va kichik kalibrdagi arteriyalar kiradi (126-rasm). Tana, oyoq va qo’l, ichki a’zolar arteriyalari shular
205
pardasi endoteliydan, endoteliy osti qavati va ichki elastik membranadan tashkil topgan. Endoteliy
hujayralari bazal membranada yotib, tomirlarning bo’ylama o’qi bo’ylab cho’zilgan, chegaralari
unchalik egri-bugri emas. Endoteliy osti qavati asosan bo’ylama yo’nalgan kollagen va elastik
tolalardan tashkil topgan bo’lib, yulduzsimon, kam ixtisoslashgan hujayralar tutadi. Endoteliy osti
qavati o’rta va yirik kalibrli arteriyalarda yaxshi rivojlangan bo’lib, kichik arteriyalarda juda yupqa
bo’ladi, eng kichik arteriyalar – arteriolalarda esa u tashqi adventitsiya qavatiga qo’shilib ketadi. Ichki
elastik membrana mushak tipidagi arteriyalarda yaxshi rivojlangan va tomirning ko’ndalang kesimida
yaltiroq egri-bugri tasmacha holida ko’rinadi. Elektron mikroskopda u qavat-qavat bo’lib yotgan tiniq
plastinkalardan iborat.
O’rta qavat qiya spiral holida joylashgan silliq mushak hujayralaridan iborat bo’lib, ular orasida
oz miqdorda fibroblastlar va kollagen hamda elastik tolalar joylashadi. Silliq mushak hujayralarining
bunday joylashishi ular qisqarganda tomir hajmining kamayishiga va qonning mayda tomirlarga
surilishiga yordam beradi. Yirikroq mushak tipidagi arteriyalar o’rta qavati elastik membranalarni
hosil qilishi mumkin. Elastik tolalar ichki va tashqi qavatlar chegarasida elastik membranalarga
qo’shilib ketadi. Natijada yagona elastik karkas hosil bo’lib, u bir tomondan tomirga elastiklik bersa,
ikkinchi tomondan tomir devorining tarangligini kuchaytiradi. Bu esa arteriyalarning puchayib
qolishiga yo’l qo’ymaydi va ularda qonning to’xtovsiz oqishini ta’minlaydi. Mushak tipidagi
arteriyalar devoridagi silliq mushak hujayralarining qisqarishi qon bosimini ushlab turadi va
a’zolarning mikrotsirkulyatsiya sistemasiga qon kelishini boshqaradi. O’rta va tashqi qavatlar orasida
tashqi elastik membrana (membrana elastica externa) joylashadi. U bo’ylama yo’nalgan yo’g’on
elastik tolalarning zich to’ridan tashkil topgan bo’lib, ba’zan sidirg’a elastik plastinka shaklini oladi.
Odatda tashqi elastik membrana ichkarisidagiga qaraganda ancha yupqa bo’ladi va hamma
arteriyalarda ham yaxshi rivojlanmagan.
Tashqi qavat siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Unda aksariyat
tolalar qiya va bo’ylama yo’nalgan bo`ladi. Bu qavatda nervlar va arteriyalar devorini oziqlantiruvchi
mayda qon tomirlar uchraydi.
Arteriyalar kichrayib borgan sari ularning devori yupqalashadi. Endoteliy osti qavati va ichki
elastik membrana juda ham noziklashib ketadi. O’rta qavatda mushak hujayralari va elastik tolalar
ham asta-sekin kamayib boradi. Tashqi qavatda ham elastik tolalar kamayadi, tashqi elastik membrana
esa yo’qolib ketadi.
Ilgarilari turli a’zolarning arteriyalari va venoz tomirlari o’rtasida faqat kapillyarlar joylashgan
deb hisoblanardi. Keyingi kuzatishlar natijasida bu ikki tomir orasida har xil mayda tomirlarning
sistemasi joylashganligi aniqlandi. Shuni mikrotsirkulyatsiya sistemasi deb nomlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: