www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
qarzlarimdan qutilish uchun daromadimning o'n foyizini omonatga qo’yishim zarurligini
bilardim.
— Qanday qilib omonatga pul ajratib va shuning barobarida qarzlarni to'lay oldingiz?
— so'radi yigitcha.
— Men men qarz berganlarning har biriga murojaat etib, moliyaviy
qiyinchliklarimni tushuntirdim. Keyin ularga har oyda o'z daromadimdan ma'lum bir
qismini to'lab turishni taklif qildilar Ular hammasini bir yo'la to'lash imkonim yo'qligi,
pulni bo'lak-bo'lak qilib bo'lsa-da, axiyri olishlariga ko'zi yetdi.
Shundan keyin daromad va xarajatlar rejasini tuzdim. Olayotgan maoshimning
yigrma foyizini qarzimni to'lash uchun o'n foyizini o'zim uchun ajratish va yetmish
foyiziga umr kechirishim zarur bo'ladi. Qarzlarimdan qutulib va shu vaqtning o'zida
shaxsiy boylik yarata boshlashimni idrok etib, darhol yengil tin oldim. Albatta, bu oson
emasdi. Ayrim qulayliklardan voz kechishga to'g'ri keldi — masalan, o'zimga nonushtaga
biron narsa sotib olish o'rniga uyda tayyorlangan buterbrodlarni ishxohamga olib
borishimga to'g'ri keldi. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini kamroq sotib olib, oqshomlari
uydan tashqarida kam vaqt o'tkazadigan bo'ldim, kiyim-kechakni esa eng arzon narxda
sotib oldim. Lekin mazkur rejani tuzayotib, ishlashga ishtiyoqim ko'proq ortayotganini
sezdim va bir necha yil davomida nafaqat barcha qarzlardan xalos bo'ldim, balki kichikroq
xususiy biznesim uchun yetarli miqdorda pul yig'ishga ham erishdim. Aynan xarajatlarini
nazorat qilish amalda xususiy biznesimni ochishga ilhomlantirdi.
— Qay tarzda? — so'radi yigitcha.
— Tasavvur etib ko'ring-a, g'oyat chegaralangan moliyaviy sharoitda yashashga
majburligim bois mollarni kim ochdi savdosida sotib olishim mumkinligini payqab
qoldim. Kunlarning birida shunday xaridlarimdan birini dugonamga ko'rsatayotib,
miyamga ajoyib bir fikr keldi. Dugonam navbatdagi kim ochdi savdosi qachon
o'tkazilishini qanday bilish mumkinligini so'radi va men nogoh butun mamlakatda kim
ochdi savdosida ishtirok etishga qiziquvchi juda ko'p odamlar bo'lishi mumkinligini o'ylab
qoldim.
— Butun mamlakat bo'ylab o'tkaziladigan barcha kim ochdi savdolari to'g'risida
barcha tafsilotlar keltirilgan axborot ma'lumotnomaga asos soldim. Mahalliy gazetada
yillik obuna uchun kichikroq mukofot tayinlab, uncha katta bo'lmagan e'lon berdim —
natija men o'ylamagan tarzda zo'r bo'ldi!
Ozgina fikrlab, bunday xizmatni butun mamlakat bo'ylab tarqatish mumkin, degan
xulosaga keldim. Boshqa viloyatlardagi gazetalarda ham e'lon berdim natijada obuna
uchun buyurtmalar haddan ziyod yog'ilib ketdi.
— Yo'g'-e, bo'lishi mumkinmas! — xitob qildi yigit.
— Ha. Fikrlaringizni uqib turibman. Bularning barchasi xarajatlarni nazorat etish
quvvati tufaylidir. Kundalik xarajatlarimni nazorat qilib bo’lmaganinda shaxsiy
biznesimni
boshlash
uchun
yetarli
miqdorda
pul
yig'olmasdim.
Boshlovchi
biznesmenlarning sakson foyizidan ortig'i dast-abki o'n ikki oy ichida omadsizlikka
Do'stlaringiz bilan baham: |