www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Olti oydan keyin awalgi ishini tashlab, boshqa kichikroq xususiy biznesini tashkil
etdi — uyda ishlovchilar uchun axborotlar ma'lumotnomasi nashr eta boshladi. Borgan sari
uyda ishlashni xohlovcllilar soni ortib borayotgan, kishilar uchun axborot-ning juda
kamligini aniqiagani sababli u xususiy biznesi to'g'risida o'ylay boshlagan chog'i aynan
shu masalaga diqqatini qaratgan edi. U kompyuter texnologiyasi, soliqlar, masalaning
yuridik tomonlari, shuningdek, uydan turib boshqarishni istovchi odamlarga zarur bo'lgan
mayjud xizmat ko'lami kabilarni o'rganishiga to'g'ri keldi.
Axborotlar malumotnomasi zo'r muvaffaqiyat qozondi, o'n sakkiz oydan so'ng esa u
birinchi kitobini yakunladi, ketidan yana oltitasi tayyor bo'ldi. Bor-yo'g'i uch yil ichida
ulardan beshtasi xalqaro miqyosda eng xaridorgir kiioblar sirasiga kirdi.
Bu davr ichida u ajoyib ayolni uchratdi va sevib qoldi, xotini unga jonidan aziz ikki nafar
shirin farzand tuhfa etdi. Oilasi uning hayotidagi haqiqiy boyligi edi. Qolgan barchasi
ikkinchi darajali ahamiyatga ega edi: harto o'sha ishlab topgan barcha mablag'i-yu uy-joyi
va egaligidagi bosbqa mulklarisiz ham u o'zini badavlat deb hisoblardi.
U: «Oilam menga hag'ishlayotgan mehr, quvonch va baxtni o'lchash uchun nahotki baho
bo'lsa?» — deya takrorlashni yoqtirardi.
Ba'zan unga qanday qilib shunday hayotga erishganini so'rab qolishardi. Ayniqsa, bir
vaqtlar kunini zo'rg'a ko'rib, topganini uchma-uch yetkaz-gan davrdagi ahvolidan boxabar
tanishiari bunga qiziqardilar. Baxtli voqeanii? Lotoreyaga yutuqmi? Yigit esa ularga keksa
xitoylik bilan uchrashuvi va Haqiqiy Boylik sirlari to'g'risida so'zlab berardi. Uning
hikoyalariga juda kam odam ishonardi, lekin uni diqqat bilan tinglab, Haqiqiy Boylik
sirlaridan o'z hayotlarida foydaiangan insonlar ham bor edi. Ularning barchasi nafaqat o'z
daromadlarini ko'paytirib oldilar, balki ahamiyatlisi, aytishlariga qaraganda, barcha pul va
brilliantlardan qimmatii bo'lgan hayotga yangi munosabat kabi muhimroq va qadrliroq
ne'matni qo'lga kiritdilar,
Ular vaziyat qurboni bolishdan to'xtab, o'z taqdiri yaratuvchilariga aylandilar. Yigitning
o'zgalarga ko'makiashuvni anglashi qalbidagi eng ajoyib hissiyot edi. Har qanday inson
o'zgalarga ko'maklashish quvonchini sezib boqqanida boy bo'lib ketadi.
Har tong bog'da sayr qiiarkan, u keksa xitoylikni yana uchratishdan umidvor bo'lardi. U
chol bilan uchrashgani va Haqiqiy Boylik sirlaridan voqif bo'lgani tufayli hayotida nimaiar
ro'y berganidan keksa xitoylik ham boxabar bo'lishini istardi. Barcha yaxshiliklari uchun
unga minnatdorchilik izhor etmoqchi edi. Lekin bu tong ham xuddi boshqalari kabi
qariyadan darak bolmadi.
U uyga qaytganida quyosh charaqlab, moviy osmonni yoritardi. Yigit pochta qutisidan
xat-xabarlarni olib, xotiniga choy tayyorlamoq uchun chovgumga choy qo'ydi. Nogoh
jiringlagan telefon qo'ng'irog'i uni dik etib o'rnidan turg'izib yubordi. Ertalabki soat yetti
har qanday qo'ug'iroqlar uchun ancha erta edi.
U go'shakni ko'tardi. «Assalomu alaykum, — dedi go'shakdagi ovoz, — siz meni
tanimaysiz. Ismim Arnold Benks. Shunchalar erta bezovta qilganim uchun uzr so'rayman,
lekin hozirgina keksa xitoylikni uchratdim. U telefon raqamingizni berib, aytdiki, so'zlab
berishingiz mumkin bo'lgan ma'lumot...))
— Haqiqiy Boylik sirlari haqida, — uning gapini tugalladi yigit.
— Ha, — dedi go'shakdagi ovoz, — Haqiqiy Boylik sirlari haqida gapirib bersangiz.
— Albatta, — dedi yigit quvonchi ichiga sig'may. — Bajonidil.