Aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/83
Sana12.09.2021
Hajmi0,65 Mb.
#172781
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
boy bulish siri

www.aql.uz  - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar 

Qaysi sohada bo'lmasin, o'zgalar ko'magisiz to'kislikka kamdan kam erishiladi, degan 

hayot taqdim etgan eng muhim saboqni yodga solib turgani uchun ham ushbu suratni bu 

yerga osib qo'ydim. Agar inson shu haqiqatni tan olishdan bosh tortsa, uning bankdagi puli 

miqdori  qanchalik  ko'p  bo'lmasin,  qanchalik  ulov  va  hashamatli  uylarga  ega  bo'lmasin, 

Haqiqiy Boylikning o'ninchi va so'nggi siri — saxovatpeshalik quvvatini bilib olmas ekan, 

u o'zini asl badavlat deb sezmaydi. 

—  Saxovatpeshalik? — ishonqiramay qayta so'radi yigit. 

—  Ha, — javob berdi janob Liver.  — Saxovatpeshalik — Haqiqiy Boylikning jon 

tomiri. Albatta, sizni  faqat  o'zingiz va  oilangiz  uchun boylik to'plashgina  qiziqtirsa, hech 

bir  yordam  qo'lini  cho'zmay  ham  maqsadingizga  yetasiz.  Lekin  bu holda  Haqiqiy  Boylik 

nimaligini  hech  qachon  bilolmaysiz.  Yodingizda  tuting,  boylik  pul  mablag'ingiz  yoki 

egalik qilayotgan mulkingiz miqdori bilan emas, balki hayotingiz sifati bilan aniqlanadi. 

—  Lekin  saxovatpeshalikning  hayotimiz  sifatiga  qanday  aloqasi  bor?  —  so'radi 

yigitcha. 

—  Birovga biron yashirin maqsadda beg'araz yordam berishingizga to'g'ri kelganmi? 

Shunchaki  qo'lingizdan  kelgani  uchun  ko'maklashganmisiz?  Bu  juda  oddiy  yordam 

bo'lishi  mumkin.  Masalan,  kishiga  katta  yo'ldan  o'tishida  yordamlashish  yoki  notanish 

yo'lovchiga to'g'ri yo'l ko'rsatish kabi. 

Yigit boshini qimirlatdi. 

—    O'sha  kezda  nimani  tuydingiz?  —  so'radi  janob  Liver.  —  Bu  sizga  huzur 

bag'ishladimi, unga ko'maklashganingiz sizga yoqdimi? 

—  Ha. 

—Agar 


o'zgalar 

ahvoliga 

e'tibor 

bermay, 


beparvo 

o'tib 


ketib 

ko'maklasholmaganingizda qanday kechinmalarini sezardingiz? 

— Ehtimol o'zimni aybdorday sezardim, — tan oldi yigit. 

— To'g'ri. Ko'rib turganingizdek, muhtojga xayrixohlik ko'rsatib, o'zingiz haqingizda 

yaxshi  fikrlashni  boshlaysiz.  Jamiyat  uchun  qandaydir  foyda  keltirishga  o'zingizni  loyiq 

sezasiz. 

Demak, bundan-da ko'proq ehtiromga munosibligingizga ich-ichingizdan ishonasiz. 

—  Bu  o'zingiz  haqingizda  yaxshi  fikrlashga  yordam  berishi  mumkin,  —  dedi 

yigitcha. — Lekin boylik yaratishda sizga yordam bermaydi. 

—    Siz  "O'ndan  birini  ajratish"  deb  atalgan  tamoyil  haqida  hech  eshitganmisiz?  — 

so'radi janob Liver. 

—    Eshitganman.  Bunda  xudojo'y  kishilar  daromadlarining  bir  qismini  cherkovga 

beradilar. 

—  To'g'ri. Lekin bu tamoyil Injil yaratilgan davrdayoq yuzaga kelgan, o'shandayoq 

odamlar ishlab topganlarining (o'n foyizini)  muhtojlarga berishgan. Endi juda qashshoq va 

gadoylardan boshqa, hamma shunday qiladi. 

Dinshunoslar o'ndan bir ulush haqidagi tamoyilning vujudga kelish sabablari haqida 

bahslashadilar. Ayrimlar bu soliqning oddiy ko'rinishi deb biladilar, boshqalar esa jamiyat 

o'z  a'zolariga  ko'proq  g'amxo'rlik  qilishi  uchun  bu  tamoyil  kiritilgan,  deydi.  Lekin 




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish