Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

UPKALAR 

Upkalar ko’krak bo’shlig’ining katta qismini egallab turuvchi va nafas olish devorlariga qarab o’z 

shaklini doim o’zgartirib turuvchi juft organdir. Ung o’pka 3 bo’lakdan, chap o’pka esa 2 bo’lakdan 

iborat. Upka tashqi yuzasi seroz parda - vistceral plevra bilan o’ralgan. 



 

O’PKANING TUZILISHI 

Upkalar  havo  o’tkazish  yo’llari,  bronx  daraxti  (arbor  bronc-hialis)  va  nafas  olish  sistemasining 

respirator bo’limi - al’-veolalar sistemasidan tuzilgan (arbor alveolaris). 

Ung va chap o’pka 10 tadan bronx - o’pka segmentlaridan tuzilgan 

bo’lib, har bir segment o’pka parenximasining bir qismidir. Segmentda o’pka ichidagi yirik bronxlar 

va  uning  tarmoqlari  hamda  o’pka  arteriyasi  va  venalar  ham  bo’ladi.  Segmentlar  bi-riktiruvchi 

to’qimali to’siqlar bilan ajralib turadi. 

Upkaning  har  bir  bo’lagi  biriktiruvchi  to’qimali  to’siqlar  orqali  bo’lakchalarga  bo’linadi.  Bu 

to’siqlarda turli kalibrda-gi bronxlar, qon tomirlar va nervlar joylashadi. 

Upkaning  bronx  daraxti.  Bronx  devori  bronx  da-raxti  bo’ylab  bir  xil  tuzilishga  ega  emas.  Bronx 

diametrining  kichrayishi  bilan  uning  tuzilishi  o’zgarib  boradi.  Bronxlarning  shilliq  pardasi 

traxeyadagi singari kiprikli tcilindrsimok, qadahsimon, bazal va endokrin hujayralar tutadi. Bronxlar-

ning distal qismida va terminal bronxlarda yana mikrovorsin-kalar tutuvchi (hoshiyali), kipriksiz va 

sekretor hujayralar-ham uchraydi. 

Kipriksiz hujayralar prizmatik shaklga ega bo’lib, uning apikal qismi kiprikli hujayralardan bo’rtib 

turadi. Bu hu-jayraning vazifasi hali to’liq o’rganilmagan. Apikal qismida mikrovorsinkalar tutuvchi 

hoshiyali  hujayralar  kalta  mikro-vorsinkalar  tutib,  xemoretceptor  vazifani  o’tasa  kerak.  Sekre-tor 

hujayralar yuqori qismi gu.mbaz singari bo’rtib chiqqan. Bu hujayralar kiprikcha va mikrovorsinkalar 

tutmaydi. Hujayra organellalaridan Gol’ji kompleksi, donador endoplazmatik to’r yaxshi rivojlangan. 

Bu hujayralar surfaktantni parchalov-chi fermentlar ishlaydi. 



Bosh bronxning ichki diametri 15 mm bo’lib, traxeyaning ikki o’pkaga ajralgan qismidan boshlanadi 

va  tuzilishi  traxeya  tuzi-lishini  eslatadi.  Ammo  traxeya  tuzilishidan  farqli  ravishda,  uning  tog’ay 

halqalari  yaxlit  halqa  shaklida  tuzilgan.  Bu  esa  bronx  diametrining  barqarorligini  ta’minlaydi  va 

havoni bemalol o’tkazadi. 



Ikkinchi tartibdagi bronxlar bo’lak va segmentlar ichida bo’-lib, ularning diametri 5 mm dan 10 mm 

gacha  bo’ladi.  Ularning  devori  ham  traxeya  singari  4  pardadan  tuzilgan.  Bu  bronxlar-ningshilliq 

pardasi ko’p miqdorda qadahsimon hujayralar tutuv-chi bir qavatli ko’p qatorli tcilindrsimon kiprikli 

epiteliy  bilan  qoplangan  (157-rasm).  Epiteliy  ostida  shilliq  pardaning  xususiy  qavati  joylashib,  u 

elastik tolalarga boy siyrak to-lali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat. SHilliq va shilliq 

osti pardalari chegarasida shilliq pardaning mushak plastinkasi joylashadi. Bu plastinka o’z navbatida 

2  ta  yupqa  pardalardan:  ichki  aylana  joylashgan  silliq  mushak  hujayra-laridan,  tashqi  uncha 

rivojlanmagan  bo’ylama  joylashgan  sil-liq  i  mushak  hujayralarining  ayrim  tutamlaridan  tashkil 

topgan.  Mushak  plastinkadan  so’ng,  shilliq  osti  qavati  joy-lashib,  siyrak  tolali  shakllanmagan 

biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. SHilliq  osti  pardada aralash (shilliq oqsil) bezlarining (glandula 

bronchialis) oxirgi bo’limlari joy-lashib, ularning chiqaruv yo’llari epiteliy sathiga ochiladi. 



 

261 


 

157-OsSM. Hilpillovchi epiteliy hujayralariniag elektron mikrofetografiyasi 

r

 x 37. 500. 



1 -tpaxeya b-?shliri; 2 - kip rikchalar; 3 - knprikchalarning ko’ndalang kesimv; 4- fibril-lalar; 5 - 

bazal » anachalar; 6 - mitoxsndriyalar; 7 - endoplazmatik to’r . 

Fibroz-tog’ay parda noto’g’ri shakldagi, alohida-alohida joy-lashgan gialin tog’ay plastinkalaridan 

iborat bo’lib, ular o’za-ro zich tolali biriktiruvchi to’qima bilan bog’langan. Bu to’qima tog’ay 

fibroz to’qimasiga o’tib ketadi. Fibroz-tog’ay pardasidan so’ng siyrak shakllanmagan birikturuvchi 

to’qimadan tuzilgan adventitciya pardasi yotadi. 

Bronx  diametrining  kichrayishi  bilan  tog’ay  plastinkalari-ning  kichiklashishi  va  kamayishi,  shilliq 

pardaning  mushak  plastinkasida  esa  mushak  tolalarining  ko’payishi  kuzatiladi.  Iirik  bronxlar 

tarmoqlanib, diametri 2-5 mm bo’lgan o’rta kalibrdagi bronxlarni hosil qiladi. Bu bronxlar bo’lak osti 

bronxlari ham deb ataladi. Ular yuqorida qayd qilingan bronx-larning tuzilishini asosan qaytarsa ham, 

lekin ba’zi tomon-lari bilan farq qiladi. 

Urta bronxlarda ko’p qatorli tcilindrsimon epiteliy past-roq, qadahsimon hujayralar kamroq, ammo 

shilliq pardaning muskul plastinkasi kuchliroq rivojlangan bo’ladi. SHilliq osti pardada bezlar kamroq 

bo’lib,  gruppa-gruppa  bo’lib  joyla-shadi.  Fibroz-tog’ay  pardasi  tolali  biriktiruvchi  to’qimalardan 

iborat bo’lib, uning tarkibida elastik xarakterga ega kichik tog’ay plastinkalari (tog’ay orolchalari) ni 

uchratish  mumkin.  Tashqi  adventitciya  pardasi  siyrak  shakllanmagan  biriktiruvchi  to’qimadan 




 

262 


tuzilgan  bo’lib,  u  bo’lakchalararo  biriktiruvchi  to’qi-maga  o’tib  ketadi.  Urta  kalibrdagi  bronxlar 

tarmoqlanib, dia-metri 1-2 mm bo’lgan kichik yoki o’pka ichki bronxlarini hosil qiladi. Bronxlarda 

epiteliy kiprikchali bo’lsa ham, ammo bir qatorli tcilindrsimon bo’lib qoladi. Qadahsimon hujayralar 

yo’qola  boshlaydi.  SHilliq  pardaning  mushak  plastinkasi  yaxshi  rivojlanmagan  bo’lib,  shilliq  osti 

pardada bszlar yo’qolgan bo’ladi. Fibroz-tog’ay pardasi ham bo’lmaydi. 

Kichik  bronxlar  tarmoqlanib,  diametri  0,5  mm  bo’lgan  oxirgi  yoki  terminal  bronxiolalarni 

(bronchiolus  terminalis)  hosil  qiladi.  Bu  bronxiolalarning  shilliq  pardasi  kiprikchali  bo’l-magan 

kubsimon  mikrovorsinkali  va  sekretor  epiteliy  bilan  qoplangan  (158-rasm).  Epiteliy  ostida  elastik 

tolalari  bo’y-lama  joylashgan  shilliq  pardaning  xususiy  qavati  joylashadi.  Ularning  orasida  silliq 

mushak hujayralarining ayrim tola- 

lari yotadi. 

Terminal bronxiolalar bronx daraxtining oxiri bo’lib, ulardan so’ng al’veolalar daraxti yoki o’pkaning 

respirator 

bo’limi boshlanadi. 

Upkaning’  respirator  bo’limi.  Bu  bo’limning  morfologik  bir-ligi  o’pkaning  atcinusi  hisoblanadi. 

O’pka  atcinusining  soni  ik-kala  o’pkada  20  mingg’a  yaqin  bo’lib,  ular  respirator  bronxioladan 

boshlanadi.  Birinchi  tartibdagi  respirator  bronxiola  ikkinchi  tartibdagi  bronxiolaga,  u  esa  uchinchi 

tartibdagi bronxiolaga bo’linadi. Uchinchi tartibdagi respirator bronxiola al’veolyar yo’llarga (ductus 

alveolaris)  bo’linadi,  har  bir  al’veolyar  yo’l  esa  al’veolyar  qopchalar  bilan  tugaydi  (sacculus 

alveolaris). 

 

iss-pasm Haiac yullari shilliq qavati epiteliy hujayralarining ul’tramikro-yuo pa . *



sksp

^

k



 

tuzilishi

 

(

SX



e

M

a) (YU. I. Afanas’evdan, 1989). 



1 kipoikln xujayralar; 2 - qadahsimon hujayralar; 3 - endokrin hujayralar; 4 - 6a- 

chyaT chujayralar- 5 - kipriksiz epnteliy; 6 - sekretgr hujayralar; - mikrovorsnkali zal hujairalar, 

»

]tOn]J1JIJ



J

1)

 



epnteliy;

 

8



 _1 

1!e


rv tola; 9 - bazal membrana. 

Al’veolyar  qopchalar  esa  al’veolalardan  tashkil  topgan  (159-rasm).  Atcinuslar  bir-biridan 

biriktiruvchi to’qima orqali aj-ralib turadi. 12-18 atcinus esa o’pka bo’lagini hosil qiladi. 

Respirator bronxiolalar bir qavatli kubsimon, kiprikchasi bo’lmagan epiteliy bilan qoplan-gan bo’lib, 

uning  ostida  siyrak  biriktiruvchi  to’qimali  plasgin-ka;  undan  so’ng  esa  ayrim  sillyq  mushak 

hujayralari  bo’ladi.  Ter-minal  bronxiolalardan  farqli  ra-vishda,  respirator  bronxiolalar  devorida 

al’veolalar joylashib, ular bronxiola ichiga ochiladi. 

Al’veola yo’llari bir qavat epiteliy bilan qoplangan bo’lib, uning ostida siyrak biriktiruvchi to’kimali 

bazal plastinka yotadi. Al’veola yo’llari devorlarida bir 

o’nlab al’veolalar yotadi. Al’veola qopchalari al’veolalariborat bo’lib.ch katta odamda 

alveolaning diametri 0,25 mm dan oshmaydi. Al’veolaning umumiy sathi nafas olganda 100-120 m

2

 



ga  teng.  Al’veolalar  orasida  bitiruvchi  to’qimali  ingichka  to’siqlar  yotib,  ularda  qon  kapilgari 

joylashadi. Al’veolalarning al’veolyar yo’llari va qopchalar bo’shlig’iga o’tish joyi-da, al’veolalararo 

birikitiruvchi to’qimada ayrim silliq mu-shak hujayralari joylashadi. Al’veolalar o’zaro diametri 10- 



 

263 


15 mkm keladigan al’veolyar teshikchalar bilan aloqa qiladi. Al’veola ochiq pufakchani eslatib, ich 

tarafdan  bazal  membra-nada  yotuvchi  bir  qavatli  al’veolyar  epiteliy  bilan  qoplangan.  Bazal 

membranaga tashqi tomondan al’veolalararo to’siqlarda yotuvchi qon kapillyarlari tegib yotadi. SHu 

erning  o’zida  asosan  elastik  va  qisman  retikulin,  kollagen  tolalarning  zich  to’ri  bo’lib,  ular  ham 

al’veolani o’rab turadi. YUqorida qayd qilin-gan tolalar va qon kapillyarlari hujayra oraliq moddada 

joylashadi. Al’veolalar bir-biriga zich tegib yotgani uchun ular orasidagi qon kapillyarlari bir tarafdan 

bir  al’veolaga,  ikkinchi  tomondan  boshqa  al’veolaga  tegib  yotadi  (160-rasm).  Kapillyarlarning 

diametri  5  mkm  gacha  bo’lgani  uchun  bu  erda  qon  sekin  oqadi  va  eritrotcitlar  cho’zilib,  bir  qator 

bo’lib joy-lashadi. Bu holat kapillyarlarda oqayotgan qon bilan al’veola bo’shlig’idagi havo o’rtasida 

gaz almashinishi uchun optimal sha-roit yaratib beradi. 

 

 

159- rasm. Atcinus. 



! - birinchi tartibdagi respirator bron-xkola; 2 - ikkinchi taribdagi 

respira-tor bronxiola; 3 - uchinchi tartibdagn respirator bronxchola; 4 - 

al’veola yo’l-larn; 5 - al’veola xaltachasi (YU. I. -:asevdan, I9S9). 

 

SHE-rkch. Al’zeel! tuzilishi (sxema). 



-  al’veola;  2  -  al’eeelaning  regpireger  xujayrasi;  3-epggeliyning  bazal 

membra-nasi;  4  -qon  tomir  kapillyarining  endoteliy  hujayrasi;  5-

endoteliyning 

i-bazal 


membranasya; 

6-al’veelalar 

oragidagi 

bnrikgiruvchi  tuqima  hujayralari  va  tolala-ri;  7  -  elaogik  tolaldr. 

Sgrelkpdr ggchplo almeshinuvini ko’'rsatadi (E. F. Kotov- 

skiydan). 

 

Al’veola  devori  respirator  -I  tip  al’veolyar 



respirator  hujayralari  (I  tip  al’veolotcitlar)  va 

o’pka  epiteliysining  II  tip  al’veolyar  epiteliy 

hujayralari  (II  tip  al’veolotcitlar)  va  kam 

uchraydigan  neyroepiteliy  hujayralari  bilan 

qoplan-gan. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish