www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Boylik topayotgan maoshingiz miqdoridan ko'ra kechirayotgan hayotingiz sifatiga
ko'proq taalluqli bo'ladi, — tushuntirdi Ormen xonim. — Haqiqiy Boylik mohiyatini
anglashingiz uchun aslo multimillioner bo'lishingiz shart emas. Faqat hayotda
istaganingizcha yashashga yetarli miqdorda pulingiz bo'lsa bas! Shunday ekan, basharti
boy bo'lishni istasangiz, — davom etdi Ormen xonim, — birinchidan mavjud
imkoniyatingiz darajasida yashashga o'rganishingiz zarur, bu esa xarajatlarni nazorat
qilishni bildiradi. Agar ming funt maosh olib, to'qqiz yuzini sarflasangiz, bu farovonlikka
yetkazadi. Modomiki, xuddi o'sha maosh bilan ming bir yuz funt sarflasangiz, bu
qashshoqlikka olib boradi. Basharti xarajatingiz daromadingizdan ortiqroq bo'lsa, sizni
noxushliklar kutadi.
— O'z mablag'larini rejalashtirish qarzlar yig'ilib qolishining oldini olishga
ko'maklashuvini tushunaman, — dedi yigitcha, — lekin u daromadlarni orttirishga qanday
yordam beradi?
— Haqiqatda yordam bera oladi! Xarajatlaringizni nazorat etish nafaqat boringizga
qanoat qilib baxtli umr kechirishingiz uchun zarur, — dedi Ormen xonim, — balki katta
daromadni ta'minlashning mutlaqo zarur bo'lagidir.
— Rostdanmi? — so'radi yigit.
— Lekin qay yo'sinda?
— Hech kim doimiy daromadga ega bo'lmay va ularni yig'may turib o'zida boylikni
yaratolmaydi ham, orttirolmaydi ham. Fikrimga qo'shilasizmi?
Yigit boshini irg'adi.
— Qanchalik katta mablag'ga ega bo'lmang, — davom etdi Ormen xonim, — agar
uning o'rnini to'ldiradigan hech qanday daromadingiz bo'lmasa va faqat sarflayversangiz, u
vaqti kelib tugaydi.
Doimiy daromadingizni ta'minlashning yagona yo'li — bu yo ko'proq pul topish yoki
topilgan pulning bir qismini siz uchun ishlatishdir.
— Pulni iqtisod qilishni nazarda tutayapsizmi yoxud biror ishga kiritishnimi? —
so'radi yigit.
— Ha. Basharti doimiy ravishda qay bir miqdordagi mablag'ni iqtisod qilib, aql-
farosat bilan ishlashiga jalb etsangiz, mablag'ingiz foyiz keltirib, miqdori ortib boraveradi.
— Lekin iqtisod qilish va omonatga qo'yish uchun, avvalambor, o'sha miqdordagi
pulga ega bo'lish kerak, — dedi yigitcha. — Aytmoqchimanki, hozir hisob-kitoblarim
uchun to'layotgan pul miqdori nafaqat orttirishga, balki uchma-uch kun kechirishimga
bazo'r yetadi.
— Ishoning, buning uddasidan chiqish mumkin, — dedi Ormen xonim, — lekin,
buning uchun albatta, zimmangizga ma'lum majburiyatlarni olishingizga to'g'ri keladi.
Avvalambor o'zingizga. «Daromadimning bir qismini o'zim uchun qoldirishimga haqqim
bor» deyishingiz lozim.
— Lekin butun daromadimni o'zimga qoldirishga haqqim bor, — dedi yigitcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |