Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


XVI BOB  NAFAS OLISH SISTEMASI (SYSTEMA RESPIRATORHJM)



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

XVI BOB 

NAFAS OLISH SISTEMASI (SYSTEMA RESPIRATORHJM) 

Nafas olish sistemasi organizm bilan tashqi muhit o’rtasi-da gaz almashinishini ta’minlash vazifasini 

bajaradi.  Nafas  olish  o’pka  al’veolalarining  ritmik  (bir  me’yorda)  kengayish  va  qisqarish  jarayoni 

bo’lib,  atmosfera  havosining  o’pka  al’veo-lalari  devorlaridagi  kapillyarlar  qoni  bilan  bo’lgan 

aloqasini ta’minlaydi. 

Nafas olish sistemasi burun b o’ sh l i g’ i, h i q i l d o q, traxeya vabronxlardan iborat havo o’tkazish 

yo’llaridan hamda o’pka pufakchalari - al’veolalardan iborat respirator bo’limlardan tashkil topgan. 

Havo  o’tkazish  yo’llari-da  havo  namlanadi,  isiydi  va  har  xil  chang  zarrachalaridan  tozalanadi. 

Respirator bo’limlarida esa qon va al’veolalar o’rtasida havo almashinadi. 

Taraqqiyoti. Nafas organlarining rivojlanishi ovqat hazm kilish nayi taraqqiyoti bilan birga kechadi. 

Burun bo’shlig’i og’iz bo’shlig’ining tanglay to’sitclari bilan bo’linishidan hosil bo’- 

ladi. Embrion hayotining 3-haftasida oldingi ichak (halqum) ning ventral devoridan toq xaltasimon 

bo’rtma  hosil  bo’ladi.  U  pastga  qarab  o’sadi  va  ichakdan  ajraladi.  Bo’rtmaning  yuqori  qismidan 

hiqildoq va traxeya, 2 ta pastki xaltachalaridan esa o’pka hosil bo’ladi (o’ng va chap bo’laklari). 4-5-

oylar oxirlari-da bronxlar va bronxiolalar hosil bo’la boshlaydi. So’ngra, al’veola yo’llari rivojlanadi 

va  al’veolalar  paydo  bo’ladi.  Ularning  devori  tcilindrsimon  va  kubsimon  hujayralardan  iborat. 

Rivojlanish  jarayoni  davomida  o’sayotgan  bronx  shoxla-rini  o’rab  turgan  mezenximadan  mushak 

elementlari,  tog’aylar,  bronxlarning  elastik  va  fibroz  to’qimasi  hosil  bo’ladi.  Ayni  vaqtda, 

mezenximadan  qon  tomirlar  to’ri  rivojlanadi.  Ular  bilan  birgalikda  o’pkaga  nervlar  o’sib  kiradi. 

Plevraning  vis-tceral  va  parietal  varaqlari  splanxnatom  varaqlaridan  hosil  bo’ladi.  Pusht 

rivojlanishining butun taraqqiyoti davomida al’veola pufakchalari bujmaygan bo’ladi. SHuning uchun 

ham  o’lik  tug’ilgan  bola  o’pkasining  bir  parchasi  suvga  tashlansa,  bu  bo’lak  cho’kadi,  aksincha, 

tug’ilib,  bir  oz  yashab  o’lgan  bolaning  o’pkasi  suvda  qalqib  turadi.  Bu  hol  sud  meditcinasida 

ahamiyat-ga  ega.  Faqatgina  bola  tug’ilishi  bilan  olgan  birinchi  nafasi  tufayli  al’veola  pufakchalari 

kengayadi. Buning natijasida al’veola bo’shlig’i keskin kengayib, devori yupqalashib qoladi va havo 

almashinishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish