Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

SOCHNING TUZILISHI 

Soch 2 qismdan: teridan chiqib turgan s o ch o’ qi va terida joylashgan soch ildizidan iborat. Soch 

o’qi  soch  voronkasi-dan  chiqib,  teri  ustida  yotadi.  Soch  voronkasiga  yog’  bezlari  o’z  mahsulotini 

chiqaradi. Soch ildizi dermaning chuqur qatlamida teri osti yog’ kletchatkasi chegarasiga qadar davom 

etadi  va  u  erda  soch  piyozchasi  bilan  tugaydi  (152-rasm).  YAxshi  rivojlangan  sochlar  ildizida 

sochning kutikulasi, po’stloq va mag’iz qismlari tafovut qilinadi. 

Soch kutikulasi soch ildizining pastki va yuqori qismlarida bir xil tuzilishga ega emas. Soch 

so’g’oni - piyozchasi sohasining .kutikulasi bo’ychan (tcilindrsimon) x,ujayralardan iborat. Il- 



 

254 


 

152-rasm. Soch ildyzining bo’ylama kesimi. Ge- 

matoksilin-eezin bilan bo’yalgan. Ob. 3,5, 

ok. 10. 


1 _ soch o’qi; 2 -pchki vpitel1:al qgn; 3 - tashqi 

zpitelial qnn; 4 - soch xaltasi; 5 - soch piszchasn; 

6 - soch so’rg’pchi; 7 - yog’ to’qimasn. 

dizning  yuqori  tomoniga  siljigan  sari  bu  hujay-ralar  qiyshayib,  yassila-nadi  va  muguzlanadi.  Mu-

guzlangan epiteliy hujay-ralari yupqalashib bir-bi-rining ustiga yotadi. 

Sochning po’stlok, modda-si (cortex pili) soch yo’nali-shi bo’yicha cho’zilgan bir necha qator yassi, 

muguzlan-gan hujayralardan iborat. Faqat soch piyozchasi soha-sida bu hujayralar tcito-plazmasida 

tonofibril-lalar  bo’ladi.  Po’stloq  qismi  hujayralarida  soch  rangini  belgilovchi  pig-ment  melanin 

donachalari  joylashadi.  Muguzlangan  po’stloq  hujayralarida  yad-ro  qoldiqlari,  pigment  va  havo 

pufakchalari  hamda  qattiq  keratin  donachalari  bo’ladi.  Qattiq  keratin  suv,  kislota  va  ishqorlarda 

yomon  eriydi,  uning  tarki-bida  oltingugurt  tutuvchi  tcistin  aminokislotasi  ju-da  ham  ko’p  bo’ladi. 

Po’st-loq  qavat  hujayralarida  muguzlanish  jarayoni  ora-liq  bosqichlarsiz  tezamal-ga  oshadi,  ya’ni 

hujay-ralarda  keratogialin  va  eleidin  to’planmaydi.  Po’st-loq  modda  qanchalik  yaxshi  rivojlangan 

bo’lsa, soch shuncha pishiq va elastik bo’ladi. 

Sochning mag’iz moddasi (medulla pili) mayin sochlarda bo’l-may, uzun va qattiq sochlarda bir necha 

qator yirik, poligonal hujayralardan iborat bo’ladi. Bu hujayralar «tangachalar us-tuni» ni hosil qilib 

joylashadi.  Hujayralar  tcitoplazmasida  atcidofil  trixogialin  moddasi,  mayda  havo  pufakchalari,  oz 

miqdorda  pigment  donachalari  bo’ladi.  Soch  ildizining  quyi  2/3  qismida  mag’iz  modda 

hujayralarining yadrosi zichlashadi va hujayra anchagina muguzlanib qoladi. Ildizning yuqori qismi-

da esa soch mag’izining hujayralari butunlay muguzlangan bo’-ladi. 

Soch ildizi teri sathiga nisbatan qiyshiq yo’naladi va s o ch piyozchasini (bulbus pili) hosil qiladi. 

Soch  piyozchasiga  tagidan  botib 

;

  kirgan  soch  so’rg’ichi  (papilla  pili)  siyrak  tolali  shakllanmagan 



biriktiruvchi to’qimadan iborat. Bu to’qi-ma qon tomirlar va nerv oxirlariga boy. So’rg’ich hisobiga 

soch  oziqlanadi.  So’rg’ichni  qoplab  turgan  soch  piyozchasining  epiteliy-si  kambial  hujayralar 

hisoblanib,  ular  hisobiga  soch  o’sadi.  Soch  so’rg’ichining  ustida  joylashgan  hujayralar  sochning 



 

255 


mag’iz va po’stloq moddasini, eng pastki qismlarini qoplagan kambial hujayralar esa soch kutikulasini 

va  soch  ichki  epitelial  qinini  hosil  qiladi.  Soch  piyozchasi  hujayralari  soch  so’rg’ichidan,  ya’ni 

oziqlantiruvchi manbadan uzoqlashgan sari muguzlanish protces-siga uchraydi. SHuning natijasida 

hujayralar cho’zinchoq muguz tanachalarga aylanib boradi. Muguzlanish jarayoni sochning po’stloq 

va kutikula qismida jadal ketadi. Soch rangi sochning po’stloq qismini hosil qiluvchi hujayralardagi 

pigment  moddasining  miqdoriga  bog’liq.  Pigment  donachalari  soch  ildi-zining  yuqori  qismidagi 

hujayralarda ham saqlanadi. Sochning oqarishi pigment hosil bo’lishining susayishi va shuning bilan 

bir qatorda soch ildizining muguz tangachalarida havo pufakcha-larining ko’payib ketishi natijasida 

ro’y beradi. 

Soch ildizi soch qopchasi yoki follikulasida jonlashadi. U tashqaridan biriktiruvchi to’qimali dermal 

qin  -  soch  xaltasi  bilan  o’ralgan.  Soch  follikulasi  o’z  navbatida  ichki  va  tashqi  epitelial  qinlarga 

bo’linadi (152, 152-rasm). Soch ildizining ichki epitelial qini ( vagina epithelialis radicularis ixterna 

) soch piyozchasining hosilasi bo’lib, yuqorida yog’ bezlarining chiqaruv naylari sohasida yo’qolib 

ketadi. Soch ildizining pastki qism-.larida soch piyozchasiga qo’shilib ketadi. 

Ichki epitelial qin 3 qavatdan: 1) bir qavat muguzlangan epiteliydan iborat soch kutikulasidan: 2) 2-3 

qator, qisman muguzlangan hujayralardan tashkil topgan Geksli qavatidan; 3) bir qator muguzlangan, 

yadrosiz  hujayralardan  iborat  Genle  qavatidan  tarkib  topgan  (153-rasm).  Soch  ildizining  o’rta  va 

yuqori  qismlarida  bu  uchta  qavat  qo’shilib  ketadi  va  faqatgina  yumshoq  keratin  tutgan,  butunlay 

muguzlangan hujayralardan iborat bo’ladi. 

Soch  ildizining  tashqi  epitelial  qini  (  vagina  epithelialis  radicularis  ixterna)  epidermis  Mal’pigi 

qavatining davomi hi-soblanib, piyozchasiga davom etadi. 

Soch piyozchasiga yaqinlashgan sari ichki va tashqi qinlar yupqa-lashib boradi va faqat bazal 

qavatdan iborat bo’ladi. Soch xaltasi ( vagina dermalis radicularis ) biriktiruvchi to’qimadan iborat 

bo’lib, unda ikki: ichki - aylana va tashqi - uzunasiga yo’nalgan kollagen tolalar qavatlarini ajratish 

mumkin. YUqo-rida bayon etilganidek, soch ildizi teri yuzasiga nisbatan qiy-shiq yo’nalgan bo’ladi. 

Sochlar o’zining xususiy mushagi sochni ko’-taruvchi mushak (m. arrector pili) ka ega. U soqolda, 

qattiq va mayin sochlarda, qo’ltiq ostidagi sochlarda bo’lmaydi yoki yaxshi 

 

153- rasm. Ssch ildizipipg ko’ndalapg kesimi. Gematoksilin- eozin bilan bo’yalgan.Ob. 10.ok. 10. 



1 - soch o’qining mag’iz qchsmi; 2 - po’stloq qismi; 3 - soch va ichki qnn 

kutikulalari; 4 -ichki epitelial qin; 5 - tashqi epitelial qin; 6 - 

soch xaltachasch. 

rivojlanmagan. Bu mushak qiyshiq joylashgan silliq mushak hujayralaridan iborat bo’lib, uning bir 

uchi terining so’rg’ich qavati bilan tutashsa, boshqa uchi soch xaltasi bilan qo’shilgan. Bu mushakning 

qisqarishi sochni harakatga keltiradi, soch ildi-zi 

teri  yuzasiga  nisbatan  perpendikulyar  bo’lib 



 

256 


qoladi.  Buning  natijasida  tuklar  tikkayib,  soch  o’qi  teri  sathidan  bir  oz  ko’-tariladi  va  g’oz  terisi 

ko’rinishini  oladi.  Ko’pincha  tashqi  haro-ratning  sovushi  natijasida  yuz  beruvchi  bu  holat 

organizmning himoya  faoliyati bo’lib,  mushaklar qisqarishi qon tomirlarning ham torayishiga  olib 

keladi,  natijada,  issiqlik  tanada  saq-lanadi.  Mushakning  shu  faoliyati  natijasida  yog’  bezlari  ham 

siqiladi va ularning sekreti sochni moylaydi. 

Sochlarning almashinuvi. Sochlar o’rtacha bir necha oydan 2-4 yilgacha o’sadi. SHuning uchun hayot 

davomida  vaqti-vaqti  bilan  sochlar  almashinib  turadi.  Bu  jarayon  soch  so’rg’ichining  atrofiyaga 

uchrashidan va soch piyozchasining qon bilan ta’minlanishining buzilishidan boshlanadi. Natijada, 

soch  piyozchasining  hujayra-lari  ko’payish  qobiliyatini  yo’qotadi  va  ularning  asosiy  qismi 

muguzlanadi. Soch piyozchasi soch kolbasiga aylanadi, sochning o’si-shi to’xtaydi. Soch kolbasi o’z 

so’rg’ichidan ajralib, tashqi epi-telial qin hosil qilgan g’ilof bo’ylab, to sochni ko’taruvchi mu- 

shak  birikkan  joygacha  ko’tariladi.  Epitelial  g’ilofning  pastkn  bo’shab  qolgan  joyi  puchayib, 

hujayralar tasmasiga aylanadi. Bu tasmaning oxirida yana soch so’rg’ichi tiklanib, saqlanib qol-gan 

kambial hujayralar bilan qoplanadi, natijada, yangi soch piyozchasi paydo bo’ladi. Bu piyozchadan 

yangi soch o’sa boshlaydi. YAngi soch epitelial tasma bo’ylab o’sadi, tasma esa uning tashqi epitelial 

qiniga aylanadi. Keyingi o’sishi natijasida yangi soch eski sochning tagidan turtib chiqadi. Bu jarayon 

eski  sochning tushi-shi va teri  yuzasida  yangi  sochning paydo  bo’lishi bilan tugaydi.  Agarda soch 

xaltasining qon bilan ta’minlanishi to’xtasa, uning o’rnida yangitdan soch o’sib chiqmaydi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish