Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


KAPILLYARLAR (VAS CAPILLARE)



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

KAPILLYARLAR (VAS CAPILLARE) 

 

 

Qon  kapillyarlari  (vasa  haemocapillaria)  eng  ko’p  sonli  va  eng  ingichka  tomirlar  bo’lib, 



ularning diametri tomir funksional holatiga va joylashgan a’zolar xususiyatiga ko’ra har xil bo’lishi 

mumkin. Masalan, eng ingichka kapillyarlar (diametri 4,5–7 mkm) ko’ndalang-targ’il mushaklarda, 

nervlarda va o’pkada bo’lsa,  biroz  yirikroqlari (diametri 7–11 mkm) – terida va shilliq pardalarda 

uchraydi. Qon yaratuvchi a’zolarda, endokrin bezlarda va jigarda yirik (diametri 20–30 mkm va undan 

katta) kapillyarlar bo’lib, ular sinusoid kapillyarlar deb ataladi. Jinsiy olatning g’ovak tanasida esa 

kapillyar tipidagi maxsus qon saqlovchi bo’shliqlar – lakunalar mavjud. 

 

Ko’pchilik hollarda kapillyarlar to’r tashkil qiladi, ammo ular qovuzloq (teri so’rg’ichlarida) 



hamda koptokchalar (buyrakda tomirlar koptokchasi) hosil qilib joylashishi mumkin. Qovuzloq hosil 

qilgan  kapillyarlarda  arterial  va  venoz  bo’limlar  tafovut  qilinadi.  Venoz  bo’lim  arterial  bo’limga 

nisbatan biroz kengroq bo’ladi. Turli a’zolarda kapillyarlarning zichligi turlicha bo’ladi va bu holat 

a’zo  to’qimalarining  morfo-funksional  xususiyatiga  bog’liq.  Masalan,  ko’ndalang-targ’il  mushak 

to’qimasida 1 mm

2

 yuzada 1400 kapillyar bo’lsa, terida shuncha maydonga 40 kapillyar to’g’ri keladi. 



Odatda  hamma  to’qimalarda  ham  fiziologik  sharoitda  50  foizga  yaqin  kapillyar  ishlamay  turadi. 

Bunday kapillyarlarning bo’shlig’i juda tor bo’ladi, ammo butunlay bekilib qolmaydi. Ishlamayotgan 

kapillyarga qon shaklli elementlari sig’maydi, ammo ular orqali qon plazmasining aylanishi davom 

eta beradi (bularni «yopiq» kapillyarlar deb ataladi). Ishlayotgan «ochiq» kapillyarlar soni a’zolarning 

muayyan paytdagi ish faoliyatiga bog’liq. 

 

Kapillyarlar  devori  juda  yupqa  bo’lishiga  qaramay,  unda  ham  3  qatlamni:  endoteliy 



hujayralaridan  tashkil  topgan  ichki,  bazal  membrana  va  peritsit  hujayralaridan  iborat  o’rta  hamda 

adventitsial hujayralar va nozik kollagen tolalardan iborat tashqi qavatlarni ajratish mumkin.Endoteliy 

qavati kapillyarning bo’yiga qarab cho’zilgan chegaralari notekis bo’lgan yassi hujayralar qatlamidan 

iborat. Endoteliy hujayralarining uzunligi 25–30 (ba’zan 75–175 mkm ga), eni 8–10 mkm ga yetadi. 

Hujayralarning qalinligi yadro joylashgan yerda 3–5 mkm bo’lsa, chetki qismlarida yupqalashib, 0,1 

mkm gacha boradi. Yadrolari oval yoki yumaloq bo’ladi, ammo ba’zan uning shakli o’zgarishi ham 

mumkin.  Elektron  mikroskopda  qaralganda  endoteliy  hujayrasining  kapillyar  bo’shlig’iga  qaragan 

yuzasi,  odatda,  notekis  ko’rinishga  ega  bo’lib, 

uzunligi 0,1–0,7 mkm bo’lgan psevdopodiyalar 



 

207 


va  sitoplazmatik  o’simtalar  hosil  qilishi  mumkin  (127-rasm).  Bunday  tuzilmalar  ayniqsa 

kapillyarlarning venoz qismida ko’proq uchraydi. Psevdopodiyalar va o’simtalar endoteliy yuzasini 

oshiradi, endoteliy  orqali suyuqlik o’tishining sur’atiga qarab, ularning kattaliklari o’zgarib turishi 

mumkin.  Endotelial  hujayralarida  organellalar  kam  bo’lib,  ular  asosan  yadro  atrofi  zonasida 

joylashgan.  Bundan  tashqari,  bu  hujayralar  sitoplazmasida  yo’g’onligi  5  nm  atrofida  bo’lgan 

mikrofilamentlar tutamlari uchraydi. Ular hujayraning sitoskletini tashkil qiladi va organellalarning 

hujayra  ichida  ko’chib  yurishlarini  ta’minlaydi.  Endoteliy  hujayralarining  ichki  va  tashqi  yuzalari 

bo’ylab pinotsitoz pufakchalar va vakuolalar joylashadi, ular endoteliy orqali har xil moddalarning va 

metabolitlarning o’tishini aks ettiradi. 

 

 



 

 

127- rasm:. Kapillyarning elektron mikrofotografiyasi. X 10. 000. 



1  –  endoteliy  hujayrasi;  2  –  endoteliy  hujayrasining  yadrosi;  3  –  mitoxondriya;  4  –  pinotsitoz 

pufakchalar;  5  –  bazal  membrana;  6  –  kapillyar  boshlig’i;  7  –  kapillyarlar  devoridagi  teshikchalar 

(poralar); 8 –  peritsit hujayra sitoplazmasi. 

 

 



 

Bazal  membrana  tolali  tuzilishga  ega  bo’lib,  uning  qalinligi  20–50  nm  (ba’zi  a’zolar 




 

208 


kapillyarlarida  150  nm  gacha)  bo’ladi.  Bazal  membrana  tolalarining  yo’g’onligi  2–3  nm  atrofida 

bo’lib, bir-biri bilan chirmashib ketgan, ular orasida esa amorf modda yotadi. Endoteliy hujayralari 

bilan  peritsitlar  o’rtasida  bazal  membrana  ba’zi  joylarda  ingichkalashadi  va  uziladi,  bu  joyda 

hujayralar sitolemmalari bir-biri bilan zich bog’lanish hosil qilib birikadi. Bunday endotelio–peritsitar 

bog’lanish sohalari, ehtimol, bir hujayradan ikkinchi hujayraga qo’zg’alishni uzatish joylari bo’lsa 

kerak. 


 

 

128- rasm. Kapillyarlar turlari sxemasi (Yu.I. Afanasyevdan). 



I – yaxlit endoteliy va uzluksiz bazal membranali gemokapillyar; II – fenestrlar (teshiklar) tutgan 

endoteliy va uzluksiz bazal membranadan iborat gemokapillyar; III – ilma-teshik endoteliy va uzuq-

uzuq bazal membranadan iborat sinusoid gemokapillyar. 

1 – endoteliy hujayrasi; 2 – bazal membrana; 3 – fenestrar; 4 – yoriqlar (poralar); 5 – peritsit; 6 – 

adventitsial hujayra; 7 – endoteliy hujayrasining peritsit bilan birikkan joyi; 8 – nerv oxiri. 

 

 



Peritsitlar (Ruje hujayralari) ni  ba’zi tadqiqotchilar bazal  membrananing tarkibiy  qismi deb 

hisoblaydilar. Ular hamma tomonidan bazal membrana bilan o’ralgan (128-rasm). Peritsitlarning uzun 

sitoplazmatik o’simtalari bo’lib, ular kapillyarlarning bo’ylamasiga yo’nalgandir. Elektron mikroskop 

yordamida  o’simtalarda  ingichka  fibrillalarni  ko’rish  mumkin.  Bu  hujayralarning  funksional 

ahamiyati  hali  to’la  o’rganilmagan.  Kapillyarlar  devorining  qisqarishi  jarayonida  peritsitlarning 

ishtirok etishi haqida turli fikrlar mavjud. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish