hujayralarni ham farqlaydilar. Bu hujayralar adrenokortiko-trop (AQGG) gormonini ishlab chiqarishi
mumkin. Oxirgi tadqiqotlar melanin stimullovchi gormon, lipotropin hamda adre-nokortikotrop
gormonlar bosh miyada, bosh miya tcerebral peptid-lardan hosil bo’ladi degan fikrlarni yuzaga
keltiradi. Oraliq bo’lakdan gipofizning orqa bo’limiga ayniqsa, neyrogipofiz bi-lan chegaradosh
zonaga ko’pgina nerv tolalari kiradi. Bu tolalar-ning oxirgi tarmoqlari orasida sinapslarni uchratish
mumkin. Urta bo’limning funktcional ahamiyati sodda hayvonlarda yaxshi o’rganilgan bo’lib, bu
qismning melanin stimullovchi gormoni sod-da hayvonlarning tana rangini boshqarib turishi
Adenogipofizning tuberal qismi. Bu adenogipofizning yuqo-rida joylashgan gipofiz oyoqchasiga
tegib yotuvchi qismidir. YUqo-ri tarafdan tuberal qism medial eminentciya bilan chegaradosh. Bu
qism tcitoplazmasi bazofil bo’yaluvchi kubsimon hujayralar-ning epiteliy tortmalaridan iborat. Bu
Gipofizning orqa bo’lagi. Gipofizning orqa bo’lagi alohida mustaqil bez bo’lmay, neyrogormonlar
vaqtincha akkumulyatciya qi-linadigan a’zo hisoblanadi. Orqa bo’lak - neyrogipofiz, gipo-•fiz-
gipotalamus trakti tarkibidagi (supraoptik va paraven-trikulyar neyrosekret hujayralar) aksonlarning
279
J72-pacM. Gipofpz melanotrop hujayrasining elektron mikrofotografiyasi.
xl0.000. I-yagrs; 2 - pilastkkaimsion kopleks; 3 - migoxendriya; 4 - sekretor don«ch»lar.
(terminaliy) lari tugaydigan tuzilma hisoblanib, neyrogliya hujayralari va qon kapillyarlaridan
tashkil topgan.
Ba’zi terminal aksonlar kengayib, neyrosekretga to’lib tura-di. Bu tuzilmalar Gerring tanachasi nomi
bilan yuritiladn. Ney-rogipofizda ko’pgina neyrogliya hujayralari (pituitcitlar) va qon tomirlar
joylashadi. Demak, neyrosekretor hujayralarning aksoni va ularning qon kapillyarlariga zich
joylashgan so’nggi tarmog’i (terminali) hamda alohida glial hujayralar - pitu-itcitlar gipofiz orqa
bo’lagining asosiy tuzilmasi hisoblanadn. Orqa bo’lakning neyrosekretor tolalari ko’pincha mielin
parda tutmaydi. Terminal aksonlar kengaymalar hosil qilib, bir-bi-riga zich yotsa-da, ular orasida qon
kapillyarlari, pituitcitlar va gliya hujayralarining o’simtalari joylashadi. Neyrosekretor hujayralarning
aksonlari ko’pgina neyrofibrillalar, mitoxon-driyalar va kam miqdorda neyrosekretor donalar tutadi.
Akson tarmog’ining so’ngida, aksoplazmada neyrofibrillalar kamayib, sekretor donalar miqdori oshib
ketadi.
Terminal akson qon kapillyarlari bilan akso-vazal sinaps hosil qiladi. Ba’zi akson terminaliylari o’ta
kengayib, bir He-Ma mikron kattalikka ega bo’ladi. SHu kengaymalar neyrogipofiz gormonlarining
deposi hisoblanib, yuqorida aytib o’tilganidek, Gerring tanachalari nomi bilan yuritiladi. Gipofiz orqa
bo’la-gida neyrosekret tutgan nerv tolalaridan tashqari, qon kapil-lyarlari yonida, shunday nerv
tolalari borki, ular neyrosekret donalar tutmay, mayda simpatik pufakchalarga ega bo’ladi. Bu tolalar
xolenergik hamda adrenergik nerv oxirlaridir. Nervto-lalari orasida o’simtalari bir-biri bilan qo’shilib
ketgan glial hujayralar - pituitcitlar yotadi. Neyrosekret tolalar va ular terminaliylari, ko’pincha shu
pituitcitlar tanasi hamda o’simta-lariga botib joylashadi va ular bilan zich kontakt hosil qila-di.
Markaziy nerv sistemasining neyrogliyalari kabi neyrogipo-fizda ham uch xil neyrogliya: astro-,
oligo- va mikronituitcitlar tafovut qilinadi. Neyrogipofizning sinusoid kapillyarlari zich to’r hosil
qiladi. Ularning endoteliysi yassi bo’lib, ko’p fene-stralarga ega va bu tomir neyro-vaskulyar
kontaktlar tutadi. Gipofiz orqa bo’lagining aksonlarining qon tomirlari bilan kontakti, ya’ni neyro-
vaskulyar sinapslar hosil qilish bilan yakunlanishi, gipotalamus va markaziy nerv sistemasi uchun xos
bo’lgan struktur va funktcional tuzilma hisoblanadi.
Gipofiz orqa bo’lagida yig’iluvchi' gormonlar oksitotcin va va-zopressin bo’lib, ular silliq mushaklar
qisqarishini ta’minlay-di; masalan, oksitotcin gormoni faqatgina bachadon mushaklari-ning
qisqarishini va sut ajralishini kuchaytiruvchi gormon hisoblanadi. Vazopressin qon tomirlar devoriga
ta’sir ko’rsatib, qon bosimining ortishini ta’minlaydi hamda bu gormon buyrak-da reabsorbtciyani
kuchaytirib, diurezni .susaytiradi. Vazopres-sin gormonining bu xususiyatiga ko’ra u antidauretik
280
gormon deb ataladi. Bu gormonning kamayishi qandsiz diabet kasalligiga sababchi bo’ladi.
Gipofiz va gipotalamusda qon aylanishi. Gipofiz gipotala-
mus bilan asosan gumoral yo’l orqali bog’langan. Gipotalamo-gipofizar qon aylanish portal (darvoza
sistema) deb yuritila-di. Ichki uyqu arteriyasi va Villiziev doirasidan tarmoqlangan yuqori gipofiz
arteriyasi oldingi va orqa gruppalarga ajraladi.
Oldingi gruppa gipofiz arteriyalari tuberal bo’lakning yuqo-ri qismiga yo’nalib ularning bir qismi
gipotalamus yadrolari, boshqalari esa medial eminentciya va gipofiz oyog’ining infundi-bulyar
qismini qon bilan ta’minlaydi. YUqori gipofiz arteriya-lari tuberal qism parenximasining medial
eminentciyaga qaragan yuzasida ko’pgina arteriola va kapillyarlarga bo’linadi. Bu tar-moqlar o’zaro
qo’shilib, birlamchi kapillyarlar chigalini bunyod etadi (162-rasmga q.).
Bu kapillyarlar to’ri gipotalamus kerv hujayralarining ak-son terminallari bilan kontaktlar - akso-vazal
sinapslarni hosil qiladi. SHunday qilib, gipotalamusning neyro-gormonlari akso-vazal sinapslar orqali
qonga o’tib, adenogipofiz faoliyati-ni boshqaradi. Birlamchi kapillyarlar to’ri darvoza venasini hosil
qilib, gipofiz osqchasi bo’ylab, oldingi bo’lak tomon yo’na-ladi va shu erda ikkilamchi kapillyarlar
to’ri, ya’ni oldingi gi-pofizning sinusoid kapillyarlar to’rini vujudga keltiradi.
Gipotalamusda joylashgan maxsus glial hujayralar bilan neGfogormonlar sekretciyasi o’rtasida
mavjud bo’lgan funktcional bog’liqlik so’nggi vaqtlarda olimlar e’tiborini jalb etmoqda. Uchinchi
qorincha devorining ependima hujayralarining o’simtala-ri tcerebrospinal suyuqliq va neyrovaskulyar
kontakt zonalar uchun oraliq tuzilma hisoblanadi. Gipotalamusning aktivligi faqatgina akso-vazal
kontaktlar sonining ortishi bilan ifoda-lanmay, balki ependima hujayralari o’simtalari terminaliylari
bilan ham yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: