TER BEZLARI
Terida ter, yog’ va sut bezlari joylashgan. Sut bezlarining tuzilishi va faoliyati jinsiy a’zolar ishi bilan
uzviy bog’lan-gan bo’lgani uchun, ular shu a’zolar bilan qo’shib o’rganiladi.
Taraqqiyoti. Ter bezlari embrion taraqqiyotining 8-oyida epidermisdan hosil bo’ladi. Dastavval
epidermis qirralarida epiteliy hujayralarining to’plami hosil bo’lib, bu hujayralar mezenxima tomon
botib kiradi-da, ter bezlarining kurtagini hosil qiladi. Kurtak epitelial tasmalari teri osti yog’ klet-
chatkasiga qadar botib kirib, buraladi va ter bezining oxirgi bo’limini hosil qiladi; epitelial tasmaning
yuqori qismlari esa chiqaruv naylariga aylanadi. Embrion taraqqiyotining oxi-rida epitelial
tasmalarning sekretor bo’limida, so’ngra chiqa-ruv naylarida bo’shliqlar paydo bo’ladi. Ter bezlari
inson dunyo-ga kelganidan keyingina o’z faoliyatini boshlaydi.
Ter bezlari (glandulae sudoriferae) oddiy tarmoqlanmagan naysimon bezlarga kiradi. Bularning soni
3,5 milliongacha eta-di. Jinsiy olat boshchasi, kichik uyatlik lablar sohasidan tash-qari terining barcha
qismlarida ter bezlari uchraydi. Ayniqsa, qo’l panjalarining yumshoq qismida, tovonda, qo’ltiq osti
chuqur-
J50-pacM. Tep bezlari. Gematoksilin-eezin bilan bo’yalgan. 06. 20. ok. 10. 1 - bez oxirgi
bo’lnmlari; 2 - miozpitelial hujayralar; 3 - birpktiruvchi to’qima.
chasida va chov burmalarida ter bezlari ko’p bo’ladi. SHu joylar-da terining 1 sm
2
sathida 300 ga
yaqin (terining boshqa sohala-rida 120-200) bez ochiladi. Ter bezlarining zichligi (1 mm
2
sathdagi
soni) yangi tug’ilgan bolalarda kattalarga nisbatan 12 barobar ko’p bo’ladi. Ter bezlarining sekreti 98
% suv, 2% qu-ruq moddadan iborat. Quruq modda organik va noorganik modda-lardan tashkil topgan.
Ter bezining oxirgi sekretor bo’limlari koptoksimon buralgan bo’lib dermaning chuqur qatlamlarida
251
joy-lashadi. (150-rasm). Ter chiqaruv naychalari derma va epidermis-dan o’tib, teri yuzasida
teshikchalar hosil qiladi. Bezning oxir-gi bo’limi bez holatiga qarab kubsimon yoki tcilindrsimon epi-
teliydan iborat bo’ladi. Hujayra tcitoplazmasi och bazofil bo’-..lib, o’zida, yog’, glikogen va pigment
kiritmalarini tutadi. Sek-retor hujayralar ichida oqish va qoramtir hujayralar tafovut qilinadi. Oqish
hujayralar suv va metall ionlarini, qoramtir-lari esa organik makromolekulalarni ajratadi. Sekretor hu-
jayralari tagida, bazal membranada, mioepitelial (savatsi-mon) hujayralar joylashadi. Mioepitelial
hujayralarni o’z o’simtalari bilan bez oxirgi bo’laklarini o’rab turadi. Bu hu-jayralar tcitoplazmasida
qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan to-lalar mavjud bo’lib, ularning qisqarishi sekretor hujayralar-dan
sekretning ajralib chiqishiga sababchi bo’ladi. Oxirgi bo’-.limdan chiqaruv naylari boshlanadi. Bu
naylar ikki qavatli
kubsimon epiteliydan iborat bo’lib, hujayralarning usti ku-tikula bilan qoplangan. CHiqaruv naylari
epidermisdan egri-bugri bo’lib o’tadi. Epidermis sohasida chiqaruv nayining devori yassi hujayralar
bilan qoplangan. Ter bezlari hujayralari-dan sekret ajralishiga qarab 2 xil: merokrin va a p o-krin
bezlarga ajratiladi. Ter bezlarining ko’pchiligida mero-krin sekretciya yuz beradi. Apokrin ter bezlari
terining ayrim joylarida - qo’ltiq osti chuqurchasida, anal teshik atrofida, peshanada, sut bezlari
so’rg’ichi atrofida va katta uyatliq lablar sohalarida joylashadi. Bu bezlarning sekreti hujayra tcito-
plazmasining qisman emirilishi bilan chiqadi. SHuning nati-jasida sekret bilan birga chiqqan oqsil
moddalari chirib ter maxsus o’tkir hidga ega bo’ladi. Apokrin ter bezlarining oxirgi sekretor bo’limlari
anchagina yirik bo’lib, organizmning balo-g’atga etgan davridan boshlab ishlaydi. Apokrin bezlar
faoliyati jinsiy bezlar holati bilan uzviy bog’liq. Mentstrual, premen-strual va homiladorlik davrlarida
bu bezlarning sekretor fao-liyati oshib ketadi.
