138 - rasm. Yurakning o’tkazuvchi sistemasi kardiomiotsitlari (P. P. Rumyansevdan).
I – yurakning o’tkazuvchi sistemasi elementlarining joylanish sxemasi; II – sinus va
atrioventrikulyar tugunlarining kardiomitsitlari; a – peysmeker (P) hujayralari; b – oraliq hujayralar;
III – Gis tutami kardiomiotsiti; IV – Gis tutami oyoqchasining kardiomiotsiti (Purkine tolasi); 1 –
yadro; 2 – miofibrillalar; 3 – mitoxondriyalar; 4 – sarkoplazma: 5 – glikogen parchalari; 6 – oraliq
Sinus tugunining chetlarida oraliq hujayralar joylashadi. Oraliq hujayralar ayniqsa atrioventrikulyar
tugunda ko’p bo’lib, Peysmeker hujayralari, aksincha, bu tugunda juda kamchilikni tashkil qiladi.
Oraliq (II tip) hujayralar ingichka, cho’zinchoq shaklda bo’lib, ularning ko’ndalang kesimlari tipik
kardiomiotsitlarnikidan kichikdir (138-rasm, II B). Oraliq hujayralarining sitoplazmasida
miofibrillalar nisbatan ko’proq, ular ko’pincha bir-biriga parallel yo’nalgan, A- va I-disklar yaqqol
Ba’zi oraliq hujayralar qisqa T-naychalar tutadi. Bu hujayralar qo’zg’alish impulsni Peysmeker
Gis tutami va uning oyoqchalarining hugayralari III tip hujayralar bo’lib, ular Purkine tolalary
224
deb yoritiladi (138-rasm,III). Gis tutami oyoqchalari endokard ostiga hamda miokard ichiga
tarmoqlanadi. Purkinye hujayralari to’p-to’p joylashgan bo’lib, siyrak tolali biriktiruvchi to’qima
bilan o’ralgan. Bundan tashqari, ular so’rg’ichsimon mushakka ham kirib boradi. Bu esa
so’rg’ichsimon mushaklar tomonidan yurak klapanlarini to miokard qisqarguncha tarang qilib
turishini ta’minlaydi.
Oddiy mikroskopda qaraganda Purkine tolalari yadrosining markazda joylashganligi va
ko’ndalang-targilligi uchun qisqaruvchi tipik kardiomiotsitlarga o’xshab ketadi. Ammo ular tipik
kardiomiotsitlardan farq qilib, ancha yirik (15 mkm va undan katta) bo’ladi. Miofibrillalar ingichka
bo’lib, asosan, hujayraning chetki qismlarida joylashgan. T-sistema deyarli bo’lmaydi. Hujayraning
markaziy qismlarida miofibrillalar bo’lmay, ular o’rniga glikogen yig’ilgan. Gematoksilin-eozin bilan
bo’yalgan preparatlarda glikogen aniqlanmaydi. Shuning uchun Purkine hujayralarining markaziy
qismi (yadro joylashgan sohadan tashqari) bo’shga o’xshab ko’rinadi (138-rasm, IY). Purkine
hujayralari qo’zg’alishni oraliq hujayralardan tipik kardiomiotsitlarga o’tkazib berish vazifasini
bajaradi.
Peysmeker hujayralari o’zining tinchlik potensiali beqaror bo’lishi bilan skelet mushak
tolalaridan farq qiladi. Skelet mushagi tolalari sarkolemmasi nerv impulsi yetib kelgunga qadar
qutblangan (polyarlangan) bo’lib qoladi. Peysmeker hujayralarining membranasi esa hujayra ichiga
natriy ionlarini o’tkazib yuborish xususiyatiga ega. Ma’lum vaqtda (sekundning bo’laklari ichida)
ularning tinchlik potensiali shunchalik kamayib ketadiki, endi membrana ionlar uchun to’siq bo’la
olmay qoladi. Bu – hujayra ichiga natriy ionlarining shunday oqimining kirib qolishiga olib keladiki,
natijada, hujayra membranasi birdaniga va butunlay depolyarizatsiyaga uchraydi. Peysmeker
hujayralarida vujudga kelgan depolyarizatsiya tirqishli birikish orqali barqaror tinchlik potensialiga
ega bo’lgan oraliq hujayralarga uzatiladi. U ham darhol depolyarizatsiyaga uchraydi. Oraliq hujayra
ham o’z navbatida barqaror tinchlik potensialiga ega bo’lgan boshqa oraliq hujayralar bilan birikkani
uchun butun gruppa depolyarizatsiyaga uchraydi.
Demak, sinus tuguni hujayralari depolyarizatsiya to’lqinini muntazam hosil qilib turadi, ular
esa butun yurak bo’ylab tarqalib, uning turli bo’limlarini kerakli tarzda birin-ketin qisqarishga olib
keladi. Aytib o’tish kerakki, sinus tuguning Peysmeker hujayralari odamda tinch holatda minutiga
60–70 marta depolyarizatsiyaga uchraydi, biror ish qilganda esa, puls tezlashadi. Ba’zan his-hayajon
ta’sirida simpatik nervlar aktivligi oshishi natijasida ham puls tezlashadi. Bunga sabab, sinus tuguni
vegetative nerv sistemasining har ikkala bo’limidan ham ko’plab nerv tarmoqlari oladi. Ammo ular
Peysmeker hujaylarida depolyarizatsiyaning boshlanishiga javobgar emas, ular faqat uning tezligini
o’zgartirishi mumkin. Simpatik sistema Peysmeker hujayralari depolarizatsiyasi tezligini oshiradi,
parasimpatik sistema esa susaytiradi. Ba’zan gormonlar ham depolyarizatsiya tezligiga ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: