolndir.
Yigitcha yon daftarchasiga nimalarnidir yozib qo'ydi.
— Hayotda shunchalik ko'p narsalarga yetishgan insonlar qachonlardir mag'lubiyat
alamlariga chidagan yoki rad etilganliklaridan hatto, bexabar edim, — dedi u.
— Albatta. Aslida ilg'or kishilar o'z muvaffaqiyatlariga erishishlarining sababi ham
mag'lubiyatlarga shuncha bor duchor bo'lganliklarida.
Yon daftarchasiga navbatdagi yozuvni bitgan yigitcha jilmaydi.
— Tushunmayapman, — dedi u boshini ko'tarib, — agar biz urinishlarni qayta-qayta
davom ettiraversak, oxir-oqibatda muvaffaqiyatga erishamiz, demoqchimisiz?
— Ha. Ko'pincha shunday, — javob berdi janob Ijli, — shart shuki, biz xatolarimiz
orqali o'rganamiz. O'z lampochkasini yaratish uchun Tomas Edison birgina tajribani o'n
ming marta takrorlagan, har safar u qandaydir yangilikdan xabar topib, kerakli
o'zgarishlarni kiritavergan.
— Qat'iyat — bu hammamizning bolalik chog'imizdagi sifatidir, — davom etdi janob
Ijli. — Masalan, qachon bo'lmasin uzoq vaqt kurash va har kuni yiqilaverishdan so'ng
nihoyat yurishni o'rganib olgan bolani ko'rganmisiz?
— Nima uchun biz o'sha sifatni yo'qotib boramiz? — so'radi yigitcha.
— Ba'zan omadsizlik va inkorlardan qo'rqamiz. Gohida o'zimizga ishonchni
yo'qotamiz. Lekin eng asosiysi: omadsizlik va inkor — muvaffaqiyatning eng muhim
tomoni ekanligini unutamiz. Amalda qancha ko'p omadsizlik va inkorni boshdan
kechirsangiz, shuncha katta yutuqqa erisha olasiz.
— Anglayolmayapman, — dedi yigitcha. — Bu qay tarzda bo'lishi mumkin?
— Chunki omadsizlik va inkorlar — muvaifaqiyat sari yetaklovchi zinapoyaning
zaruriy bosqichlaridir. O'z xatolarimiz orqali o'rganamiz va natijada maqsadga
yaqinlashamiz. Jorj Bernard Shou aynan shunday yo'l tutgan. U: «Men yoshligimda o'nta
ishimdan to'qqiztasi omadsiz bo'lganini sezardim. Omadsiz bo'lishni istamaganim uchun
o'n baravar ko'p ish bajarar edim», — degandi.
Tanlagan yo'lida katta yutuqqa erishgan har qanday kishini olishingiz mumkin, —
tushuntirdi janob Ijli, — ular muvaffaqiyatga erishishdan avval albatta, qator omadsizlik
va inkorlardan o'tganliklarini bilib olasiz.
Men o'zimga ilk bor qat'iyatning muhimligini kashf etganimda mashhur aktyor bo'lish
u yoqda tursin, bironta rol olish umidini ham yo'qotib qo'ygandim. Lekin basharti
muvaffaqiyatga erishmuqchi bo'lsam, o'z urinishlarimni tinmay davom ettirishim
zarurligini angladim. O'zimga va qobiliyatimga ishonardim. Aniq maqsadim bor edi,
o'zimga o'ylangan harakatlar rejasini tuzib oldim va nihoyat, to'qqiz oydan keyin rol
olmagunimcha ish izlashni davom ettirdim.
— Biroq, siz doim omadsizlikka uchrab, hech qanday natijalarga erishmasangiz,
qat'iyatli bo'lish ancha qiyin kechadi, — dedi yigitcha.
— Buni hech kim oson deyayotgani yo'q, — dedi janob Ijli. — Basharti bu oson
bo'lganida har kimning qo'lidan kelardi. Lekin muvaffaqiyatga erishuvchi kishining
Do'stlaringiz bilan baham: |