YOg’ bezlari (gld sedaceae).
YOG
’
bezlari kaft va tovondan tash-qari terining barcha qismlarida
bo’ladi. Labning qizil hoshiya-li qismida, jinsiy olat boshchasida, kichik uyatli lablar sox
4
a-sida,
ko’krak bezi so’rg’ichi atrofida, qovoq chetlarida yog’ bezlari to’g’ridan-to’g’ri teri yuzasiga ochiladi.
Terining boshqa sohala-rida esa yog’ bezlari soch ildizi bilan bog’langan bo’lib, soch voronkasiga
ochiladi va soch hamda epidermisni moylab turadi. Odamda yog’ bezlari sutkasiga 20 g ga yaqin teri
yog’ini ajratadi (151-rasm). Har bir soch ildiziga 1-2 yog’ bezi to’g’ri keladi.
YOG
’
bezlari turlicha
kattaliklarda bo’ladi. Yirik yog’ bezlari yuz terisida (lunj, burun sohasida), ko’krakda (to’sh sohasi),
or-qada (kuraklar va ularning ustki qismlarida) joylashadi. YOg’ bezlari terining yuqori qatlami
dermaning so’rg’ich va to’r qa-vatlari chegarasida joylashadi. Tuzilishiga ko’ra yog’ bezlari oddiy
tarmoqlangan al’veolyar bezlar turkumiga kirsa, sekre-tciya tipiga ko’ra golokrin bez hisoblanadi.
YOG
’
bezlarining oxirgi sekretor bo’limi bir qancha al’veola-lardai iborat bo’lib, nozik biriktiruvchi
to’qima bilan o’raladi. Bez al’veolalarining bazal membranasida bir qator, uncha ba-land bo’lmagan
muntazam ko’payib turuvchi kambial hujayralar joylashadi. Bu hujayralar qavatidan so’ng yirik,
tcitoplazmasi har xil darajada yog’ tomchilari bilan to’lgan hujayralar qa-vati bez al’veolasining
ikkinchi qavat hujayralarini tashkil etadi. Oxirgi sekretor bo’limning eng ichki hujayralari yog’ bi-lan
to’lgan bo’lib, hujayra yadrosi bujmayib, yo’qoladi. Mana shu hujayralar yoriladi va hujayra
mahsuloti - yog’ soch voron-kasiga quyiladi. Bazal membranada joylashgan kambial hujay-ralar
hisobiga yangi sekretor yog’ hujayralari paydo bo’ladi.
YOG
’
bezining chiqaruv nayi kalta bo’lib,
devori sochning tashqi epitelial qini bilan tutashib ketuvchi ko’p qavatli yassi epite-liy bilan
koplangan.
252
151- rasm. YOg’ Sezlari (terining derma qavatidanolingap). Gematoksilin- eozin
bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10.
1 - soch voronkasi; 2 - bezning sekret chiqarua yo’ln: 3 - bez oxirgi bo’limining emi-rilayotgan
hujayralari; 4 -oxirgi bo’limning kam differentciallangan hujayralari.
Terining oziqlanishi. Qon tomirlar terida bir qancha to’rlar hosil qiladi. YUza va chuqur arterial
chigallar hamda bitta chuqur va ikkita yuza venoz chigallar farqlanadi. Teri arteriya-si fastcial to’r
arteriyasidan boshlanadi. Ayrim arteriyalar tarmoqchasi yog’ bo’laklarini o’ragan biriktiruvchi
to’qima bo’ylab yo’naladi. Asosiy arteriyadan ayrim tarmoqlar derma-ning quyi sohalarida gorizontal
yo’nalib, o’zaro anastomozlar hosil qiladi. Bu chuqur tomirlar to’ri ter bezlarini, teri osti yog’
qavatining yuza qatlamini qon bilan ta’minlaydi. Asosiy arteriyadan tarmoqlangan boshqa tomirlar
terining yuqori qatlamlariga tarqaladi. Bu tomirlar derma orqali o’tib, yog’ bezlarini va soch
follikulasini ta’minlovchi yon shoxobchalar beradi. Terining so’rg’ich qavati chegarasida esa no-zik
arteriya tarmoqlarining anastomozi yuza yoki so’rg’ich osti arteriya to’rini hosil qiladi. Bu arteriya
chigallaridan har bir so’rg’ichga kapillyarlar tarqaladi.
Vena tomirlari terida 3 to’r hosil qiladi. Birinchi ve-na tomirlarining to’ri derma so’rg’ichlari ostida,
ikkinchi veioz to’r dermaning chuqur qatlamida, u ch i n-chi venalar to’riyog’ osti kletchatkasida
joylashadi. YUz-da, ayniqsa burun va lunj terilarida yirik venoz tomirlar teri so’rg’ichlarida
ko’ndalang yotadi. Bu tomirlar bir qancha
nozik venalardan hosil bo’lib, ularning uzunligi va diametri turg’un emas. Vena tomirlari burchak
hosil qilib egilib, derma-ning chuqur vena to’ri bilan tutashadi. Terida, ayniqsa, qo’l va oyoq
barmoqlari uchida, tirnoq o’rnida ko’plab arteriolo-venulyar anastomozlar mavjud. Ular issiqlik
almashinuviga bevosita aloqadordirlar.
Limfa tomirlari terida yuza va chuqur to’rlar hosil qiladi. So’rg’ich limfa sinuslaridan tarqalgan limfa
tomirlarining to’ri ba’zi so’rg’ichlarning yarmiga qadar davom etadi. Terida chuqur joylashgan limfa
tomirlari to’rlaridan olib ketuvchi limfa tomirlari teri osti yog’ kletchatkasiga botib kiradi. Bu tomirlar
o’zaro anastomozlar orqali birlashib yirik chigal ho-sil qiladi.
Terining innervatciyasi. Terida sezuvchi nerv oxirlari juda ko’p bo’lib, u yirik retceptor maydon
hisoblanadi. Terining nerv apparati ko’pgina nerv tolalaridan va kapsulali nerv oxirla-ridan iborat.
Terining innervatciyasi bosh va orqa miyaning ve-getativ (simpatik) nervlari bilan ta’minlanadi. Teri
nerv tolalari teri osti yog’ kletchatkasining chuqur qatlamlarida joy-lashgan asosiy nerv chigallaridan
boshlanadi. Bu nerv tolalari derma tomon yo’nalib, yog’ va ter bezlarini, soch piyozchalarini va teri
tomirlarini ta’minlovchi tolalar beradi. Teri so’rg’ichi-ning pastki qismida hosil bo’lgan nerv
chigalidan so’rg’ich va epi-dermisga qarab tolalar tarqaladi. Nerv oxirlari ayniqsa lab-ning pushti
qismida, barmoq uchlarida va jinsiy a’zolarda mo’l bo’ladi. Epidermisga kirgan nozik nerv tolalari
253
o’zining mie-lin pardalarini yo’qotadi. YAlang’och nerv o’qi tcilindrlari epi-dermisning tikanaksimon
hujayralari atrofida Merkel’ disk-lari sifatida, bazal qavat hujayralari orasida, har xil balandlikda
ingichkalashib yoki tugun hosil qilib tarqaladi. Dermada erkin nerv oxirlari va kapsulali nerv
tanachalari joylashadi. Qapsulali nerv oxirlari plastinkasimon nerv ta-nachasi (Fater-Pachini
tanachasi), oxirgi kolbalar (Krauze kolbalari), Ruffini tanachalari, sezuvchi (Meysner tanachala-ri) va
jinsiy tanachalardan iborat.
Og’riq sezgisi epidermisning donador qavatiga qadar tar-qalgan erkin nerv oxirlari va dermaning
so’rg’ichsimon qavati-dagi nerv oxirlari orqali qabul qilinadi. Sezuv tuyg’usi esz teri so’rg’ich
qavatida joylashgan sezuvchi tanacha, epidermisning o’suvchi qavatidagi sezuvchi disklar (Merkel’
disklari) va soch ildizi sohasidagi chigallari orqali yuzaga chiqadi. Bosim sezgi-si teri osti yog’
kletchatkasida joylashgan plastinkasimon tana-chalar bilan, issiqlik sezgisi so’rg’ichli barmoqchalar
(Ruffini tanachalari) orqali, sovuqlik sezgisi esa so’rg’ichsimon qavat-dagi Krauze kolbalari orqali
qabul qilinadi.
Teri regeneratciyasi. Terida regeneratciya yaxshi boradi. Epi-dermis yuqorida aytib o’tilganidek,
o’suvchi qavat hisobiga tik-lanadi. Epidermis va derma shikastlanganda jarohat o’rni bi-riktiruvchi
to’qima tolalarini va asosiy moddalarni hosil qi-
luvchi hujayralar-limfotcit, monotcit va fibroblastlardan iborat yosh biriktiruvchi to’qima -
granulyatcion to’qima bilan yopiladi. SHu bilan birga epidermisning o’suvchi qavati hosil qilayotgan
hujayralar dermaning yosh biriktiruvchi to’qimasi ustiga siljib jarohat ustini qoplaydi. So’ngra
epiteliy va dermaning tarkibiy qismi differentciallashib, jarohat o’rni tamomila oldingi ko’rinishga
ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |