Bir tomondan o’pkalar bronxial arteriyalar orqali katta qon aylanish doira-sidan qon olsa, ikkinchi
tomondan, ularga havo almashinishi uchun o’pka arteriyalaridan, ya’ni kichik qon aylanish doirasidan
venoz qon keladi. Upka arteriyasining tarmoqlari bronxial daraxt bo’ylab, al’veolalar asosigacha etib
Al’veolyar kapillyarlar venulalarga to’planadi, ular esa yig’ilib o’pka venalarini hosil qiladi. Bronxial
arteriyalar bevosita aortadan tarmoqlanadi va o’pka to’qimasini arterial qon bilan ta’minlaydi.
SHilliq pardada kichik va katta qon aylanish doiralari to-mirlari o’zaro anastomoz hosil qilib
Upka tomirlarga eng boy organ. Ular organizmning boshqa qismlariga nisbatan o’rtacha 200 marta
Limfatik sistema kapillyar tomirlarning yuza hamda chuqur tarmoqlaridan iborat. YUza tomirlar
266
Bronxning shilliq va shilliq osti pardalarida limfa tomirlari 2 ta chigal hosil qiladi. Limfatik sistemasi
o’pka darvozasida yig’iladi va bronxial limfa tugunlariga to’p-lanadi.
Upkaning nerv bilan ta’minlanishi simpatik va parasimpa-tik nerv sistema orqali amalga oshiraladi.
Simpatik nervlar bronxlarni kengaytiruvchi va qon tomirlarni toraytiruvchi im-pul’slarni,
parasimpatiklar esa, aksincha, bronxlarni torayti-
ruvchi va qon tomirlarni kengaytiruvchi impul’slarni o’tkazadi. Vistceral plevrada nerv oxirlariga boy
ayrim sohalar aniqlan-gan.
Upkaning yoshga tcarab o’zgarishi. YAngi tug’ilgan bolalarda o’pka al’veolalari juda kichik bo’ladi.
Go’dak hayotining birinchi oylarida al’veolyar yo’llar va al’veolalarning o’lchami katta-lashadi, lekin
elastik tolalar hali ham oz miqdorda bo’ladi.
Go’dak o’pkasi 3-5 yoshgacha o’z tuzilishining nozikligi va lim-fa tomirlariga boyligi bilan ajralib
turadi. CHsh o’tishi bi-lan o’pkada limfa sistemasining qayta rivojlanishi sodir bo’-ladi.
Al’veolalarning shakllanishi ularning elastik sinchinchng rivojlanishi bilan tugaydi.
YOsh ulg’ayganda o’pka sklerozining rivojlanishi kuzatiladi va pnevmoskleroz vujudga keladi.
Ba’zan biriktiruvchi to’qi-mada gialin tugunchalar hosil bo’ladi. Al’veolalararo to’siq-larning elastik
tolalari ingichkalashadi, ba’zi joylarda esa uziladi. Buning natijasida o’pka to’qimasi o’zining
elastikli-gini (cho’ziluvchanligini) yo’qotadi. Bu esa, al’veolalarning pu-faksimon kengayib ketishiga
(emfizema) sababchi bo’ladi.
Nafas olish a’zolarining regeneratciyasi. Upkaning fiziolo-tik regeneratciyasi kam o’rganilgan. Nafas
yo’llari epiteliysi-ling ko’chib, shilliq bilan birga tashqariga chiqarilib turishi aniqlangan. Kiprikli
epiteliy kuyish, mexanik jarohatlanish kabilardan so’ng yaxshi tiklanadi. Upkaning bir qismini olib
tashlanganda unda al’veolalarning kompensator gipertrofiyasi sodir bo’ladi. Lekin o’pka to’qimasida
regeneratciya sust boradi, chunki jarohatlangan joyda biriktiruvchi to’qima zo’r berib rivojlanadi, bu
esa o’pka tuzilmalarining xaqiqiy tiklanishi-ni to’xtatib qo’yadi.
PLEVRA
Plevra ko’krak bo’shlig’ini qoplab turuvchi parda bo’lib, u ikki: parietal va vistceral varaqlardan
iborat.
Parietal plevra ko’krak bo’shlig’ini va ko’ks oralig’ini ichki tomondan qoplaydi. Vistceral plevra esa
o’pkani tashqi tomon-dan o’rab turadi.
Plevra pardasining asosi qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan bo’-lib, unda qorin tutqichi kabi 6 qavat
farqlanadi: 1) mezoteliy, 2) bazal membrana, 3) yuza joylashgan kollagen tolali qavat, 4) yuza elastik
tolali to’r qavat, 5) chuqur joylashgan bo’ylama elastik to’r qavat. 6) chuqur panjarasimon kollagen -
elastik tolalar qavati.
Vistceral plevrada elastik tolalar yaxshi rivojlangan bo’lib, ular to’r hosil qilib joylashadi. Upka
to’qimasidagi elastik tolalar bilan vistceral parda elastik tolalari yagona sinch ho-sil qilib, o’pkaning
funktcional faoliyatida muhim rol’ o’ynay-di. SHuning uchun ham vistceral pardani o’pka
to’qimasidan aj-
ratib olish ancha qiyin. Vistceral pardada yaxshi rivojlangan elastik tolalardan tashqari onda-sonda
silliq mushak hujayra-lari ham uchrab turadi.
Plevra bo’shlig’ining tashqi devorini qoplab turuvchi parie-tal varaqda"elastik tolalar oz miqdorda
uchraydi, biriktiruv-chi to’qimali qavati esa sustroq rivojlangan.
Plevraning ustki tomoni bir qavatli mezoteliy bilan qop-langan bo’lib, u o’pkaning holatiga qarab
yassi yoki bo’ychan bo’li-shi mumkin.
Plevrada qon va limfa tomirlari va ayniqsa, nerv oxir-lari yaxshi rivojlangandir. Ular plevraga o’pka
ildizidan, qon tomirlar bilan birga hamda o’pka to’qimasidagi bo’laklararo biriktiruvchi to’qimadan
o’tib keladi.
Parietal plevrada qon tomirlari, parietal qorin tutqichiga o’xshab uchta ustma-ust chigal hosil qilib
joylashadi. Vistceral plevrada nerv tolalari ikkita chigal hosil qiladi. Biri mayda sirtmoqli bo’lib,
mezoteliy ostida joylashsa, ikkinchisi yirik
sirtmoqli bo’lib, plevraning chuqurroq qavatida