Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Donador  hujayralar  qavati  2-3  qavat,  bir-biriga  zich  joylashgan  duksimon  hujayralardan  iborat. 

Ularning tcitoplaz-masida ribosomalar, mitoxondriyalar, lizosomalar bilan bir-ga, lizosamalarning bir 

ko’rinishi  bo’lgan  keratinosomalar  (qavat-qavat  tanachalar)  hamda  parchalangan  tonofibrillalar 

bo’laklari  va  ular  bilan  yonma-yon  yirik  keratogialin  donachalari  bo’ladi.  Bu  donachalar 

polisaxaridlar, lipid va tarkibida ko’p miqdorda gistidin, prolin, arginin hamda oltingugurtli tcistin 

amnnokislotalari  tutgan  oqsillardan  tashkil  topgan  bo’lib,  ishqoriy  anilin  bo’yog’i  bilan  yaxshi 

bo’yaladi.  Donador  hujayra-lar  tcitoplazmasida  keratogialin  bilan  tonofibrillalar  kom-pleksiiing 

bo’lishi ushbu hujayralarda muguzlanish jarayoni- 

iing boshlanganligidan dalolat beradi. Ba’zan bu o’zgarish terining kuchli ishqalanishga uchraydigan 

juda kichik sohasida ro’y berishi mumkin. (Mn: qadoqlar). 



YAltirotc  qavat  terining  ayrim  sohalarida  (kaftda,  tovonda)  yaxshi  ko’rinadi  va  yadro  tutmagan, 

tcitoplazmasi oqsil modda -• eleidin bilan to’lgan 3-4 qavat yassi hujayralardan iborat. Eleidin yaxshi 

bo’yalmaydi, lekin kuchli nur sindirish xususiyati-ta ega. SHuning uchun hujayralar chegarasi aniq 

bilinmaydi va bu qavat preparatda rangsiz yaltiroq tasma holida ko’rinadi. Zleidin tonofibrillalar va 

keratogialin  oqsillaridan,  ular-ning  sul’fgidril  gruppalarining  oksidlanishi  natijasida  ho-sil  bo’ladi, 

deb  taxmin  qilinadi.  Uz  navbatida  eleidin  muguz  pmodda  -  keratin  hosil  bo’lishida  bir  bosqich 

hisoblanadi. 

Epidermisning tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo’lgan eng yuza qavati muguz qavat bo’lib, uning 

qalinligi terining turli sohalarida har xil bo’ladi. Kaft, tovon terilarida bu qavat qalin bo’lsa, tananing 

yon sathida, ayniqsa qovoqlar va erkaklar tashqi jinsiy a’zolari terilarida anchagina yupqadir. Bu qavat 

yadrosiz, bir necha o’n qavat muguz tangachalardan tash-kil topgan. Bu tangachalar muguz modda 

(keratin)  va  havo  pufak-•chalari  tutadi.  Keratin  oltingugurtga  boy,  kislota  va  ishqorlar  ta’siriga 

chidamli oqsil moddasi hisoblanadi. Muguz tangacha-lari bir-biriga zich va mahkam birikib turadi. 

Terining tashqi yuzasidagina ular zich joylashmay, bir-biridan ajralib ayrim muguz tangachalar holida 

turadi. Terining ustki sathidagi muguz tangachalar fiziologik tarzda ko’chib tushib turadi va terining 

tushib  turuvchi  qavatini  hosil  qiladi.  Muguz  tangachalarining  tushib  ketishi  jarayonida 

keratinosomalar muhim rol’ o’ynaydi. Ular hujayralardan chiqib, hujayralararo bo’shliqda to’planadi. 

Buning  natijasida  desmosomalarning  erishi  (lizisi)  va  muguz  tangachalarining  bir-biridan  ajrashi 

kuzatiladi.  Muguz  qava-tining  ahamiyati  shundaki,  u  o’zidan  issiqlikni  yomon  o’tkazadi  va  katta 

elastikli xususiyatiga ega. 



 

249 


Kaft va tovon terisiga nisbatan terining boshqa joylarida epidermis ancha yupqa bo’ladi. Masalan, 

boshning sochli qismida uning qalinligi 170 mkm dan oshmaydi. Bu erda yaltiroq qavat yo’q, muguz 

qavat esa  faqat 2-3 qavat muguzlangan hujayralar-dan - tangachalardan iborat. Terining ko’pchilik 

qismida epider-mis asosan o’suvchi, donador va muguz qavatlardan tashkil topgan. Har bir qavat o’z 

navbatida kaft va tovon terisi epidermisi-ning tegishli qavatiga nisbatan ancha yupqa bo’ladi. Ba’zi 

tashqi va ichki  omillar ta’sirida,  masalan, kuchli  mexanik ta’sirlar-da,  A  vitamin etishmaganda va 

gidrokortizon ta’sirida muguz-lanish jarayoni kuchayadi. 

Derma  yoki  xususiy  teri  o’z  navbatida  bir-biridan  aniq  ajralma-gan  qavatlar:  so’rg’ichli  qavatlar 

(stratum papillare) va zich yokn to’r qavat (stratum compactum seu reticulare) lapra*bo’linady. 

So’rg’ichli  qavat  bevosita  epidermis  ostida  joylashib,  siy-rak  tolali  shakllanmagan  biriktiruvchi 

to’qimadan tashkil top- 

gan. SHu biriktiruvchi to’qima epidermisga botib kirib, so’rg’ich-lar hosil qiladi. So’rg’ichlar shakli 

va  kattaligi  terining  tur-li  zonalarida  har  xil  bo’ladi.Kaftda  va  tovonda  bu  so’rg’ichlar  yaxshi 

rivojlangan.  Epidermis  yupqa  bo’lgan  joylarda  esa  so’r-g’ichlar  ancha  kalta  bo’ladi.  YUz  terisida 

so’rg’ichlar sust rivoj-lanib, yosh ulg’ayishi bilan yo’qolib ketishi ham mumkin. Teri-ning so’rg’ichli 

qavati barmoqlar terisi sathida har bir shaxsga xos bo’lgan individual ko’rinishlarni belgilab beradi. 

Terining  bu  ko’rinishi  har  bir  odamning  o’ziga  xos  bo’lganligidan  sud  me-ditcinasida  va 

kriminalistika  amaliyotida  barmoq  izlariga  qarab  shaxsni  aniqlashda  -  daktiloskopiyada  keng 

qo’llaniladi. 

So’rg’ichli qavat to’qimasida kollagen, elastik va retikulin tolalar bilan birga fibroblast, makrofag, 

melanofor,  plazma-tik  va  semiz  hujayralar  mavjuddir.  Bu  erda  mushak  hujayra-larining  alohida 

tutamlari uchraydi. Bu mushaklarning ayrim-lari sochni tiklovchi mushak bo’lib, ular soch ildizi bilan 

uzviy  bog’liqdir. Dermaning so’rg’ich qavatida qon,  limfa tomirlari, nerv tolalari va erkin, hamda 

kapsulali nerv oxirlari ko’p uch-raydi. So’rg’ichli qavat qon tomirlari hisobiga terining epider-mis 

qismi oziqlanadi. 

So’rg’ichli qavatda o’simtalari ko’p, tcitoplazmasida va o’sim-talarida melanin pigmentini tutuvchi 

melanofor hujayralar joylashadi. Melanofor hujayralar epidermis  melanotcitidan farqlanib, DOFA-

oksidaza  reaktciyasini  bermaydi  va  melaninni  sintez  qilmaydi.  Melanoforga  pigment  epidermis 

melanotcitla-ridan kiradi deb taxmin qilinadi. Melanofor hujayralar te-rining ayrim joylarida, ayniqsa, 

anal teshik, sut bezi so’rg’ich-lari atrofida ko’p bo’ladi. 

Dermaning to’r qavati zich tolali shakllanmagan biriktiruv-chi to’qimadan iborat bo’lib, elastik tolalar 

va  dag’al  kollagen  tolalari  tutamlaridan  iborat.  Bu  kollagen  tolalar  tutamlari  teri  sathiga  parallel 

hamda qiyshiq yo’nalib, o’zaro chigallar hosil qiladi. Retikulin tolalar faqatgina qon tomirlar va ter 

bezlari atrofidagina joylashadi. To’r qavatda hujayra elementlaridan asosan fibroblastlar bo’lib, qon 

tomirlari  so-halaridagina  makrofaglar  limfotcitlar  va  leykotcitlar  joyla-shadi.  To’r  qavatda  soch 

ildizlari, yog’ bezlari, teri osti yog’ qat-lami bilan chegaradosh qismida esa ter bezlari joylashadi. Te-

rining to’r qavati juda pishiq bo’lgani uchun hayvonlar terisi-dan turli xil anjomlar va kiyim-kechaklar 

ishlanadi. 

Teri osti yog’ kletchatkasi (tela subcutanea) ikki qismdan: yog’ kle tchatkasi (funniculus adiposum) 

vateri fastciyasi (fascia cutis) dan iborat. YOg’ kletchatkasi yog’ hujayralari to’dalaridan iborat bo’lib, 

ular derma to’r qavatidan davom etgan va teri fastciyasini ho-sil qiluvchi kollagen tolalarning yirik 

tutamlari  bilan  o’raladi.  YOg’  hujayralari  to’dalari  orasidagi  biriktiruvchi  to’qimada  ko’plab  qon 

tomirlar, nerv tolalari va erkin hamda kapsulali nerv oxirla-ri (Krauze kolbalari, Ruffini va Fater  - 

Pachini tanachalari) joy-lashadi. YOg’ kletchatkasi terining hamma joylarida bir xil bo’lmay- 

di.  Ayrim  joylarda  (yag’rin,  qorin  terilarida)  bu  qavatning  qalinligi  bir  necha  santimetrga  etadi. 

Terining yog’ kletchatkasi yumshoq qatlam hosil qilib, mexanik ta’sirlardan asraydi. Teri osti yog’ 

kletchatkasi  organizm  uchun  yog’  deposi  hisoblanib,  tana  haroratini  mo’’tadil  tu-tib  turishda  ham 

ishtirok etadi. 

Teri  pigmenti  melaninlar  turkumiga  mansub 

bo’lib  (lat.  melas  -  qora),  deyarli  hamma 



 

250 


odamlarda bo’ladi. U epidermisda ham, xususiy terida ham bo’lib, terining rangi pigment miqdori-ga 

bog’liq. Organizmida melanin pigmenti bo’lmagan jonzotlar al’binoslar deyiladi (albus - oq). Melanin 

melanotcit  hujay-ralarida  tirozin  aminokislotasining  tirozinaza  va  DOFA-ok-sidaza  fermentlari 

ta’sirida  oksidlanish  natijasida  hosil  bo’ladi.  Melanin  ul’trabinafsha  nurlarini  juda  kuchli  yutish 

xususiyatiga ega, shuning uchun u organizmni ul’trabinafsha nur-larining zararli ta’siridan saqlaydi. 

Pigment  teri  yuzasi-king  hamma  joyida  ham  bir  xil  taqsimlanmagan:  yuz,  bo’yin,  or-qa  terilarida 

pigment ko’proq, qorin terisi, kaft va tovonda esa kamroq bo’ladi. 

Tashqi va ichki ta’sirotlarning ta’siri natijasida teri pigmentining miqdori o’zgarib turadi. YOz faslida 

oftob (ul’-trabinafsha nurlar) ta’sirida terida pigment miqdori ko’payib, badan qorayadi. Homilador 

ayollarda ichki - gormonal holatlar ta’sirida ham terining ayrim joylarida (yuz, tashqi jinsiy a’zolar 

sohasida) pigment ko’payadi. Pigment almashinuvi ichki sekretciya bezlari faoliyatiga, ul’trabinafsha 

va radiatciya nur-lari, ba’zi ximiyaviy moddalar va vitaminlar (A, PP va ayniq-sa vitamin S) ta’siriga 

bog’lik. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish