VENALAR
Venalar tomirlar sistemasining olib ketuvchi qismi hisoblanadi. Venalar devorining tuzilishi
ularning faoliyati bilan uzviy bog’liq. Arteriyalarga nisbatan qon bosimining pastligi (15–20 mm
simob ustuni) va oqim tezligining kamligi (a’zolar venalarida 10 mm/s atrofida) sababli venalar devori
yupqa va ularda elastik elementlar kam bo’ladi. Tananing qaysi qismida joylashganligiga qarab,
venalar devorining tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Tananing pastki qismidagi venalarda qon o’z
og’irligi kuchini yengib harakatlanadi va bu holat venalar devorida mushak elementlarining kuchli
rivojlanishini, hamda ularda klapanlar bo`lishini taqozo qiladi. Tananing yuqori qismidagi venalarda
esa, qon o’z og’irlik kuchi bilan harakat qilganligi tufayli ularning devori ancha yupqa va mushak
elementlari kam bo’ladi. Qon oqishi xususiyatlariga ko’ra ba’zi a’zolar (miya pardalari, ko’zning to’r
pardasi, qon yaratuvchi a’zolar, yo’ldosh) ning venalarida mushak elementlari mutlaqo bo’lmaydi.
Devorida mushak elementlarining rivojlanish darajasiga qarab venalar ikki tipga bo’linadi: 1)
mushaksiz venalar; 2) mushakli venalar. Mushakli venalar o’z navbatida yana uch gruppaga bo’linadi:
1) mushak elementlari kuchsiz taraqqiy etgan, 2) mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan va 3)
mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venalar.
Mushaksiz yoki tolali tipdagi venalar (venae fibrotypicae). Bularga qattiq va yumshoq miya
pardalari, ko’zning to’r pardasi, suyak, taloq va yo’ldosh venalari kiradi. Miya pardalari va ko’zning
to’r pardasi venalari qon bosimiga mos ravishda o’zgaruvchan bo’ladi. Ular juda ham kengayishi
mumkin, lekin ularda to’plangan qon o’z og’irlik kuchi bilan yirikroq venalarga osongina oqib ketadi.
Suyak, taloq va yo’ldosh venalarining devori esa uni o’rab turuvchi to’qimalar bilan zich birikib
ketgan va shu sababli ular puchaymaydi, qon ulardan ham oson oqib ketadi. Bu venalarning devori
bazal membrana ustida yotgan bir qavat endoteliy hujayralari bilan qoplangan. Bazal membranadan
tashqarida yupqa biriktiruvchi to’qimali qavat bo’lib, u o’zini o’rab turgan to’qimalar bilan qo’shilib
ketadi.
Mushak tipidagi venalar (venae myotypicae) dan mushak elementlari kuchsiz taraqqiy etgan
venalarga tananing yuqori qismida joylashgan kichik va o’rta kalibrli (1–2 mm) venalar hamda yuqori
kavak vena kiradi. Bu venalar devori ham uch qavatdan tuzilgan. Ichki qavat endoteliy va yaxshi
rivojlanmagan subendoteliydan iborat. O’rta
qavatda aylanasiga yo’nalgan silliq mushak
212
tutamlari joylashgan. Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda ayrim silliq mushak
hujayralari yotadi.
Mushak elementlari kuchsiz taraqqiy etgan venalar qatoriga yuqori kovak vena kiradi. Uning
devori uch qavatdan tuzilgan. Ichki qavat endoteliy va biriktiruvchi to’qimadan iborat. Endoteliy osti
qavatidan so’ng aylanasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarining tutamlari yotadi. Mushak
tutamlari orasida biriktiruvchi to’qima qatlamlari joylashib, ular aniq chegarasiz tomirning tashqi
qavatiga qo`shiladi. Biriktiruvchi to’qimadan iborat eng kuchli taraqqiy etgan tashqi qavatida esa
uzunasiga yo’nalgan elastik tolalar va sirkulyar hamda qiyshiq joylashgan kollagen tolalar mavjud.
Mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan venalar (masalan, yelka venasi) devorida ham 3 ta
qavat farq qilinadi (130-rasm). Ichki qavat endoteliydan iborat bo’lib, uning hujayralari
arteriyalardagiga nisbatan kaltaroq. Biriktiruvchi to`qimadan iborat endoteliy osti qavati sust
rivojlangan bo’lib, u yerda uzunasiga yo’nalgan ayrim mushak hujayralari kuzatiladi. Vena ichki
elastik membranasi sust rivojlangan bo’lib, u o’rta va tashqi qavatlarning elastik elementlari bilan
tutashib ketgan elastik tolalar to’ridan iborat. O’rta qavat sust rivojlangan va unda kollagen tolalar
ko`proq bo’ladi. Mushak hujayralari bu yerda aylanasiga yo’nalib, ayrim tutamlar hosil qiladi. Elastik
elementlar oz miqdorda bo’ladi. Tashqi qavat bu venalarda eng kuchli taraqqiy etgan. Unda uzunasiga
yo’nalgan kollagen tolalar ko’proq bo`ladi. Elastik tolalar esa ozroq. Tashqi qavatda, shuningdek,
uzunasiga yo’nalgan silliq mushak tutamlari ham uchraydi.
130 - rasm. Mushak elementlari o’rtacha taraqqiy etgan vena. Gematoksilin-eozin bilan
bo’yalgan. 0b. 20.ok. 10.
I – ichki qavat; a – endoteliy; b – endoteliy osti qatlami; 2 – o`rta qavat; d – mushak
hujayralari; 3 – tashqi qavat.
Mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venalarga tananing pastki qismidagi yirik venalar
kiradi. Ular tuzilishining o’ziga xosligi, qon oqish tezligining keskin susayishi, tomirda qon
bosimining pasayishi qonning o’z og’irlik kuchini yengishi uchun kerak bo’ladigan qo’shimcha
zaruriyatlar bilan bog’liq. Tomir devorining har uchala qavatida mushak ele-mentlarining kuchli
rivojlanganligi va ichki qavatda klapanlarning borligi ana shu bilan izohlanadi.
Son venasi mushak elementlari kuchli taraqqiy etgan venaga misol bo’ladi. Uning devori ham
uch qavatdan iborat. Ichki qavat endoteliy va subendoteliydan tuzilgan. Ichki qavat tomir ichiga turtib
chiqqan klapanlarni hosil qiladi. Klapanlarning negizi biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, uning
ustini endoteliy hujayralari qoplaydi. Klapanlar tomirdagi qonning teskari oqishiga to’sqinlik qiluvchi
213
tuzilma hisoblanadi. O’rta qavat aylanasiga yo’nalgan silliq mushak tutamlari va ular orasidagi
biriktiruvchi to`qima qatlamlaridan iborat. Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda
uzunasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari tutamlari joylashadi.
Pastki kovak vena tashqi qavati eng kuchli taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. Ichki qavati
endoteliy va uning ostida yotgan yupqagina endoteliy osti qatlamlaridan iborat. Endoteliy osti
qatlamida uzunasiga yo`nalgan ayrim silliq mushak hujayralari uchraydi. Urta qavat ham sust taraqqiy
etgan va undagi ayrim silliq mushak tutamlari aylanasiga joylashgan. Adventitsiya qavati juda qalin
bo’lib, u ichki va o’rta qavatlarining qalinligi yig’indisidan ham bir necha marta qalin. Tashqi qavatda
uzunasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarining yo’g’o.n tutamlari yotadi. Bu yerda biriktiruvchi
to’qima tolalari mushak tutamlari orasida yupqa qatlamlar hosil qiladi. Venalarning tashqi va o’rta
qavatlarida qon tomirlarning tomirchalari va nerv tolalari kuzatiladi.
Ba’zi a’zolar qon tomirlarining o’ziga xos tuzilishi. Qon tomirlarning ba’zi bo’limlari a’zolarga
xos tuzilishga ega. Masalan, kalla suyagi arteriyalari devorining o’rta va tashqi qavatlarida elastik
elementlarining sust rivojlanganligi bilan ajralib turadi; tashqi elastik memb-rana esa umuman
bo’lmaydi. Ichki elastik membrana esa, aksincha, yaqqol ko’rinib turadi. Bosh miya arteriyalari ham
xuddi shunday xususiyatlarga ega. Kindik arteriyasida ichki elastik membrana bo’lmaydi. Ensa
arteriyasi devorining ichki pardasida silliq mushak hujayralari tutamlari kuchli taraqqiy qilgan.
Buyrak, ichak tutqich, taloq va toj arteriyalari devorining tashqi pardasida bo’ylama yo’nalgan silliq
mushak hujayralari tutamlari yaxshi rivojlangan. Bachadon, jinsiy olat, yurakning so’rg’ichsimon
mushagi va kindik tizimchasi arteriyalarida, ayniqsa uning yo’ldoshga o’tish joyida, silliq mushak
hujayralari tutamlari ham ichki hamda tashqi qavatlarda uchraydi.
Ba’zi bir venalar ham qaysi a’zoda joy1ashishiga ko’ra o’ziga xos tomonlari bilan farqlanib
turadi. Masalan, o’pka va kindik venalarida o’rta pardasidagi sirkulyar yo’nalgan silliq mushak qavati
yaxshi rivojlangan bo’ladi va arteriolalarni eslatadi. Yurak venalari esa o’rta qavatida bo’ylamasiga
yo’nalgan silliq mushak hujayralarini tutadi.
Darvoza venasining o’rta pardasi ikki: ichki aylana va tashqi bo’ylama mushak qavatlaridan
iborat. Ba’zi venalar, masalan, yurak venalari o’z tarangligini oshiruvchi elastik membrana tutadi. Bu
esa doimo qisqarib turadigan a’zoda venalar ichki bo’shlig’ining muntazam ochiq bo’lishini ta’minlab
turadi. Yurak qorinchalarining chuqur venalari sinusoid kapillyarlarisimon tuzilgan bo’lib, devorida
mushak hujayralari va elastik membranalar tutmaydi. Yurakning epikard qavatida joylashgan
venalarida bo’ylamasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari uchraydi. Buyrak usti bezi venalarining
ichki qavatida bo’ylamasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari yostiqchasimon bo’rtib joylashadi.
Jigar venasi, ichak shilliq osti pardasidagi venalari, burun shilliq qavatining venasi, jinsiy olat venasi
va boshqa venalar qon oqishini boshqarib turuvchi mushakli sfinkterlar bilan ta’minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |