miqdoriga bog’liq. Teri hosilalariga sochlar, ter„ yog’ va sut bezlari hamda tirnoqlar kiradi.
Teri organizmni tashqi muhit bilan uzviy ravishda bog’lab turadi va qator muhim vazifalarni
bajaradi. Teri o’zining os-tida joylashgan a’zo va to’qimalarni tashqi muhitniig fizik va ximik
omillari ta’siridan saqlaydi. Jarohatlanmagan te-ri o’zidan turli mikroblarni, ko’pchilik zaharli va
zararli mod-dalarni o’tkazmaydi. Terining epidermis qismi, ayniqsa uning muguz qavati, issiqlikni
yomon o’tkazadi, va shu sababli, terini qurib qolishdan asraydi. Teridagi melanin pigmenti quyosh
Teri tuz-suv va issiqlik almashinuvida ishtirok etadi. Kuni-ga teri orqali 500 ml gacha suv ajraladi.
Suv bilan birga har xil tuzlar, ko’proq xloridlar hamda sut kislotasi va boshqalar chiqariladi.
Ma’lumki, tanadan 82% issiqlik teri orqali aj-ratiladi. Tana o’z issiqligining ma’lum qismini ter
246
ajratish orqali ham yo’qotadi.
Terining sekretor faoliyati undagi ter va yog’ bezlari orqa-li amalga oshadi. SHu bilan birga, bu bezlar
ekskretor vazifani ham bajaradi. Ba’zi dorilar (yod, brom, salitcil kislota va boshqalar) va zaharli
moddalar yog’ va ter bezlari mahsuloti bi-lan chiqarib yuboriladi. Terning tarkibi ko’pincha organizm
holati bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Buyrak kasalliklarida terda siydik kislotalari.mochevina
miqdori ortsa, qandli dia-betda uning tarkibida qand paydo bo’ladi. Teri o’zidan ayrim moddalar
(yog’da eruvchi moddalar, efir, salitcil, etil spirt va boshqalar) ni yaxshi o’tkazadi. SHuning uchun
ham tabobatda teri-dan singiy oladigan moddalardan tayyorlangan moysimon dornlar ishlatiladi.
Ul’trabinafsha nurlar ta’sirida terida vitamin D sintez-lanadi. Uning etishmasligi raxit kasalligiga
olib keladd.
Terida kon tomirlarning ko’pligi sababli u ma’lum daraja-da qon deposi bo’lib hisoblanadi. Katta
odamlar terisida 1 litrgacha kon to’planib turishi mumkin.
Teri taktil, harorat va og’riqni sezuvchi nerv oxirlariga boy bo’lib, keng retceptor maydon hisoblanadi.
Ba’zi joylar (bosh va panja) terisining 1 sm
2
yuzasida 300 tagacha sezuvchi nuqtalar borligi
aniqlangan.
Taraqqiyoti. Teri pushtning 2 ta embrional varag’i - ekto-derma va mezodermasidan taraqqiy etadi.
Ektoderma terining epitelial qoplamasi - epidermisini hosil qilsa, me-zodermanipg hosilasi bo’lmish
dermatomlar xususiy tsri - der-ma hamda teri osti yog’ qatlami - gipodermani vujudga keltira-dn.
Pusht taraqqiyotining birinchi haftalarida epidermis bir tcavat yassi hujayralardan iborat, keyinchalik
bu hujayralar «balandlashadi». Embrion hayotining 1-oyi oxirlarida u ikki qavatli bo’ladi. Uchinchi
oylarga kelib, epiteliy hujayralary-ning ko’payishi tufayli, epidermis ko’p qavatliga aylanadi.
Homilaning 4 oylik davridan boshlab, eng sirtqi 2-3 qavat hu-jayralar yassilashib, tcitoplazmasi
oksifil xususiyatga ega bo’-ladi va shu boisdan kislotali bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaladi. 5 oylik
homilada epidermisning donador va muguz qavatlari fa-tcat qo’l va oyoq kaftlarida paydo bo’ladi. 7-
oydagina terining hamma yuzasi bo’ylab epidermis bazal, tikanaksimon hujayralar qavati va muguz
qavatlarga ajraladi. YAltiroq qavat esa ancha kech papdo bo’ladi.
Teri epiteliysining rivojlanishi bilan terining birikti-ruvchi to’qimali asosi ham taraqqiy eta boradi.
Derma va gipo-dermaning rivojlanishi, yuqorida ta’kidlanganidek, dermatom-lardan boshlanadi.
Pusht taraqqiyotining 2-oyigacha derma mezen-xima hujayralaridan, mayda qon tomirlardan va ko’p
miqdorda amorf moddadan tashkil topgan bo’ladi. 2-oyning oxiriga ke-lib mezenxima hujayralari
fibroblastlarga aylana boshlaydi. Lekin ular uzoq vaqtgacha kam differentciallashgan bo’lib qo-ladi
va 3 turga bo’lnnadi: yulduzsimon o’simtali hu-jayralar, kalta o’simtali hujayralar va yuma-loq
hujayralar. Bu hujayralarning orasida kislotali bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaluvchi argirofil tolalarning
to’ri vu-judga keladi. Dermaning epidermisga yaqin qismida tolalar zichroq joylashgan bo’ladi.
Homila taraqqiyotining 4-oyida tolalarning ko’pchilik qismi argirofillik xususiyatini yo’qotib, 5-
oyida argirofil tolalar faqat epidermis ostidagi teri ho-silalari va qon tomirlari atrofida saqlanib qoladi.
3-4-oylarda kollagen tolalar gorizontal joylashgan holda paydo bo’la boshlaydi. Dastavval epidermis
va derma o’rtasidagi chega-ra mutlaqo tekis bo’ladi. Homila hayotining o’rtalarida birikti-ruvchtc
to’qimaning epiteliyga botib kirishi natijasida derma-«ing so’rg’ichlari vujudga keladi va bu chegara
notekis bo’lib qoladi. Elastik tolalar esa homila x.ayotining oxirgi oylarida paydo bo’lib, taraqqiyoti
25 yoshlargacha davom etadi. Embrion
rivojlanishi bilan terida differentciallangan hujayra ele-mentlari ortib borsa-da, homila hayotining
so’nggi davrida ham so’rg’ichli qavat, qon tomirlar va teri hosilalari atrofida ko’p-lab kam
differentciallashgan, kambial hujayralar saqlanib qoladi. Homilaning uch oylik davridan boshlab
terida soch, tir-ioq va ter bezlarining kurtagi paydo bo’la boshlaydi.
TERI TUZILISHI
Teri 2 qismidan - epidermis va biriktiruvchi to’-qimadan iborat dermadan tashkil topgan. Terining
quyi qatlamlarida derma teri osti yog’ kletchatkasidan iborat gipodermaga o’tadi.
Epidermis va dermaning chegarasi notekis
bo’lib, biriktiruv-chi to’qimali so’rg’ichlar
247
epidermisga botib kirgan bo’ladi. YUqo-rida qayd etilganidek, derma so’rg’ichlari teri sathida
egatchalar bilan ajralgan do’ngliklar paydo qiladi. Epidermis dermadan glikozaminglikanlar va nozik
argirofil tolalarga boy bo’lgan bazal membrana bilan ajralib turadi.
Epidermis. Terining tashqi qavati bo’lib, ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliydan iborat (54-
rasmga q.). Epidermis-ning qalinligi teri qoplamasining har xil joylarida turli qalinlikda (0,5-4 mm)
bo’lsa-da, u umumiy tuzilishga egadir.
Epidermisda 6 qavatni . ajratish mumkin: 1. Bazal qavat (stratum basale) 2. Tikansimon hujayralar
qavati (stratum spinosum) ZDonador hujayralar qavati (stratum granul-osum). 4. YAltiroq tcavat
(stratum Iucidurn). 5. Muguz qavat (stratum corneum) 6. Tushib ketuvchi qavat (stratum desqua
mourn).
Epidermisning hujayralari bazal qavatdan boshlanib, to-eng yuza muguz qavatga tomon surilib,
yangilanib turadi. SHu qa-vatlarda epidermis hujayralarining differentciallanish va muguzlanish
jarayonlarining turli davrlarini kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: