Regeneratsiyasi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va yosh bolalarda, kardiomiotsitlar hali
bo’linish xususiyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun bu davrda regeneratsiya jarayoni kardiomiotsitlar
sonining oshishi bilan boradi. Kattalarda miokardning fiziologik regeneratsiyasi hujayralar sonining
oshishi bilan emas, balki hujayra ichki regeneratsiyasi yo’li bilan boradi.
Uzluksiz jismoniy zo’riqishlar ta’sirida miokardda hujayralar soni oshmaydi, ammo ularning
sitoplazmasida umumiy organellalar va miofibrillalar miqdori oshadi, hujayra kattalashadi
(funksional gipertrofiya ro’y beradi).
225
Do'stlaringiz bilan baham: |