taraqqiy etgan bo’ladi. Tug’ilgandan to balog’at yoshiga yetguncha uning kattaligi va og’irligi ma’lum
bir darajada saqlanib turadi. Jinsiy balog’at yoshiga kelib timusning og’irligi o’rtacha hisobda 37–40
g atrofida bo’ladi. 25–30 yoshdan keyin timusda aks taraqqiyot davri, ya’ni yoshga nisbatan
kechadigan involutsiya boshlanadi. Bu jarayon ayniqsa timusning po’stloq zonasida yaqqol
ifodalanadi. Bu zonada timotsitlar sononing kamayib borishi, retikuloepitelial hujayralar o’rnida yog’
hujayralarining paydo bo’lishi va makrofaglar sonining ko’payishi kuzatiladi. Involutsiya jarayoni
mag’iz zonada ham sodir bo’ladi. Bu zonada ham yuqoridagidek timotsitlarning kamayishi,
retikuloepitelial hujayralarning o’rnini yog’ to’qimasi eg’allashi ko’rinadi. Gassal tanachalari esa
232
organizmda timusning faoliyati nisbatan sust saqlanib qoladi. 70–75 yoshlarga kelib timusning
og’irligi faqat 5–6 g atrofida bo’ladi. Bunda bez parenximasining asosiy qismini yog’ to’qimasi
tashkil etib, uning orasida juda kam miqdorda timotsitlar va retikuloepitelial hujayralar uchrashi
mumkin. Kamdan-kam holatlardagina timusning yoshga nisbatan involutsiyasi bo’lmasligi mumkin.
Bu holat “status thymicolymphaticus” deb atalib, timusda va boshqa periferik immun-himoya
organlarida limfotsitlar sonining oshb ketishi bilan ifodaladi. Ko’pincha bu holat buyrak usti bezining
po’stloq moddasi ishlaydigan glyukokortikoid gormonlarning yetishmovchiligi bilan birga kechadi.
Garchi timusda limfotsitlar ko’p bo’lsada, ularning faoliyati to’liq bo’lmaydi, shuning uchun ham
bunday odamlar mikroblar va zaharli moddalar ta’siriga juda chidamsiz bo’ladi.
Timusning yoshga nisbatan, asta-sekin kechadigan aks taraqqiyotidan tashqari, ba’zi bir
holatlarda uning tez sodir bo’ladigan involusiyasi ham uchraydi. Bu jarayon aksidental (accidental –
tasodifiy) involusiya deb atalib, turli xil o’ta kuchli salbiy ta’surotlar (og’ir jarohatlar, zaharlanish,
haddan tashqari ochlik, radiatsiya, SPID virusi va hokazolar) natijasida ro’y berishi mumkin. Bunda
timusda, ayniqsa uning po’stloq zonasida, timotsitlarning birdaniga ko’p miqdorda halok bo’lishi
(timotsitoliz yoki limfotsitoliz) va ularning makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinishi kuzatiladi.
Natijada, po’stloq va mag’iz zonalar orasida chegarani ajratib bo’lmaydi. Aksidental involutsiya
davomida retikuloepitelial hujayralarda ham o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ularning sitoplazmasi
shishadi va yirik pufaklar bilan to’ladi. Aksidental involyutsiya jarayonida yuqorida qayd etilgan
glyukokortikoid gormonlarning ahamiyati kattadir. Chunki bu jarayon doimiy ravishda shu gormonlar
miqdorining keskin oshishi bilan birga kuzatiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, aksidental involutsiya o’zining qayta tiklanish imkoniyati bilan
yoshga nisbatan kechadigan involutsiyadan keskin farqlanadi. Agar organizmga ko’rsatilgan salbiy
ta’sirlar to’xtatilsa, timus o’zining oldingi holatiga qaytishi mumkin. Shu tufayli timusda bo’ladigan
aksidental involutsiyani ko’ra bilish va uning oldini olish tibbiyot fani uchun muhim nazariy va amaliy
ahamiyatga egadir.
Shunday qilib, timus (ayrisimon yoki buqoq bezi) qizil suyak ko’migi bilan birgalikda qon
yaratuvchi va immun-himoya organlarining markaziy qismini tashkil qilib, u T-limfotsitlar ishlab
chiqarishi bilan bir qatorda immunitet jarayonlarini boshqarishda ham ishtirok etadi. Bundan tashqari,
timusda qator biologik aktiv moddalarning ishlanib chiqishi uning endokrin faoliyati ancha taraqqiy
etganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: