www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
omadsiz insondan farqi shundaki, yutuqqa yetisha oluvchi odamga omadsizlik degan gap
yo'q — bu shunchaki o'rganishi darkor bo'lgan tajriba.
— Boshqacha aytganda-chi?
— Agar kutilgan natijaga erishmasangiz, bundan tegishli xulosa chiqarasiz va takror
urinasiz. Aslida biron-bir muvaffaqiyatga erishishda xatolar qilib, ulardan saboq olib va
ilgarilashda davom etishdan bo'lak yo'l yo'q. Teodor Ruzvelt bu fikrni shunday ifodalagan:
«Na g'alaba, na yengilishlar bo'lmaydigan g'ira-shirada yashovchi, na katta
g'alabalardan, na katta aziyatlardan bexabar bu bechora kishilar bilan tenglashgandan
ko'ra, katta yo'qotishlar ehtimoli mavjud gardkamlikka borish, garchi ba'zan yengilishlar
bilan almashsa-da, shuhratli g'alabalarni qo'lga kiritish yaxshiroqdir».
Shunchalik kam kishilar muvaffaqiyatga erishishining sabablaridan biri shuki, ular
omadsizlik va inkor etishlardan o'tishni istamaydilar.
Lekin omadsizliklarga qaramay, qat'iyatni kuchaytirishga yordamlashuvchi bir narsa
bor.
— Xo'sh bu nima ekan? — so'radi yigitcha.
— Har bir urinishning tahlili. Men odamlar yengilganidan keyin, odatda qaysi
o'rinda noto'g'ri ish tutganlariga e'tibor berishga harakat qilishlarini nazarda tutayapman.
Bu esa ularning o'zlarining qadr-qimmatlari pasayishiga, o'ziga nisbatan ishonchsizlikka
olib keladi va yana qayta sinab ko'rishga ularni hech qanday kuch majbur qilolmaydi. Mu-
vaffaqiyatga erishganlar o'z diqqatlarini to'g'ri bajarilgan ishlarga jamlaydilar.
Shunday qilib, agar ular hatto istagan natijaga erisholmasalar-da, o'zlariga «Qaysi
lahzagacha to'g'ri harakat qildim?» degan savolni beradilar.
— Fikringizni unchalik anglayolmadim, — dedi yigitcha.
— Aytaylik, kompyuter sotuvchisi xaridor bo'lmoqchi bo'lgan kishiga qo'ng'iroq
qiladi. U o'zini tanishtirganidan so'ng undan yangi kompyuter sotib olish istagi bor yoki
yo'qligini so'raydi. Undan «yo'q» degan javobni eshitadi. Bo'ldi, gap shunda to'xtadi.
Uning harakatlari davom etar ekan, kelgusida unga asqotishi mumkin bo'lgan qaysi ishi
to'g'ri? U telefonda bo'lajak xaridor bilan bog'lanib, o’z molini tavsiya etdi. Avvalgi safar
olgan saboqlari bilan u ikkinchi bora urinib ko'radi, lekin bu safar boshqacha savol beradi.
Keyingi xaridor bo'lishi mumkin bo'lgan kishidan y, biznesi uchun eng yangi kompyuter
texnologiyasi haqidagi ma'lumotlar qiziqtiradimi, deya so'raydi.
Bu gal u kishi bu ma'lumotlar qiziqarli ekani, ammo ular bilan tanishishga vaqti
yetishmasligini aytadi. Sotuvchining qaysi harakatlari to'g'ri edi? U boshqacha savol berib,
xaridor bo'lishi mumkin bo'lgan kishi yangi kompyuterlar to'g'risida o'ylash uchun
nihoyatda bandligini aniqiadi. Sotuvchi yana bir bor urinib ko'rmoq uchun boshqa bir
xaridorlikka nomzod bilan telefonda bog'lanadi: «Ofisingizni boshqarish uchun
sarflayotgan xarajatlaringiz va vaqtingizni kamida ellik foizga qanday qisqartirishingiz
mumkinligini ko'rsatib berishim uchun besh daqiqa vaqt ajrata olasizmi?» degan yangi bir
savolni beradi.
Bu xaridorlikka nomzod ham o'ta band, ammo o'z xarajatlarini kamaytirishni bilishga
qiziqadi. Ish vaqti nihoyasida besh daqiqa vaqtini ketkazishdan o'zga hech nima
Do'stlaringiz bilan baham: |