Aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/83
Sana12.09.2021
Hajmi0,65 Mb.
#172781
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
Bog'liq
boy bulish siri

www.aql.uz  - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar 

—  Lekin bundan foyda ko'rish uchun bag'oyat uzoq kutishga to'g'ri keladi,  — dedi 

yigitcha.  —  Xarajatlarni  nazorat  etish  va  pulni  omonatga  qo'yish  keksaygan  chog'da 

yordamlashishiga qo'shilaman, ammo bu hozir yoki yaqin kelajakda boylik yaratish uchun 

qanday ko'maklashishi mumkin? 

—    Basharti  real  boylikka  ega  bo'lishni  istasangiz,  uni  yaratishingiz  zarur,  buning 

uchun  esa  kuchli  asoslar  talab  etiladi. Xarajatlarning nazorati sizni bir kechada, hatto  bir 

yilda  ham  boy  qilmaydi,  lekin  u  kelajagingizni  qurishga  yo'l  qo'yadi.  Bu  oilangizga 

g'amxo'rlik  qilishingizga  imkon  beradi,  sizni  qarzlardan  asraydi  va  eng  muhimi,  shuning 

evaziga  keksayganingizda  moliyaviy  mustaqillik  bilan  maqtana  oladigan,  o'n  foyizni 

tashkil  etuvchi  kamdan-kam  kishilardan  biri  bo'lasiz.  Har  haftada  maoshingizdan  o'n 

foyizini  omonatga  qo'yib,  Haqiqiy  Boylik  yaratishga  kiritadigan  mablag'ni  asta-sekin, 

lekin ishonch bilan yig'ib borasiz. 

Lekin «qanday qilib tez boyish» dasturlaridan ehtiyot bo'ling, — ogohlantirdi Ormen 

xonim.  —  Haddan  tashqari  shubhali  omonatlar  xavfli  bo'lishi  mumkin.  Katta 

pushaymondan  ko'ra  kichik  ehtiyotkorlik  afzalroq!  Kezi  kelganda  shunday  bo'ladiki, 

tavakkalchilikka  borishga  to'g'ri  keladi,  ammo  yaxshilab  o'ylangan,  bexos  avantyura 

bo'lmagan gardkam bo'lishi kerak. 

—    Endi,  anchagina  pul  yig'ib  olganingizda,  —  dedi  yigitcha,  —  xarajatlaringizni 

nazorat etish sizga shart bo'lmasa kerak? 

—    Bilasizmi,  kishi  xarajallari  har  doim  daromadlariga  mutanosib  ravishda  o'sib 

boraveradi, — javob berdi Ormen xonim. 

—      Odamlar  darhol  katta  imorat,  yaxshiroq  mashina  uchun  ko'proq  pul  sarflashni 

boshlaydilar, ular nihoyat xarajatlarini nazorat etishga qaror qilmagunlaricha qimmatbaho 

kurortlarga  boradilar,  qimmat  modelyerlarga  kiyim-bosh  buyuradilar  va  eng  qimmat 

restoranlarga boradilar. 

Darhaqiqat, qancha  pul  sarflasalar ham  bu  haqda unchalik  qayg'urmaydigan  kishilar 

bor.  Lekin  bu  toifadagi  kishilar  kam,  ko'pchiligi  nazorat  etadi.  Hatto  millionerlar  ham. 

Lotoreyag  yutuq  yutgan  kishilardan  ko’pchiligi  oxir-oqibatda  cho'ntaklarida  sariq 

chaoqasiz qoladilar, bunga sabab shuki, ular xarajatlarini nazorat qilmaydilar. 

Ular  kelajak  haqida  o'ylamasdan  pullarni  sarflaydilar.  Boylik  haqida  gapirganda 

doimiy daromad yaratish to'g'risida so'zlashimizni unutmang. Agar doimiy daromadingizni 

ta'minlaniasangiz, pulingiz oxir-oqibatda xuddi daryo suvi quyilmay, qurib bitayotgan ko'l 

misol tugaydi. 

Shu  bois  xarajatlarni  nazorat  etish  quvvatidan  foydalanmasangiz  Haqiqiy  Boylikni 

yaratib va qo'llab-quvvatlay olmaysiz. 

Yigitcha uyga kelgach, Ormen xonim bilan suhbat chog'ida yozganlarini diqqat bilan 

o'qib  chiqdi.  U  yerda  quyidagi  jumlalar  bor  edi:  Haqiqiy  Boylikning  yettinchi  siri  — 

xarajatlarni nazorat elish quvvatidir. 

♦    Boylik  qancha  pul  topayotganingiz  bilan  emas,  topganinigizga  qanchalik  yaxshi 

yashay olishingiz bilan belgilanadi. 




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish