264
hujayralarda unchalik rivojlanmagan va, asosan, ayrim membranalardan ibo-rat. Hujayraning
iitoplazmasi bo’ylab ayrim erkin ribosoma-lar va pinotcitoz pufakchalar joylashadi. Upka yuza
epiteliysi hujayralarining yadrosi ovalsimon yoki yumaloq shaklda bo’lib, kattaligi 4-6 mkm, ular
yaqqol ko’rinadigan yadro pardasi bi-lan o’ralgan. YAdroda doimo 1-2 ta yadrochalarni ko’rish
mumkin.
N tip al’veolyar epiteliy hujayralari keng asoslari bilan bazal membranada yotuvchi. kattaligi 8-12
mkm keladigan, oval-simon yoki ko’p burchakli hujayralardir. Ular o’pka respirator bo’limining
yuqori differentciallashgan hujayralaridir. Elekt-ron mikroskop orqali qaralganda u I tip al’veola
hujayrala-
161-rasm, Respirlter bo’lim. Al’ze>l1nl1g elekgren mikre’otogra’iyasi.
X 10.000.
I-al’veela bo’shlig’i; 2 - kapillyar; 3 - al’ze:)Laning respirator hujayrasi; 4 - aL’> neolaning sekretor
hujayra.-i; 5 - jp-irpj i,ir, 6 - «havo-qen» to’sig’i (bar’eri).
ridan farqlanib, hujayra mitoxondriyalari yaxshi rivojlangan, Gol’ji kompleksi va endoplazmatik to’r
hamda o’ta ko’p osmiofil kiritmalar va boshqa tuzilmalar ko’rinadi. Hujayraning al’-veola
bo’shlig’iga qaragan plazmatik membrana yuzasida ayrim-ayrim mikrovorsinkalar hosil bo’ladi.
Hujayraning yonbosh yuzasida uning yo’nalishi nisbatan tekis, bazal qismi esa juda ko’p o’siqlar va
bo’rtmalar orqali bazal membrana bilan bog’la-nadi.
Gol’ji kompleksi II tip al’veola epiteliysi hujayralari-da, odatda, yaxshi rivojlangan va bir necha
265
parallsl’ joylash-gan membranalardan, yirik vakuola va mayda pufakchalardan tashkil topgan. Uning
eng ko’p uchraydigan tuzilmasi vakuola va pufakchalardir. Gol’ji kompleksi hujayralarning yuqori
qis-mida, yadroning atrofida joylashadi. Mitoxondriyalar al’veo-lyar epiteliy hujayralarida juda ko’p.
Ularning kattaligi 0,4-0,5 mkm ga etadi.
Donador endoplazmatik to’r II tip al’veola epiteliysi hu-jayralarida, odatda, yaxshi rivojlangan juda
ko’p vakuolalar va kanalchalardan iborat. Ularning sirtida ko’plab ribosomalar joylashadi. Donador
to’r ko’pincha yadro ustki sohasida joyla-shadi. Hujayra tcitoplazmasida ko’p miqdorda erkin
ribosoma-lar mavjud. Silliq retekulum tanachalar yoki pufakchalar sistemasidan iborat bo’lib,
ko’pincha yadro osti sohasida joylasha-di. Bu organellalardan tashqari, al’veolyar epiteliy hujayra-
larida, maxsus plastinkasimon osmiofil kiritmalar bo’ladi. Bu tuzilmalar bir qavatli membrana bilan
o’ralgan burma yoki to’plangan holda joylashgan ipchalardan tashkil topgan. Hujay-ra
tcitoplazmasida, shuningdek, ko’plab yog’ donachalari ko’rinadi. Bu al’veola epiteliysi hujayralarida,
odatda, yadro yumaloq shaklga ega. Bu II tip al’veola hujayrasi surfaktant nomini olgan lipoproteid
moddasini ishlab chiqaradi. Bu modda nafas chi-qarganda al’veolalar devorining yopishib
qolmasligini hamda al’veolotcitlardan havo o’tishida qulay sharoit yaratilishini ta’min etadi.
Upka yuza epiteliysi hujayralari va al’veolyar epiteliy hu-jayralari yupqa bazal membranada
joylashgan. Al’veolalarni o’ragan qon kapillyarlari endoteliysining bazal membranasi ham xuddi
shunday tuzilishga ega. SHu ikki bazal membrana o’r-tasida biriktiruvchi to’qima pardasi joylashadi.
Bu parda re-tikulin, kollagen va o’ziga xos, deyarli elastik tolalardan hamda gomogen moddadan
tashkil topgan. Mana shu juda yaqin yotgan ikki bazal membrana va I tip al’veolyar hujayralar bi-lan
kapillyarlar endoteliy hujayralarining yadrosiz yupqa qismlari qon-havo to’sig’ini (aero-gematik
bar’er) hosil qi-ladi.
Respirator va endoteliy hujayralarining havo-qon to’sig’ini hosil qilgan yuzalarining ATF ga mo’lligi
hamda bu hujayra-larda mavjud bo’lgan ko’pgina pinotcitoz pufakchalar havo-qon
bar’erining havo transportida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Al’veola devorida yuqorida ko’rsatilgan II tip hujayralar-dan tashqari III tip (neyroepitelial)
al’veolotcitlar ham ta-fovut etiladi. Bu hujayralarning apikal qismida ko’pgina kalta mikrovorsinkalar
mavjud. III tip hujayralar anchagina kam bo’lib, al’veola pufakchalari, al’veolali yo’llar va respi-rator
bronxiolalar devorlarida ahyon-ahyonda uchrab turadi. Neyroepitelial hujayralar turli nerv oxirlariga
ega. Bu hujayralarni xemoretceptor hujayralar deb hisoblash mumkin. Ular surfaktant tarkibiy
qismilarni parchalashda ishtirok etadi. Al’veola devorida yuqorida qayd qilingan hujayralar-dan
tashqari makrofaglar ham uchraydi. U yot moddalarni va qisman surfaktantni yutib parchalashi
mumkin. Makrofaglar al’veola devoriga al’veolalar orasidagi biriktiruvchi to’qima-dan o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: