to’g’ri venalarga quyiladi. Arteriolo-venulyar anastomoz (AVA) larni deyarli hamma a’zolarda
uchratish mumkin. Ularning diametri 30–500 mkm bo’lishi, uzunligi esa 4 mm gacha yetishi mumkin.
210
xilga tafovut qilinadi: a) maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lmagan va b) maxsus bekituvchi
tuzilmaga ega bo’lgan haqiqiy AVA lar. Maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lmagan ABA larda bir
tomirning ikkinchisiga o’tishi chegarasi bo’lib arteriola o’rta qavatining tugagan joyi hisoblanadi.
Qon oqimi arteriola devorining o’rta qavatidagi silliq mushak hujayralari tomonidan boshqariladi
(129-rasm, I).
Maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lgan AVA larning ham ikki turi farqlanadi: tutashuvchi
arteriya tipidagi AVA devorining ichki pardasida bo’ylama yo’nalgan mushak hujayralari yaxshi
taraqqiy etgan bo’lib, tomir bo’shlig’iga chiqib turuvchi yostiqchalar yoki burmalar hosil qiladi (129-
rasm, II A). Mushak hujayralarining qisqarishi natijasida yostiqchalar tomir bo’shlig`ini berkitib
qo’yadi.
129-rasm. Arteriolo-venulyar anastomozlar (AVA) (Yu.I. Afanasevdan).
I – Maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lmagan AVA.
1 – arteriola; 2 – venula; 3 – anastomoz; 4 – anastomozning silliq mushak hujayralari.
II – maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lgan AVA: A – tutashuvchi arteriya tipidagi anastomoz;
B – epitelioid tipidagi oddiy anastomoz. D – epitelioid tipidagi murakkab (koptokchasimon)
anastomoz.
1 – endoteliy; 2 – bo’ylama yo’nalgan silliq mushak hujayralar tutami; 3 – ichki elastic membrana; 4
– arteriola; 5 – venula; 6 - anastomoz; 7 – anastomozning epiteliysimon hujayralari; 8 – biriktiruvchi
to’qimadagi gemokapillyarlar.
III – Atipik anastomoz. 1 – arteriola; 2 – kalta gemokapillyar; 3 – venula.
Bu anastomozlarning ikkinchi turi epitelioid tipidagi AVA lar bo’lib, ular ham o’z navbatida
oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Epitelioid tipidagi oddiy AVA lar arterial qismining o’rta
qavatida ichki bo’ylama va tashqi aylanasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari joylashganligi bilan
ajralib turadi. Anastomozning venoz qismiga yaqinlashgan sari ularning ichki bo’ylama qavati kalta
oval shakldagi, sitoplazmasi oqish hujayralar (E-hujayralar) bilan almashinadi (129-rasm, II B). Shu
mushak hujayralari epiteliysimon hujayralar deb yuritiladi. Bu AVA larning venoz qismi devori juda
211
yupqalashib ketadi. O’rta qavati juda kam miqdorda aylana joylashgan silliq mushak hujayralarini
tutadi. Murakkab yoki koptokchasimon epitelioid tipidagi AVA larning oddiy anastomozdan farqi
shuki, ularda qon olib keluvchi arteriola 2–4 ta tarmoqqa bo’linadi, so’ngra venoz segmentiga o’tadi.
Bu tarmoqlar yagona umumiy biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan (129-rasm, II D). Bunday
anastomozlar qo’l panjalarining terisida ko`plab uchraydi. Anastomoz devoridagi epiteliysimon
hujayralar suvni o’ziga shimib, shishish xususiyatiga ega bo’lganligidan tomir bo’shlig’i torayishi
yoki butunlay bekilib qolishi mumkin. Bu hujayralardan suyuqlikni chiqishi esa anastomoz orqali qon
oqishini ta’minlaydi. Ana shunday tarzda anastomoz orqali qon harakati boshqariladi.
Atipik AVA lar (yarimshuntlar) da arteriola va venula bir-biri bilan kalta kapillyar tipidagi
tomir orqali birlashadi (129-rasm, II). Bu tomir devori orqali qisman modda va gaz almashinuvi sodir
bo’ladi, shu sababli venulaga qisman aralash qon quyiladi.
A’zolar orqali qon oqimini boshqarishda va qon bosimini bir maromda ushlab turishda
arteriolo-venulyar anastomozlarning ahamiyati juda katta. Ular tufayli a’zolar o’z zaruriyatiga yarasha
qon bilan ta’minlanadi. A’zo yoki uning bir qismi ish bajarayotgan bir paytda qonning ko’p qismi
AVA lar orqali to’g’ridan-to’g’ri venalarga yo’naladi. Qonni kapillyarlar orqali o’tkazish
zaruriyatining kamayishi yurak faoliyatini biroz yengillashtiradi. Bundan tashqari, arteriya qonining
bosimi anastomozlar orqali vena tomiriga uzatilishi ularda qon oqimini tezlashtiradi va venada
kislorodga boy arterial qonning oqishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, organizmning qon
aylanishining buzilgandagi va har xil patologik jarayonlardagi kompensator reaksiyalarida AVA lar
juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: