Oltinchi sir
QAT'IYAT QUVVATI
Yigitcha ro'yxatdagi oltinchi kishi bilan dam olish kuni uchrashdi. Styuart Ijli taniqli
aktyor edi. U mamlakatning narigi burchagida ishlardi, lekin bo'sh vaqtida Londonga
uchib keldi va yigitchadan xabar topganidan so'ng shanba kuni ertalab shahar markazidagi
qahvaxonada uchrashishga rozilik bildirdi.
Taniqli inson bilan ko'rishmoq yigitni ich-ichidan biroz qaltiroqqa solsa-da,
tayinlangan joyga kelgach u anchayin odmi, jozibador ko'rinishli odamni uchratdi. Janob
Ijli yigitcha bilan eski tanishiday so'rashdi.
Janob Ijuning yoshi qirqlarga borib qolgan bo'lsa-da, u ancha yoshroq ko'rinardi.
Yaltiroq qora sochli bu kishining bolanikiday yirik va beg'ubor ko'zlarini chetiga zarhal
yuritilgan ko'zoynaklari yashirardi. Egniga jigarrang kamzul va ko'k shim kiygandi.
— Demak, o'tgan haftada siz keksa xitoylikni uchratdingizmi? — so'radi u
yigitchadan.
— Ha, — javob berdi u va uchrashuv tafsilotini so'zlay ketdi.
— Men uni o'n ikki yil avval uchratgandim, — dedi janob Ijli. — Xuddi mana shu
qahvaxonada. O'sha birgina uchrashuv mavqeim va hayotimni o'zgartirdi.
— Qanday qilib? — so'radi yigitcha. O'shanda boshimdan ancha mushkul ahvolni
kechirardim. Doimiy ishim yo'q edi, bir amallab kun ko'rish umidida shu yerda taom
tashuvchi sifatida pul topardim. Kunlarning birida kichikkina jussali xitoylik kirib, xuddi
biz o'tirgan stolga kelib o'tirdi. Bu kun peshindan so'ng, tinch-osoyishta vaqt edi. Chol
bilan salomlashdim va tezda oramizda suhbat qizib ketdi.
Men ishsiz aktyorligimni aytib, kasbimiz muammolari bo'lmish moliyalashtirilishi
yetarli bo'lmagan darajadagi eng kam sonli rollar uchun haddan ziyod odamlar
talashayotgani to'g'risida so'zlab berdim. To'qson foizdan ziyod aktyorlar istagan vaqtda
yoki ishsiz, yoki hayot kechirish uchun boshqa ish bilan mashg'uldirlar. Shunda chol dedi:
— Sen to'g'ri keladigan sharoitlarni kutib o'tirolmaysan. Ularni yaratishni boshlashing
kerak.
O'zimni himoya qilish uchun ko'pgina tanlovlarda ishtirok etsam-da hech qanday rol
ololmaganimni tan oldim. Chol nigohini kosadan uzib menga qaradi va:
— U holda toshkesar singari harakat qilmog'ing darkor, — dedi.
Men bu bilan nima demoqchi bo'lganini so'radim. U javob berdi:
— Toshkesar toshni uraversa unda hatto darz ham paydo bo'lmaydi. Lekin qat'iyat
bilan o'z ishini davom ettirsa, tosh yoriladigan muddat keladi. Toshni yorish uchun birgina
zarb yetarli emas. Buning uchun bir necha zarblar yig'indisi zarur. Agar siz toshni
Do'stlaringiz bilan baham: |