MIYACHA
Miyacha (cerebellum) bosh miyaning bir qismi bo’lib, uzunchoq miya va ko’prikning ustida
joylashgan. Miyacha, uzunchoq miya, ko’p-rik va o’rta miya bilan uch juft «oyoqchalar» orqali
birikkan. Miyachadan ketuvchi va unga keluvchi o’tkazuvchi yo’llar shu oyoqcha-lar orqali o’tadi.
Miyachaning oq moddasi ichida bir necha juft po’stloq osti yadrolori yotib, ulardan eng kattasi «tishli»
yadro-lardir ( nuclei dentalis ).
Miyachaning po’stloq markazlari reflektor tarzda harakatni, tana muvozanatini va mushak tonusini
boshqaradi. Miyachaning qaysi qismidan bo’lmasin, uning burmalariga perpendikulyar tarz-da
kesmalar olinsa, u (« arbor vitae ») («hayot daraxti») deb ataluvchi tasvir hosil qiladi. Har bir burmaga
oq moddaning tor plastinkasi kirib turadi. Burmalar ust tomondan yaxlit po’st qatlam hosil qiluvchi
kulrang modda bilan qoplangan.
168
109- rasm. Miyacha po’stlog’ining ko’ndalang kesimi. Kumush nitrat tuzp bilan impregnatciya
qilingan. 06. 3,5. ok. 10.
1 - kulrang modda; a - kolekulyar qavat; b - ganglionar hujayralar qavati; v - do-nador qavat; 2 - oq
modda.
Miyacha po’stlog’ida uch qavat: 1) tashqi molekulyar (stratum molecu-lare); 2) urta ganglionar
(stratum neuronum piriformium); 3) ichki donador qavatlar (stratum granulosum) farq qilinadi (109-
rasm).
Miyacha po’stlog’i yoki kulrang moddasi tarkibiga neyrogliotcitlar orasida joylashgan turli xil
neyronlar kiradi.
Miyacha po’stlog’ini uning o’rta qavatida bir qator joylashgan noksimon Purkin’e hujayralaridan
(neuronum pirifor-me -noksimon neyronlar) boshlab o’rganish qulayroq. Ularning tanasidai
molekulyar qavatga, odatda, ikkita dendrit chiqib, darhol to’g’ri burchak ostida egiladi va ma’lum
masofada burma yuzasiga parallel’ joylashadi (110-rasm). SHu masofada burma yuzasi tomon
yo’nalgan dendritlardan ko’p miqdorda kuchli shox-langan tarmoqlar ketadi. Bu tarmoqlar
molekulyar qavatning yuzasiga etib boradi va ular birlashib o’ziga xos sertarmoqli shaklni hosil qiladi.
Purkin’e hujayralarining hamma shox-lari miyacha burmasi yo’nalishiga perpendikulyar holda bir
yuzada joylashadi. Har bir Purkin’e hujayrasi tanasidan bntta ney-rit chiqib, donador qavat orqali oq
moddaga yo’naladi va miyacha yadrolaridagi neyronlar bilan sinapslar hosil qiladi. SHu ney-ritning
hujayra tanasiga yaqin joyidan ganglionar qavatga va molekulyar qavatning ichkarisiga yo’nalgan
kollaterallar keta-di. Bu joyda ular shoxlanadilar va ularning tarmoqlari burma
110-rasm. Miyacha. Kumush nitrat tuzi bilan
impregnatciya qilipgan.
169
1 - molekulyar qavat; 2 - noksimon nerv xujayralarining dendritlari; 3 - noksikon nerv hujayrasi; » -
donaddr qavat.
bo’ylab borib, qo’shni Purkin’e hujayralarining tanasi va den-dritlarining pastki tarmoqlari bilan
tutashadi. Miyacha po’stlo-g’idan chiqadigan neyritlar ichki yadrolarda (masalan, nucleus den-tatus
da) tugallanuvchi markazdan yo’naluvchi yagona nerv tola-lari hisoblanadi.
Molekulyar qavatda ikki xil: savatsimon (neuronum corbiferum) ea yulduzsimon (neuronum
siellatum) nerv hujayralari joyla-shadi.
Savatsimon hujayralar mayda (10-12 mkm) hujayralar bo’lib, ular tanasidan ko’p sonli uzun va
nisbatan kam shoxlan-gan dendritlardan tashqari miyacha yuzasida Purkin’e hujayrala-ri
dendritlarining tarmoqlari bilan bir sathda joylashgan uzun nerv tolalari ham chiqadi. Hujayra neyriti
o’zining bu-tun tanasi davomida ganglioz qavatga Purkin’e hujayrasining tanasini savatchaga o’xshab
o’rab oluvchi yon shoxchalarni uzatadi. Savatsimon hujayralarning neyritlari molekulyar qavatdan
tashqariga chiqmaydi.
YUlduzsimon hujayralar savatsimon hujayralardan yuqorida joylashib, ikki xil shaklda bo’ladi.
Mayda yulduzsi-mon hujayralar nozik, kalta dendritlar va sal shoxlangan ney-ritlar bilan
ta’minlangan. Bu neyritlar noksimon hujayralar-ning dendritlarida sinapslarni hosil qiladi. Yirik
yulduzsi-mon hujayralar mayda hujayralardan farq qilib, uzun va kuch-
li shoxlangan dendrit va peyritlarga ega. Bu neyritlarning shox-lari noksimon hujayralarning
dendritlari bilan bog’lanadi. Ularning ba’zilari esa noksimon hujayralarning tanasigacha etib boradi
va savatcha tarkibiga qiradi. Molekulyar qavatning savatsimon va yulduzsimon hujayralari nerv
impul’slarini noksimon hujayralarning dendritlari va tanasiga o’tkazib be-ruvchi qo’shimcha
neyronlarning umumiy sistemaeini tashkil qi-ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |