Aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/83
Sana12.09.2021
Hajmi0,65 Mb.
#172781
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
Bog'liq
boy bulish siri

To'qqizinchi sir 

ETIQOD QUVVATI 

Kelasi  kun  yigitcha  odatdagidan  ertaroq  uyg'ondi.  U  bilan  uchrashgan  kishilarga 

Haqiqiy Boylik sirlari xizmat qilgani, ammo ular yigitchaga ham yordam bera olarmikan, 

mana,  masala  qayerda,  degan  fikrlar  unga  sira  tinchlik  bermasdi.  Bunga  javob  —  uning 

o'zida ishoch hissini tuymasligida edi. Unda shaxsiy biznesini qaror toptirish fikrlari ham 



www.aql.uz  - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar 

ham bor edi-yu, lekin basharti muvaffaqiyatsizlikka uchrasa-chi, unda nima bo'ladi. Agar 

buning oqibatida hozirgidan ham kamroq pul topsa-chi? 

Tuni  bilan  shu  muammoni  hal  etishga  urinsa-da,  tongda  kechagidan  ortiqroq  hech 

nima  deyo’lmadi. U  hamisha  muhim  qarorlarni qabul qilishda qiynalardi. Noto'g'ri qabul 

qilingan  qaror  halokatli  bo'lishi  hamda  uning  keyingi  hayotiga  ta'sir  etishi  mumkin  edi. 

Ro'yxatidagi navbatdagi kishi unga bu borada yordam berishiga umid qilardi. 

Boshi  kal  va  oltmishdan  oshgan  bo'lishiga  qaramasdan  Saymon  Levisni  yigitlik 

g'ayrati  tark  etmagandi.  U  doimiy  ravishda  badantarbiya  bilan  shug'ullanar  va  bog'da 

ishlab huzurlanardi, uning gapiga qaraganda, bular o'zini yosh hisoblashga ko'maklashardi. 

U  boshdan  oyoq  ishbilarmon-biznesmen  degan  nomga  arzirli  edi:  egnidagi  to'q  kulrang 

buyurtmaga  tikilgan  va  taxtakachdek  dazmollangan  kostumi  qizil  bo'yinbog'i  yon 

cho'ntagidagi shunga mos dastro'moliga g'oyat mutanosib edi. 

Janob  Levis  shahar  chekkasidagi  o'zida qarashli  katta  majmuada  joylashgan  hayotni 

sug'urtalash  bo'yicha  shaxsiy  agentligida  xizmat  qilardi.  Uning  kompaniyasi  mazkur 

sohada  yetakchi  bo'lib,  uning  umumiy  yillik  aylanma  mablag'i  boshqalarnikidan  kam'ida 

o'n barobar ortiq  edi.  Janob  Levisning qarshisida o'tirgan  yigitga  tez orada  ayon bo'lishi-

cha,  u  har  doim  ham  badavlat,  ishbilarmon  biznesmen  bo'lmagan  ekan.  Aslida  u  butun 

umri  mobaynida,  aniqrog'i,  oltmish  yoshiga  qadar  moliyaviy  qiyinchiliklarni  boshidan 

kechirgan  ekan.  Atigi  besh  yil  muqaddam  u  shahar  tashqarisidagi  eng  yomon  joylardan 

birida bir xonali torgina uyda yashab, ofisi uchun tuzukroq joyi ham bo'lmaganidan eskib 

vayronaga  aylangan  ma'muriy  binoning  to'rtinchi  qavatida  joylashgan  oshxonada  o'z 

biznesini yuritishga majbur edi. 

Lekin  bugun  yigitcha  qarshisida  hayotni  sug'urta  qilish  bo'yicha  butun  mamlakatda 

eng  ilg'or  kompaniyalardan  birining  asoschisi  o'tirardi.  Yigit  shu  qisqa  muddat  ichida 

uning hayotini bir yuz sakson darajaga nima o'zgartirganini tezroq bilib olish ishtiyoqida 

edi. 

— Hammasi besh yil avval boshlandi, — deya hikoya qila ketdi janob Levis. — Men 



ish joyim bo'lmish oshxonada ahvolimni yaxshilash uchun nima qilish kerakligi to'g'risida 

o'yga  cho'mib  o'tirardim.  Oltmish  yoshimni  hech  bir  jamg'armasiz,  qarzlarga  bo’lgancha 

qarshilayotganim,  endi  keksaligimni  tuzukroq  ta'minlash  to'g'risidagi  o'ylar  xayolimni 

band etgandi. «Time» jurnalida sakkiz foyizdan kamroq erkaklar va ikki foyizdan kamroq 

ayollar  oltmish  besh  yoshga  yetganda  moliyaviy  jihatdan  mustaqilliklari  bilan  maqtana 

olishlari  to'g'risida  berilgan  maqolaga  ko'zim  tushib  qoldi.  Maqolada  aytilishicha, 

aholining  atigi  bir  foizdan  kamroq  qismini  badavlat  yoki  o'ziga  bahuzur  deb  ataluvchi 

kishilar  tashkil  etar  ekan,  Bu  meni  anchayin  g'amgin  o'ylar  girdobiga  tortdi.  Hozirgi 

nochorlikdan  qutulish  ancha  mushkuldek  tuyuldi  va  bu  ahvoldan  chiqishga 

ko'maklashadigan biron voqea ro'y berishini so'rab, Yaratganga iltijo qila boshladim. 

«Xavotirlanma,  hech  qachon  bunday  bo'lmasligi  mumkin!»,  degan  ovoz  bexos 

qulog'imga  kirdi. Ko'zimni  ochsam, tabassum  bilan boqib  turgan  sharq  kishisini ko'rdim. 

U  nima  sababdan oshxonaga  mo'ljallangan  joyda  ishlayotganimni  so'radi. Unga davrimiz 




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish