Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Bazofil endokrinotcitlarga gonodotropotcitlar va tireotro-potcitlar kiradi. 

Gonodotrop hujayralarning ikki hili - follikulni stimul-lovchi (FSG) va lyuteinlovchi gormonlarga 

(LG) aloqador hu-jayralari farqlanadi. Bu hujayralar asosan oldingi bo’lakning 

 

169-rasm. Gipsfiz lyuteotrop-gonadotrop (LG) hujayrasiping elektron mikro- 



fotografchyasi. xbOOO 

1 - yadro; 2 - sekretor donachalar; 2-donador 

endoplazmatik to’r bo’shlig’n. 



 

277 


ventral sohasida va jinsiy  zonasida ko’plab joylashsa ham,  ol-dingi bo’lak boshqa qismlarida ham 

uchraydi. 

FSG  hujayralar  guruh-guruh  bo’lib  joylashib,  lyutein-lovchi  hujayralarga  yondoshib  turadi.  Bu 

hujayralar yirik (250-300 nm) sekretor donachalarga mo’l bo’lib, bu donachalar plazmatin membrana 

yonida yotadi. Ba’zan turli kattalikdagi sekretor donalar ham uchraydi (168-rasm). Barcha hujayra 

ichki organellalari bu hujayrada yaxshigina rivojlangan bo’ladi. Bu hujayralar follikulostimullovchi 

gormon ishlaydi. 

Lyuteotrop  gonadotropotcitlar  ham  FSG  hujay-ralari  singari  gipofiz  oldingi  bo’lagining  ventral  va 

jinsiy  zonasida  joylashadi.  Bu  hujayralar  yumaloq  yoki  kubsimon  bo’-lib,  qon  tomirlarga  yaqin 

yotadi.  Lyuteotrop  hujayralar  FSG  va  laktotropotcitlar  bilan  aloqador  bo’lib  joylashadi.  LG  -  go-

nodotropotcitlarning sekretor donachalari ko’pgina bo’lib, ular 150-200 nm diametrga ega va hujayra 

tcitoplazmasida bir tekis tarqalib yotadi (169-rasm). Gipofiz oldingi bo’lagining marka-zida noto’g’ri 

shaklda  va  ul’trastrukturasiga  ko’ra  ham  FSG  ham  LG  hujayralarini  eslatuvchi  oraliq  hujayralar 

uchraydi.  Bu  hujayralar  tcitoplazmasida  yirik  sekretor  donachalar  bilan  bir  qatorda  mayda,  turli 

elektron  zichlikka ega donalar ham bo’la-di. Bu oraliq hujayralarning birorta gonadotropotcitlarga 

Man-eye ekanligini aniq ko’rsatish hozirgi kunda ancha qiyin. 

Tireotropotcitlar piramidasimon yoki ovalsimon, ba’- 

 

170-rasm. Gipsfiz tireotrop hujayrasining elektron mikrofotografiyasi. x 10.000 



1 - yadro; 2 - sekretor donachalar; Z-plastinkasimen kompleks; 4 - mitoxondriya. 

zan esa noto’g’ri shaklda bo’lib, gipofizning markaziy sohasida ular gruppalar hosil qilib joylashadi. 

Hujayra  yadrosi  yumaloq  shaklga  ega  bo’lib,  tireotropotcitlar  o’rtasida  yotadi  va  ko’p  miqdorda 

geteroxromatin tutishi bilan ajralib turadi. Bu hujayralar doimo qon kapillyarlariga zich joylashadi. 

Hujayra tcitoplazmasi anchagina elektron zich bo’lib, ko’p bo’sh vakuolalar tutadi. Tireotropotcitlar 

sekretor donacha-larining kattaligi va tuzilishi jihatdan har xildir. Uning yirik donachalari (diametri 

180-200 nm) o’ta elektron  zich bo’-lib, ingichka  areola bilan o’ralgan. Mayda sekretor donachala-

rining diametri esa 120-150 nm dir. Bu donachalarning qobig’i- membranasi yaxlit bo’lmay, uning 

moddasi  o’rtacha  elektron  zich,  har  bir  dona  moddasi  esa,  ayrim  -  mayda  donachalardan  iborat. 

Plazmatik  membrana  sohasida  bunday  mayda  sekretor  donalar  ko’plab  uchraydi  (170-rasm). 

Tireotropotcitlarda ^ujayra ichki organellalari kam rivojlangan bo’ladi. Donador endoplazmatik to’r 

yaxshi  ko’rinmaydi.  Gol’ji  plastinkali  kompleksi  esa  ayrim  hujayralarda  aniq  ko’rinmaydi  ham. 

Tajriba o’tkazib, hayvonlar qalqonsimon bezi olib tashlansa, gipofiz tireotrop hujayrala-rida kuchli 

o’zgarishlar bo’lishi aniqlangan. Xromofob  yoki  bosh hujayralari bo’yoqlarni  yomon qabul qiladi. 

Ular gi-pofiz  oldingi bulagining 60% ini tashkil qiladi. Bu hujayra-lar kam  differentciallashgan va 

turli  fiziologik  holatdagi  (sekret  donalari  yo’q)  hujayralar  majmuasidir.  Bu  hujayra-larning  uzun 

o’siqli  turlari  o’zaro  bog’lanib  to’r  hosil  qilishi  mumkin.  Ularni  yulduzsimon  yoki  follikulo-

yulduzsimon hujay-ralar deb yuritiladi. Bu hujayra sekretor donalarni tutmaydi. 




 

278 


 

171-rasm. Gipsfiz xrsmgfsb (bsg’) hujayrasshshng elektron mikrsf:tografiyasi. 

x'10.000. 

1 - yadro; 2 - mitoxondriya; 3 - plagtinkasimon kou.pleks. 

Bu hujayralar yumaloq, ovalsimon, ba’zida esa, o’simtali bo’-lib, o’ta elektron zich tuzilmadir (171-

rasm). 


Gipofizning oraliq bo’lagi. Gipofizning oraliq qismi pasg tabaqali hayvonlarda yaxshi rivojlangan. 

Ba’zi  sut emizuvchn hayvonlarda oraliq  bo’lak orqa  bo’lakdan ingichka  yoriq  bilan ajralib turadi. 

Odamda  oraliq  bo’lak  orqa  bo’lakdan  (neyrogi-pofizdan)  siyrak  biriktiruvchi  to’qimali  parda 

yordamida aj-ralib turadi. 

Andrenogipofizning oraliq qismi ingichka epiteliy to’plami yoki tasmasi sifatida ko’zga tashlanadi. 

Bu bo’lakning bez hujay-ralari oqsil yoki shilliq sekret ishlab chiqarish qobiliyatiga ega. Bu moddalar 

hujayralar  orasiga  ajralish  natijasida  gi-pofizning  oraliq  qismida  follikulasimon  tuzilmalar  hosil 

bo’ladi (follikulsimon tuzilmalar qalqonsimon bezning fol-likulini eslatadi, ammo ichida shilliq yoki 

oqsil tutadi). 

Gipofizning  oraliq  (o’rta)  bo’lagida  melanotropotcit-l  a  p  joylashib,  bu  hujayralar  yirik, 

tcitoplazmasida  mayda  sekretor  donachalar  tutadi  (172-rasm).  Melanotropotcitlar  mela-nin 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish