Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


ORQA MIYA (MEDULLA SPINALIS)



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

ORQA MIYA (MEDULLA SPINALIS) 

Orqa miya ( medulla spinalis ) umurtqa pog’onasi kanali shi-da joylashib, 41-45 sm uzunlikka ega, 

31-32  juft  oldingi  va  shuncha  orqa  shoxlari  bo’ladi.  Orqa  miyaning  oldingi  va  orqa  shox-larining 

o’zaro anatomik va funktcional bog’liq bo’lgan qismlari segmentlar deb ataladi. Birinchi 8 segment 

orqa  miyaning  bo’yin  qismini  tashkil  qiladi.  Ko’krak  bo’limi  12  segmentdan,  bel  va  dumg’aza 

bo’limlari esa har biri 5 ta segmentdan iborat. Oxirgi 1-2 segment dum bo’limini hosil qiladi. 

Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miyaning ko’ndalang kesimida yu q m o d d a ( substantia alba ) va 

uning markazida kapalak shak-lini eslatuvchi kulrang modda ( substantia grisea ) joy-dashgan (107-

rasm). 

Kulrang  moddaning  shakli  orqa  miyaning  turli  bo’limlarida  o’zgaradi.  Orqa  miya  ko’ndalang 

kesimining har bir yarmida ol-dingi ( cornu ventral is ) .va orqa ( cornu dorsalis ) shoxlar, 8-bo’yin 

va 3-bel segmentlari sohasida esa yon shoxlar ( ccrnu Iate-ralis ) tafovut etiladi. 

Orqa miyaning kulrang moddasi nerv hujayralaridan, mie-linsiz va nozik mielinli tolalardan hamda 

neyrogliyadan ibo-rat. Kulrang modda neyritlari orqa miyadan chiqib ketuvchi ol-dingi shoxlardagi 

mul’tipolyar ildizcha hujayrala-ri (neurocytus radicularis), o’simtalari kulrang moddadan chiqmasdan 

sinapslar hosil qilib tugallanuvchi ichki hujay-ralar ( neurocytus internus ) va aksonlari orqa miyaning 

bo-shqa  segmentlari  oq  moddasiga  va  bosh  miyaning  ayrim  joylari  tomon  yo’naluvchi  o’tkazuv 

yo’lini  hosil  qilgan  tutamli  hu-jayralardan  (  neurocytus  funicularis  )  iborat.  SHunday  qilib, 

mul’tipolyar nerv hujayralari kulrang moddaning tar-kibiy qismidir. 

 

107-rasm. Orqa miya (sxema).,^ 



1 - yumshoq parda; 2-orqa mnya oraliq tusig’i; 3 - oq modda. 4 - markaziy nay; 5 - orqa shox; 6  - 

oldingi shox; 7 - mul’tipolyar Oki harakatlantiruvchi nerv hujayralari; 8 -• kul-rang modda, 9 - oldingi 

oraliq yoriq. 

Orqa shoxlar joylashgan erda orqa miyaga periferiyadan turli impul’slar olib keluvchi orqa ildizcha 

kiradi.  Orqa  shox-larda  ta’sirni  o’tkazishga  tegishli  bo’lgan  hujayra  tanalari  joylashgan.  Orqa 

miyaning oldingi shoxlarida esa peri-ferik harakat neyronlarining tanalari bo’lgan  yirik hujayra-lar 

joylashgan. Bu hujayralarning aksonlari oldingi ildizcha-ni hosil qiladi. Oldingi ildizchaning tarkibiga 

tanalari orqa miyaning yon shoxlarida joylashgan vegetativ neyronlarning ak-sonlari ham kiradi. 

SHunday qilib, orqa ildizchalar sezish vazifasini bajaruv-chi nerv tolalari tutamlaridan iborat. Oldingi 



 

165 


ildizchalar aso-san harakatlantiruvchi bo’lib, ularning tarkibiga ham vegetativ 

tolalar kiradi. 

Orqa shoxda g’ovak qavat, jelatinasimon modda, orqa shoxning xususiy yadrosi va dorsal yoki 

Qlark yadrolari farq qilinadi. 

G’ovak qavat glial sinch bo’lib, unda ko’p miqdorda mayda tu-tamli hujayralar bor. 

Jelatinasimon moddada nerv hujayralari kam bo’lib, glio-tcitlar ko’proq bo’ladi. 

Orqa shoxning xususiy yadrosi tutamli hujayralardan iborag bo’lib, ularning aksonlari orqa miyaning 

qarama-qarshi  tomoniga  o’tib,  u  erda  orqa  miya-miyacha  va  orqa  miya-talamik  yo’l  hosil  qi-lib 

miyachaga va ko’ruv do’mboqchasiga qarab ketadn. 

 

108-rasm.  Orqa  miya  mul’tipolyar  nerv  hujayralari.  Kumush  nitryat  tuzi  bilan  im.  prsgpatciya 



qilipgap. 06. 40, ok. 10. 

1 - yadro; 2 - tcntoplazma; 3 - hujayra o’simtalari. 

Dorsal  (Klark)  yadro  yirik  tutamli  neyronlardan  iborat  bo’lib,  ularning  aksonlari  shoxlangan 

dendritlari bilan kulrang moddani kesib o’tib oq modda yon tizimchasiga kiradi va dorsal orqa miya 

- miyacha o’tkazuv yo’li tarkibida miyachaga ko’tariladi <(Fleming yo’li). 

Orqa  miyaning  oraliq  zonasida  medial  va  lateral  ora-liq  yadrolar  joylashadi.  Medial  yadro 

neyronlarining neyrnt--lari ventral orqa miya-miyacha o’tkazuv yo’li tarkibiga kiradi. Lateral yadrolar 

esa yon shoxlarda joylashib assotciativ spmpa-tik neyronlar to’plamidan iborat. Ularning aksonlari 

oldingi ildizchalar tarkibida somatik-harakatlantiruvchi tolalar bi--lan birgalikda orqa miyadan chiqib, 

simpatik ustunning birikti-ruvchi shoxlari tarzida shakllanadi. 

Oldingi shoxda eng yirik mul’tipolyar (100-140 mkm) neyronlar bor (108-rasm). Bu hujayralar yon 

shoxlardagi  yadro-larning  neyronlari  kabi  ildizcha  hujayralar  bo’lib,  ularning  neyritlari  oldingi 

ildizchalar  tolalarining  asosiy  massasini  tashkil  etadi.  YAdrolar  somatomotorlar  markazlaridir. 

Oldingi shoxlarda medial va lateral gruppa harakat neyronlari farq kilinadi. Medial gruppa hujayralar 

tana va umurtqa pog’onasi mushaklarining ishini ta’minlaydi. Lateral g.ruppa hujayra,- 

lari  esa  miyaning  bo’yn  va  bel  sohasidagi  bo’rtmalarda  joylash-gan  bo’lib,  qo’l  hamda  oyoq 

mushaklarini innervatciya qiladi. Fa-oliyati jihatidan barcha xarakat neyronlari yirik va mayda al’fa-

motoneyronlarga  va  gamma-motoneyronlarga  bo’linadi.  yirik  al’fa-motoneyronlar  skelet 

mushaklarining  keskin  qis-qarishini,  mayda  al’fa-motoneyronlar  esa  ularning  tonusini  ta’minlaydi. 

Gamma-motoneyronlarning aksonlari nerv-mushak duklari tarkibiga kirib, mushak tolalarining sekin 

qisqari-shida ishtirok etadi. 

Oq  modda  orqa  miyada  periferik  qismda  joylashib,  mielin  iarda  bilan  o’ralgan  ko’tariluvchi  va 

tushuvchi  nerv  tolalarining  ayrim  ustunchalaridan  iborat.  Orqa  miyaning  har  bir  yarmida  3  tadan 



 

166 


ustunchalar bor: oldingi ustuncha orqa miyaning ol-dingi bo’ylama o’yig’i bilan oldingi shox orasida, 

yon u.stuncha esa oldingi va orqa shoxning orasida, orqa ustuncha esa orqa shox bilai orqa bo’ylama 

egatning orasida joylashgan. 

Orqa miyaning o’tkazuvchi yo’llari orasida orqa miyaning xu-susiy apparati bo’lgan kalta o’tkazuvchi 

yo’llarni (ular orqa  miya-ning  o’z  segmentlari orasidagi aloqani ta’minlaydi) va orqa  miyani  bosh 

miya bilan bog’lovchi uzun o’tkazuvchi yo’llarni farq kilish mumkin. Utkazuvchi yo’llar anatomiya 

kursida batafsil 

bayon etilgan. 

Orqa miya kulrang moddasining asosini neyrogliyaning uzun va qisqa o’simtali astrotcitlari tashkil 

etadi. Oligodendro-tcitlar nerv tolalarining qobig’ini hosil qilishda qatnashadi. Ependimotcitlar esa 

orqa  miya  suyuqligi  oquvchi  kanal  devorini  hosil  qilib,  shu  suyuqlik  miqdori  va  tarkibi  doimiy 

bo’lishini  ta’minlab  turadi.  Mikrogliotcitlar  (makrofaglar)  qon  orqa-li  kirgan  monotcitlar  hisobiga 

hosil bo’lib, kulrang va oq mod-dalarda bir tekisda joylashadi. 

Orqa miyaning qon bilan ta’minlanishi. Orqa miya oldingi va orqa ildizchalar bilan kiradigan ildizcha 

arteriyalar  orqali  qon  bilan  ta’minlanadi.  Oldingi  katta  ildizcha  arteriyalari  orqa  miyaning  oldingi 

yuzasida ko’tariluvchi va tushuvchi tarmoq-larga ajraladi. Oldingi ildizcha arteriyalar orqa miyaning 

4/5 kismini, ya’ni kulrang moddaning oldingi, yon, qisman orqa shox-larini va oq moddaning orqa 

ustunchalaridan tashqari hamma qismlarini qon bilan ta’minlaydi. Orqa shoxlarning medial bo’limlari 

va orqa ustunchalari mayda orqa ildizcha arteriyalar hisobiga qon bilan ta’minlanadi. Orqa miyaning 

shoxlanuvchi arteriyalar sistemasi kapillyar to’r bilan tugallanadi. Bu er-dan qon umurtqa kanalining 

venoz chigallariga quyiladi. Venoz kon esa umurtqa kanalidan ildizcha venalari orqali chiqib ke-tadi. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish