Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


IMMUNITET JARAYONLARINING MORFOLOGIK ASOSLARI



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

IMMUNITET JARAYONLARINING MORFOLOGIK ASOSLARI 

 

Keyingi 15–20 yil ichida immunologiya fani jadal taraqqiy etdi. Faoliyati bo`yicha bir-biridan 



keskin  farq  qiluvchi  T-  va  B-  limfotsitlarning  topilishi,  immun-himoya  jarayonlarida  mikromuhit 

hujayralarining  salmoqli  roli  borligining  aniqlanishi  hamda  bu  jarayonlarni  boshqarishda  ishtirok 

etuvchi  moddalarning  ochilishi  immunitet  to`g`risidagi  tushunchalarni  tubdan  o`zgartirdi.  Klassik 

immunologiyaning asoschilari bo`lib Lui Paster va I. I. Mechnikovlar hisoblanadi. Bundan 30–40 yil 

avval  klassik  immunologiya  organizmni  faqat  har  xil  yuqumli  kasalliklarni  keltirib  chiqaruvchi 

mikroblar va viruslardan himoya qilish mexanizmlarini o`rganish bilan cheklandi. Boshqacha qilib 

aytganda, immunologiya deganda tor doiradagi infeksiya immuniteti tushunib kelindi. Hozirgi zamon 

immunologiyasi nazariy va amaliy meditsinaning barcha sohalariga taalluqlidir. Bejiz emaski, u hozir 

turli xil kasalliklarda kuza-tiladigan immunitet yetishmovchiligini (immunodefitsitlarni) aniqlash va 

davolashda,  har  xil  a’zolarni  (yurak,  buyrak,  jigar  va  boshqalarni)  ko`chirib  o`tkazishda 

(transplantatsiya  qilishda)  tug`iladigan  muammolarni  yechishda  ham  keng  qo`llanilmoqda. 

Immunologiyaning rivojlanishida –  akademik P. B. Petrov hamda jumhuriyatimiz vakili professor P. 

M.  Haitov  va  ularning  shogirdlari  qo`shgan  hissalari  juda  katta.  Immunitet  jarayonlarida  ishtirok 

etuvchi  hujayralarning  kelib  chiqishi,  tuzilishi,  faoliyati  hamda  o`zaro  muloqotda  bo`lishini 

o`rganuvchi  fan  endilikda  o`zida  gistologiya  va 

immunologiya 

elementlarini 



 

239 


mujassamlashtirgan bo`lib, uni immunomorfologiya deb atash rasm bo`ldi. Bu fan oldiga qo`yilgan 

asosiy  vazifalardan  biri  –  organizmda  kechadigan  immun-himoya  jarayonlarini  ta’minlaydigan 

tuzilmalarni  hujayra,  to`qima,  a’zolar  va  yagona  sistema  sohasida  tadqiq  qilishdir. 

Immunomorfologiyaning  rivojlanishiga  ittifoqimiz  olimlari  katta  hissa  qo`shmoqdalar.  Bu  o`rinda 

moskvalik  olimlar  –    akademik  M.  R.  Sapinni,  professor  N.  A.  Yurinani  va  Toshkent  meditsina 

institutining  gistologiya  kafedrasi  kollektivini  ko`rsatib  o`tish  mumkin.  Masalan,  1987  yili 

Toshkentda  chop etilgan akademik K.  A.  Zufarov  va  professor K. R. To`xtayev  qalamiga  mansub 

«Immun  sistema  a’zolari»  kitobi  immunomorfologiya  bo`yicha  ilk  asarlardan  hisoblanadi.  Ushbu 

bo`lim ko`p jihatdan ana shu kitobda berilgan dalillar asosida yozilgan. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish