Donador qavat neyronlarga juda boy. Donador qavatni ho-sil qiluvchi asosiy hujayralarni - donacha
hujayralar neuro num granulifcrmis yoki oddiygina - donachalar deb ataladi. Ular o’ziga xos shaklga
ega. Ularning kichik (3-8 mkm) tanasi deyarli yadro bilan to’lib turadi. TCitoplazmasi esa yadro atro-
fida torgina gardish hosil qiladi. Bu hujayralarning tanasi-dan qushlarning panjasiga o’xshash
shoxlangan, kalta dendritlar chiqadi.
Har bir hujayralardan molekulyar qavatning u yoki bu sathi-ga yo’nalgan T shaklida shoxlangan
o’simta chiqadi. Ikkala shoxcha burma yo’nalishiga parallel holda ikki tomonga tarqaladi. Bu shoxcha
molekulyar qavat doirasidan chiqmagan holda, telegraf simlariga o’xshab, Purkin’e hujayralarining
dendritlari bo’y-lab borib, ularni bo’ylama yo’nalishda bir-biri bilan bog’laydi.
SHunday qilib, Purkin’e hujayralari uchta uyg’unlashgan sistemaga ega: bittasi - xususiy neyritlar
kollaterallaridan, ikkinchisi-donacha hujayralarining nerv o’simtalaridan hosil bo’lgan 2 ta bo’ylama
va uchinchisi savatsimon hujayralardan ho-sil bo’lgan bir butun ko’ndalang sistemadan iborat.
Gol’ji hujayralari yoki yirik yulduzsimon neyron-l a p (neuronum stellatum magnum) miyacha
donador qavatining ikkinchi xil hujayralaridir. Bu hujayralarning 2 xili farqlanadi: kalta neyritli
yulduzsimon hujayralar ganglionar qavat yaqinida yotadi. Ularning shoxlangan dendritlari moleku-
lyar qavatda tarqalib, uning yuzasigacha etib borsa, neyritlari donador qavatga yo’naladi. Uzun
neyritli yulduzsimon hujayra-lar donador qavatda o’ta shoxlanuvchi dendritlarga va oq moddaga
yo’naluvchi neyritlarga ega. Bu hujayralar miyacha po’stlog’i turli sohalarining bir-biri bilan
aloqasini ta’minlab, uning yaxlit bir organ bo’lib ishlashiga imkon beradi. Uchinchi tur hu-jaralarni
duksimon gorizontal hujayralar ( r.eurcnum fusiforme horizontale ) tashkil qiladi. Ular ko’proq
donador va ganglionar qavatlar orasida uchraydi. Ularning cho’zinchoq tana-sidan ikki tomonga
qarab, ganglionar va donador qavatlarda tugaydigan uzun, gorizontal joylashgan dendritlar chiqadi.
Bu hujayralarning neyritlari esa donador qavatga kollaterallar berib, oq moddaga o’tib ketadi.
Ko’pgina nerv tolalari miyaning turli qismlaridan kelib, miyachaning io’stlog’ida tugallanadi.
Miyachaning po’stlog’iga keluv-chi afferent nerv tolalari 2 turga bo’linadi: 1) moxsimon t ol a l a p.;
2) o’ r tc a.l o v ch.i.yoki lianasimon tolalar.. Mox-
:
simon tolalar olivo-miyacha va ko’prik-miyacha
o’tkazuvchi yo’llari tarkibida donador qavatga
170
qarab boradi. Bu erda ular o’zlari-ning mag’izli qavatlarini yo’qotmasdan alohida shoxlanadi va
miyacha «koptokchalarida» ( glomerulus ) tugallanadi. Bu koptok-•chalarda tolalar donador
hujayralarning dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi. Har bir tola miyachaning ko’pgina kop-
tokchasiga tarmoqlar beradi va har bir koptokcha ko’p moxsimon •tolalardan tarmoqlar qabul qiladi.
Urmalovchi tolalar miyacha po’stlog’iga orqa miya va vestibulyar - miyacha yo’llari bo’ylab ki-rib
boradi. Ular donador qavatni kesib o’tib, Purkin’e hujay-ralarining dendritlari bilan sinapslar hosil
qiladi. Liana-simon tolalar ta’sirni miyacha po’stlog’ining noksimon hujayra-lariga bevosita o’tkazib
beradi. SHunday qilib, miyacha po’stlo-g’iga keladigan qo’zg’atuvchi impul’slar noksimon
hujayralarga bevosita o’rmalovchi tolalar, yohud donador hujayralarning o’sim-talari orqali
etkaziladi. Molekulyar qavatning yulduzsimon va savatsimon neyronlari, shuningdek, donador
qavatning yirik yul-duzsimon hujayralari noksimon hujayralarga tormozlovchi ta’-sir ko’rsatish
qobiliyatiga ega. Moxsimon tolalar orqali keladi-gan impul’slar ko’rsatilgan hujayralar sinapslarida
tormoz-lanishi va noksimon neyronlarga etib kelmasligi mumkin. Ja-vob efferent impul’slari Purkin’e
hujayralarining neyritla-ri orqali chiqadi.
Miyacha po’stlog’ida glial asos bo’lib, u turli gliotcitlardan tuzilgan. Donador qavatda tolali va
plazmatik astrotcitlar hamda oligodendrogliotcitlar bo’ladi. Tolali astrotcitlar o’z o’simtalarining
oyoqchalari bilan tomirlar atrofida membrana-lar hosil qiladi. Ganglionar qavatda Purkin’e
hujayralari-ning orasida to’q yadroli maxsus gliotcitlar yotadi. Ularning o’simtalari miyacha
po’stlog’iga qarab borib, Purkin’e hujayra-lari dendritlarining tarmoqlariii ushlab turuvchi tolalarni
hosil qiladi. Molekulyar va ganglionar qavatlarda ko’p miqdor-da glnal makrofaglar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |