Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

TRAXEYA (KEKIRDAK) 

GGraxeya uzunligi 11 sm va diametri 2-2,5 sm keladigan nay.. Traxeya devori 4 parda: ishlliq, shilliq 

osti, fibroz-tog’ay va tashqi adventitcial pardalardan iborat (156-rasm). 

SHilliq  parda  (tunica  mucosa)-traxeyaning  zich  qism-lari  bilan  yaxshi  bog’langanligi  sababli 

burmalar  hosil  qil-maydi.  U  ko’p  miqdorda  qadahsimon  hujayra  tutgan  bir  qavatli,.  ko’p  qatorli 

kiprikli  epiteliy  bilan  qoplangan  bo’lib,  4  xil  hujayrani  farq  qilish  mumkin:  kiprikli,  qadahsimon, 

bazal  va  endokrin.  Kiprikli  hujayralar  prizma  shaklida  bo’lib  api-kal  yuzasida  250  ga  yaqin 

kiprikchalar tutadi. Ular hiqildoq. tarafga harakat qilib, traxeyadan turli yot moddalarni tashqa-riga 

chiqarishga  yordam  beradi.  Qadahsimon  hujayralar  shilliq  hosil  qiladi.  Bazal  hujayralar  kambial 

hujayralar  hisob-lanadi.  Endokrin  hujayralarning  bir  necha  turi  farqlanib,  ular  turli  gormonlarni: 

serotonin,  dopamin  hosil  qiladi.  Bu  gormonlar  nafas  sistemasining  turli  qismlari  faoliyatini 

boshqarishdan  tashqari  boshqa  a’zolarga  ham  ta’sir  qiladi  (masalan,  noradrenalin  bronx  devorini 

kengaytiradi. Sero-tonin ko’p ajralsa, bronx torayadi va hokazo). 

SHilliq pardaning xususiy qavati ko’p miqdorda bo’ylama yo’nalishdagi elastik tolalar, limfa va qon 

kapillyarlarini tutuvchi siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan 

tuzilgan. 

SHilliq osti pardasida (tunica submucosa) aralash 

(oqsil  shilliq)  bezlar  joylashadi.  Ularning  chiqaruv  yo’llari  kengaymalar  hosil  qilib,  shilliq  parda 

yuzasiga ochiladi. Bun-day bezlar traxeya devorining orqa va yon qismlarida ko’pdir. 

Traxeyaning fibroz-tog’ay pardasi (tunica fibro-cartilaginea) traxeyaning orqa devorida 

tutashmagan, 16-20tagi-alin tog’ay halqalaridan tuzilgan. Bu halqalarning erkin oxir-lari silliq 

mushak tutamlari orqali birlashgan bo’ladi. Mushak hujayralari, asosan, aylana yo’nalishga ega 

bo’lsa-da, ularning 

156-rasm. Traxeya (kekirdak). 

1 -ko’p qatorli kiprikli epiteliy; a - hujayra knpriklari; b - 

qadahsimon bez hujayrasi; 2 _ shilliq qavatn’ng xususiy plastinkasi; 

3 - shchlliq osti qavat; v- traxeya bezlari; 4 - tog’ay usti pardasi; 5 - 

tolali tog’ay qavati (gialpn tog’ayi bi-lan); 6-qon tomir; 7 - 

adventitcial qa-

v

at (V. g. Eliseevdan).ayrimlari bo’ylama joylash-



gan. 

Traxeyaning  tog’aydan  ho-li  bo’lgan  bu  qismi  membra-noz  deb 

ataladi.  Bu  qismning  borligi  uchun  traxeyaning  or-qa  devori 

elastikdir.  Bu  mu-lim  ahamiyatga  ega,  chunki  traxeyaning  ortida 

qizilo’ngach joylashadi. Qizilo’ngachdan o’tayotgan ovqat luqmalari 

traxeyaning tog’ay qism tomo-nidan qarshilikka uchra-maydi. 

Traxeyaning tashqi - a d-v e n t i tc i ya p a p d a c i (tunica adventitia) 

ko’p  miqdor-da  limfa  va  qon  tomirlar  tu-tuvchi  siyrak  tolali  shakl-

lanmagan biriktiruvchi to’qi-madan tashkil topgan. Traxeya chap va 

o’ng bosh bronxlarga bo’linib, ular o’z navbatida o’ng o’pkada uch, 

chap o’pkada esa ikki ,bo’lak bronxlarga bo’linadi (bu bronxlar o’pka 

parenximasidan  tashqarida  joylashadi).  Bu  bronxlar  birinchi 



tartibdagi bronxlar deb yuritiladi. Har bir bi-rinchi tartibdagi bronx 

yirik  zonali  (har  o’pkada  4  tadan)  bronxlarga  bo’linadi.  Zonal 

bronxlar esa o’pka ichiga ki-radi. 

 



 

260 



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish