Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

interfollikulyar  hujayralar  joylashadi.  Pa-rafollikulyar  hujayralar  ikki  tipga  bo’linadi.  Birinchi  xil 

hujayralar  elektron  mikroskopda  tuzilishi  jihatidan  tireo-tcitlarga  o’xshashdir.  Bu  hujayralar  o’sib, 

takomillashish natija-sida yangi follikullarni hosil qiladi. 

Parafollikulyar hujayralarning ikkinchi turi yumaloq shakl-dagi hujayralar bo’lib, ular K-hujayralar 

(S-hujayralar)  deb  nomlanadi.  Bu  hujayralarning  funktciyasi  yaqinda  aniqlangan  bo’lib,  ularning 

tcitoplazmasida sekretor granulalar topilgan {175-rasm). Bu hujayralar tireokal’tcitonin gormoninn 

ishlab  chiqaradi.  Tireokal’tcitonin  kal’tciy  almashinish  jarayonlarida  ishtirok  etib,  qonda  kal’tciy 

miqdorini kamaytiradi va qalqon-simon bez oldi bez gormonining antagonisti hisoblanadi. 

Qalqonsimon bez funktciyasi gipofizning tireotrop gormoni vositasida boshqarib turiladi. Gipofizda 

tireotrop gormonning kup miqdorda ishlanishi qalqonsimon bezi faoliyatini kuchayti-radi. Tireotrop 

gormonining kam ishlab chiqarilishi ega bez funk-tciyasining susayishiga olib keladi. 

Qalqonsimon bez hujayralarining sekretor tcikli. Qalqon- 

simon  bez  gormonlari  -  tiroksin  va  triyodtironin  o’z  tarkibida  yod  tutadi.  SHu  sababli  bu 

gormonlarning sintez qilinishi uchun ko’p miqdorda yod zarur. Qalqonsimon bez hujayralari qondagi 

yodni o’zida yig’ib qolish xususiyatiga ega. Qalqonsimon bezdagi yod butun organizmdagi yodning 

36% ini tashkil qiladi. Qal-qonsimon bez hujayrasining sekretor tcikli murakkab jarayon . bo’lib, u 

gormonlarni hosil qnlish va to’plash hamda ularni bez-dan qonga chiqarishdan iborat ikki bosqichni 

o’z ichiga oladi. 

Birinchi bosqichda tarkibidagi yod tutuvchi murakkab modda - tireoglobulin hosil qilnnadi. Bu modda 

hujayradan follikula bo’shlig’iga chiqariladi va kolloid sifatida yig’iladi. Bu bosqichda boshqa bez 

hujayralaridagi sekretor tcikl kabi bir necha fazani ko’rish mumkin. 

Birinchi bosqich o’z navbatida bir necha fazani o’z ichiga oladi. 



Birinchi faza. Bu fazada gormonlar sintezi uchun asos qilib 

olinadigan xom ashyo qondan tireotcitlarga o’tadi. Bunday mod- 

dalarga aminoknslotalar, monosaxaridlar, yog’ kislotalari, mi- 

neral tuzlar va yodidlar kiradi. 



Ikkinchi faza. Tireoglobulin tarkibiga kiruvchi oqsil mole-kulasini sintez qilish fazasi. Hujayralarga 

kirgan'  amynokis-lotalardan  (tirozin  aminokislotasi)  endoplazmatik  to’r  membra-nalarida  oqsil 

molekulasi sintez qilinadi. 

Uchinchi  faza.  Bu  fazada  sintez  qilingan  oqsil  molekulasig’a  karbonsuvli  qism  birikadi.  Bu  qism 

tireotcit  hujayralar  plas

tinkasimon  kompleksida  monosaxarilardan  sintez  qilinadi.  SHunday  qilib, 



murakkab karbonsuvli oqsil tabiatga ega bo’lgyan tireoglobulin molekulasi vujudga keladi. 

To’rtinchi faza. Bunda tireoglobulinga yod atomlari birikti-riladi. Hujayraga kirgan yodid oksidlanib, 

undan  yod  atomlari  ajraladi  va  tnreoglobulin  oqsil  molekulasi  tarkibidagi  har  bir  tirozin 

aminokislotasiga  1  yoki  2  tadan  yod  atomi  birinadi.  Bu  protcess  tireotcit  hujayralarning 

plastinkasimon kompleks zonasida borib, sekretor granulalar hosil bo’lishi bilan yakun-lanadi. 



Beshinchi faza.  Bu fazada sekretor  material-merokrin sek-retciya  yo’li  bilan follikul  bo’shlig’iga  - 

kolloidga chiqariladi. 

Ikkinchi bosqich uchta etapdan iboratdir. 1. Qolloid moddaning tireotcitlar tomonidan qayta so’rilishi 

- reabSvrb-tciya. 2. Tireglobulinning parchalanishi - proteoliz. 3. So’nggi etapda hosil bo’lgan tiroksin 

va triyodtironin gormonlar tconga chiqariladi. 

^ Gormonning qayta qonga chiqarilishi quyidagicha yuz beradi. Bo’shliqdagi kolloid modda tireotcit 

hujayralarning fermeit-lari ta’sirida suyuqlanadi va shu hujayralarga (tireotcitlarga) pinotcitoz yo’li 

bilan  qayta  so’riladi.  Reabsorbtciya  qilingan  ti-reoglobulin  hujayra  lizosomalarida  proteolitik 

fermentlar ta’sirida parchalanadi. Parchalanish natijasida monoyodtirozin va diyodtirozinlar ajralib 

chiqadi. Monoyodtkrozin vz diyod- 

tirozinlarning birikishi natijasida qalqonsimon bezning ak-tiv gormonlari tiroksin (tetrayod^ironin va 

triyodtironinlar) hosil bo’ladi. Ular hujayralarning bazal tomoni orqali qonga chiqariladi. Parchalanish 

natijasida  hosil  bo’lgan  b;>shqa  mod-dalar 

tireoglobulin sintez qilinishida qayta ishlatiladi. 




 

285 


Triyodtironin  tiroksinga  nisbatan  kuchliroq  ta’sir  etish  xususiyatiga  ega.  Bulardan  tashqari, 

monoyodtirozin  va  diyoti-rozin  gormonlari  ishlab  chiqariladi,  lekin  ular  qonda  juda  oz  miqdorda 

bo’ladi.  Qalqonsimon  bez  gormonlari  organizmda  umu-miy  modda  almashinish  jarayonlarini 

boshqarish bilan birga, o’sish jarayoniga, organlar regeneratciyasiga, oqsil, karbonsuvlar almashinuvi 

kabi  protcesslarga  stimullovchi  ta’sir  ko’rsatadi.  Parafollikulyar  K-hujayralarda  ishlanadigan 

tireokal’tcitonin gormoni qonda kal’tciy miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish