VEGETATIV NERV SISTEMASINING GANGLIYLARI
Vegetativ nerv sistemasining periferik nerv tugunlari or-ganlardan tashqarida (ekstramural) yoki
organlar devorida (in-tramural) joylashishi mumkin. Vegetativ gangliylardan chiqqan nerv tarmoqlari
tarkibida ikki xil tolalar bo’ladi. Ulardan biri gangliylarning o’zida hosil bo’lib, periferiya tomon
yo’na-ladi (postganglionar tolalar), boshqalari esa gan-gliylarni bosh yoki orqa miya bilan bog’laydi
(preganglio-nar tolalar).
Vegetativ nerv sistemasining tarkibiga markaziy neyronlar (preganglionar tolalar ko’rinishidagi
aksonlar bilan birga) va periferik tugunlarda joylashgan periferik neyronlar kiradi. Periferik
neyronlarning aksonlari organ va to’qimalargacha etib borib, ular bilan sinapslarni hosil qiladi.
Preganglio-nar tolalar mielin parda bilan o’ralganligi uchun ularning bog’lovchi tarmoq-larining rangi
oq bo’ladi.
Postganglionar tolalar ingichkaroq bo’lib, ko’p hol-larda ularning mielin qo-big’i bo’lmaydi.
Vegetativ n^rv sistema-sining periferik tugunla-ri ekstramural simpatik (vertebral va paraverte-bral
gangliylar), bosh miya-ning parasimpatik tugun-lari va intramural gang-liylardan iborat.
Oddiy preparatlarda vegetativ gangliylarning tuzilishi umurtqalararo gangliylarga o’xshaydi. Bu
gangliylar ustidan birik-tiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan bo’lib, un-Dan gangliyning ichiga
to’-siqlar kiradi va birikti-ruvchi to’qimali stromani
113-rasm. Vegetativ nerv tuguiinipg tu-
zilishi (sxema).
1 - uzun o’simtali neyron; 2 - akson; 3 - teng o’simtaln neyron; 4 - glnotcitlar (T. N. Radostinadan).
hosil qiladi. Bu stromada nerv hujayralari va nerv tola-lari joylashgan. Bu tugunlar umurtqalararo
gangliylardan farq qilib, turli shakldagi va kattalikdagi mul’tipolyar nerv hujayralaridan iborat (113-
rasm). Vegetativgan-gliylarning neyronlari va ularning o’simtalari gangliotcitlar-dan hosil bo’lgan
qobiq bilan o’ralgan.
Vegetativ nerv sistemasining gangliylarida asosan uch xil neyronlar farq qilinadi: 1. Uzun aksonli
neyronlar yoki I tip Dogel’ hujayralari, ularning o’simtalari bir necha kalta tarmoqli dendritlardan va
gangliydan tashqariga ketuvchi uzun neyritdan iborat.
2. Teng o’simtali neyronlar yoki II tip Dogel’
hujay-ralari. Ptip Dogel’ hujayralarining bir
175
necha teng o’simtalari bo’lib, tuzilishi jihatidan qaysi biri akson ekanligini aniq-lab bo’lmaydi.
Hamma o’simtalar shoxlanmasdan gangliydan tash-qarigl ketadi. I tip hujayralarida parasimpatik
nervlarning pregatnglionar tolalari tugallanadi. SHuning uchun ular bu sis-xemaning reflektor yoyi
tarkibidagi ikkinchi harakatlanti-ruvchi yoki effektor neyronlari hisoblanadi. II tip hujayralar-ni
periferik vegetativ nerv sistemasining sezuvchi yoki affektor elementlariga kiritiladi.
3. III tip hujayralar oraliq yoki assotciativ ney-ronlar hisoblanib, ularning o’siqlari qo’shni tugunlar
ney-ronlarining dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi.
Vegetativ gangliylarning nerv hujayralari orasida ko’p miqdorda mielinli va mielinsiz nerv tolalari
bor. Ularning tarkibida shu gangliy neyronlarining o’simtalari va sinapsla-rini hosil qiluvchi yoki
qo’shni gangliylarga o’tib ketuvchi pre-ganglionar tolalar bo’ladi. Simpatik tugunlarning postganglio-
iar tolalari organlarda sinapslar hosil qilib tugaydi. Bu sinapslar asosan adrenergik, qisman purinergik
tabiatga ega. Parasimpatik gangliylarning postganglionar tolalari a’zolar-da xolinergik sinapslar hosil
qilib yakunlanadi.
Vegetativ tugunlarning tarkibida umurtqalararo gangliy-larning o’tkazuvchi tolalari bor. Intramural
tugunlardagi nerv tolalarining tarmoqlari to’r hosil qilib, bu to’rning halqasida turli kattalikdagi
gangliylar joylashgan. Vegetativ nerv sistemasida chegara tarmog’ining yirik gangliylaridan umurtqa
oldi va qorin bo’shlig’idagi tugunlardan tashqari nerv bo’ylab ko’pgina mayda gangliylar ham
tarqalgan. Ularning eng mayda-lari atigi bir necha hujayralardan tuzilgan. Ko’pincha nerv yo’-lida
yolg’iz nerv hujayralari ham uchraydi.
Me’da-ichak yo’li devorida uch xil intramural chigallar ((shilliq osti qavatida, mushak qavatida va
seroz qavat ostida) joylashgan bo’lib, ular o’ziga xos xususiyatga egadir. Bu chigallar tarkibida
harakatlantiruvchi (xolinergik), tormozlovchi (adren-ergik va purinergik) va a’zolar faoliyatini
boshqaruvchi (pep-tidergik) neyronlar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |