Limfa sistemasi dastlab umurtqalilarda paydo bo’lib, sut emizuvchilarda eng yuqori darajada
ular o’zaro tutashib limfa kapillyarlari to’rini hosil qiladi. Kapillyarlar a’zo ichidagi limfa tomirlariga
aylanadi, bular esa, o’z navbatida qo’shilib, a’zodan limfa suyuqligini olib ketuvchi tomirlarni hosil
qiladi. Barcha a’zolardan chiqqan limfa tomirlari o’zaro qo’shilib borib, nihoyat ikkita yirik limfa
tomirini hosil qiladi. Ular esa yirik venalarga ochiladi. Limfa tomirlari sistemasining vazifasi modda
almashinuvi mahsulotlarini saqlovchi to’qima suyuqligi-ni barcha to’qimalardan olib chiqishdan
Limfa kapillyarlari tuzilishi bo’yicha qon kapillyarlariga o’xshasada, bir qator farq qiladigan
shaklida boshlanadi. Ularning devori bir qavat endoteliy hujayralaridan iborat bo’lib, ular qon
214
kapillyarlari endoteliy hujayralarining ultrastrukturasi birmuncha farq qiladi. Jumladan, limfa
kapillyarlarining endoteliy hujayralarining mitoxondriyalari qon kapillyarlarinikiga nisbatan yirikroq
va sitoplazmada bir tekis joylashadi. Endoplazmatik to’r, mikropinotsitoz pufakchalari ancha kam
uchraydi. Limfa kapillyarlarining endoteliy hujayralari sitoplazmasining elektron zichligi qon
kapillyarlarinikiga nisbatan kamroq. Limfa kapillyarlari endoteliy hujayralari plazmolemmasining
ichki yuzasi silliq, juda oz sitoplazmatik o’simtalarga ega (131-rasm).
Limfa kapillyarlarida bazal membrana va peritsitlar bo’lmaydi. Shu sababli limfa kapillyarlari
endoteliysi biriktiruvchi to’qimaning oraliq asosiy moddasiga bevosita tutashadi. Limfa kapillyarlari
devori tuzilishining xususiyatlari ularning drenajlash funksiyasiga nihoyatda mos keladi.
131- rasm. Limfa kapillyarlarining elektron mikrofotografiyasi (me’da osti bezidan olingan).
X.28.000.
1 – endoteliy hujayrasining sitoplazmasi; 2 – endogeliy hujayralarining tutashgan joyi; 3 – limfa
kapillyarining teshigi; 4 – kollagen tolalar .
Limfa tomirlarini kichik, o’rta va yirik tomirlarga bo’lish qabul qilingan. Limfa tomirlari
tuzilishi bo’ycha venalarga o’xshaydi. Ularning o’xshashligi limfa tomirida va venada qon oqish
sharoitlari bir xil bo’lishi bilan bog’liqdir. Limfa tomirlari ham venalar kabi mushakli va mushaksiz
bo’lishi mumkin. Mayda limfa tomirlari (30–40 mkm) asosan a’zolar ichidagi tomirlar bo’lib, ularda
mushak elementlari bo’lmaydi, devori endoteliydan va biriktiruvchi to’qimadan iborat pardadan
iborat. O’rta va yirik limfa tomirlari (0,2 mkm dan katta) devorida uch qavat farq qilinadi. Ichki
qavatida endoteliy hamda elastik va kollagen tolalaridan iborat endoteliy osti qavati, hamda unchalik
yaxshi ifodalanmagan ichki elastik membrana farq qilinadi. Ichki qavat klapanlar hosil qiladi.
Klapanlarning asosini biriktiruvchi to`qima tashkil etib, yuzasi bir qavat endoteliy hujayralari bilan
qoplanadi (132-rasm). O’rta qavat aylana va qiyshiq yo’nalishdagi silliq mushak hujayralari,
shuningdek, kollagen va elastik tolalardan tuzilgan. Tananing pastki qismida joylashgan limfa
tomirlarida bu qavat yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Adventitsiya qavati biriktiruvchi to’qimadan
215
tuzilgan bo’lib, unda uzunasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralarining tutamlari uchraydi.
Ko’krak limfa yo’li yirik limfa tomiri bo’lib, uning devorida ham uch qavat tafovut qilinadi.
Har uchala qavatda ham silliq mushak hujayralari borligi kuzatiladi. Ichki qavat endoteliy hamda
endoteliy osti qavatlaridan iborat. Endoteliy osti qavati biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, undagi
mushak hujayralari bo’ylama yo’nalgan. Ichki elastik membrana o’rnida nozik elastik tolalar to’ri
joylashadi.
132-rasm. Limfa tomirining elektron mikrofotografiyalar (gipofizdan tayyorlangan).X 4000.
1 – endoteliy hujayrasi; 2 – klapanlar; 3 – limfa tomirining teshigi.
O’rta qavat sust taraqqiy etgan bo’lib, aylanasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari va elastik tolalar
tutamlaridan tuzilgan.
Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan va unda bo’ylama yo’nalgan silliq mushak
hujayralarining yaxshigina rivojlangan tutamlari yotadi. Tashqi qavat eng qalin qavat bo’lib, ichki va
o’rta qavatlar qalinligi yig’indisidan ham bir necha marta kattadir.
Barcha tomirlar devori tomirlarning tomirchalari (vasa vasorum) deb ataluvchi mayda
tomirlardan oziqlanadi. Ular yirik tomirlarning adventitsiya qavatida joylashib, undan o’rta qavatga
o’tadi. Ichki qavat shu tomir ichidan oqayotgan qondan oziqlanadi. Tomirlarning tomirchalari tomir
atrofidagi biriktiruvchi to’qimadan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: