Ko’zlar (oculi) juft organ bo’lib, ko’rish analizatorining periferik qismini tashkil qiladi.
Ko’rish organi ko’z olmasi ( buebus oculi ) va yordamchi appa< ratlar - ko’z mushaklari, qovoq va
parda (sclera) va oldingi ti-niq qism - muguz parda (cornea) dan iborag. Tashqi pardadan so’ng
177
114- rasm. Ko’z burchagi.
1 - muguz parda; 2 - ko’z olmasining oldingi kamerasi: 3 - rangdor qavat; 4 - k?z of
1
™
8
"
1
" «ing orqa
kamerasn; 5 - kuz gavqari; 6 - kiprikli belbor (TCinn boylami);; 7 - shiiasimon tana; 9 - tojsimon
boylach; 10 - kipriksimon tana; a - kiprikli tananing o’simtasi, o ii»>. rikli tana mushagi; U - oqsil
parda (sklera): 12 - qon tomirli qavat; 13 - to’r parda
(V.G. Elnseevdan).
harini o’rab turuvchi kiprikli o’simtalardan tuzilgan ichki b o’ l i m.
Qiprikli tanadan oldinga qarab yoy parda chiqadi. YOy pardaning markazidagi «teshik»ni ko’z
qorachig’i (pipilla) deyiladi.
Tomirli pardaga ichki tomondan pgo’r parda birikib turadi. Bu parda ko’zning orqa qismida ayniqsa
kuchli taraqqiy etib, nur sezish qobiliyatiga ega. To’r pardaning bu qismi ko’ruvch i yoki optik
qis^(rage optica retinae) deb ataladi. To’r parda ancha qalin (05, mm atrofida). To’r pardaning oldingi
qismi kipriksimon tana yaqinida juda yupqalashadi (0,15 mm gacha) va ikki qavatli kubsimon epite-
liydan tuzilgan yupqa pardaga aylanadi. Bu qism to’r pardaning «k o’ r» q i s m i (pars caecae retinae)
deb nomlanadi. «Ko’r» qism o’z navbatida kipriksimon tanani va yoy pardaning orqa yuzasini qoplov-
chi bo’limga ajratiladi. To’r parda optik qismining «ko’r» qismiga o’tish chegarasi arrasimon, notekis
bo’ladi.
Ko’z olmasining ichi bo’shliqdan iborat. Bo’shliqning orqa qismi tiniq yopishqoq massa -
shishasimon tana (corpus vitreumj bilan to’lgan. SHishasimon tananing oldingi botiq yuzasidan ikki
yoqlama qavariq tana - ko’z gavhari (lens) yotadi.
Ko’z gavhari bilan muguz parda orasidagi ko’z olmasi bo’shli-g’ining oldingi qismi suyuq modda (
humor aquaes ) -kamera su-yuqlig’i bilan to’lgan bo’ladi. Ko’z olmasining bo’shlig’i yoy parda
yordamida oldingi bo’lim - ko’zning oldingi kamerasi-ga va orqa bo’lim - ko’zning orqa kamerasiga
bo’li-nadi. Ko’z olmasidan, aniqrog’i, to’r pardasidan ko’ruv nervi (n. opticus) chiqadi.
178
Ko’z olmasida faoliyati jihatidan farq qiluBchi 4 sistema mavjud:
X.Dioptrik yoki nur sindiruzchi sistema - ko’zga tushadigan nurlarni sezuvchi sistemaga etkazib
beradi. Bu jarayonda muguz. parda, ko’z olmasining suyuqligi, ko’z gavhari va shishasimon tana
ishtirok etadi.
2. Akkomodatcion yoki moslovchi sistema - ko’zga tushadigan tasvirlarni juda yaqqol ravishda
sezuvchi sistemaga etkazadi. Bu sistema ko’zning uzoq yoki yaqin masofalardagi tasvirlarni yaq-qol
qabul qilishida eng asosiy rolni o’ynaydi. Akkomodatciya ja-rayonida kiprikli tana, yoy parda, uning
hosilasi bo’lgan ko’z qo-rachig’i va ko’z gavhari ishtirok etadi.
3. Sezuvchi yoki retceptor sistema - to’r pardada joylashgan fotoretceptor va pigment hujayralardan
tashkil topgan.
4. Tayanch, trofik, himoya va harakat sistemasi - tashqi fib-roz tomirli qavatlar, ko’z mushaklari va
bezlardan iborat.
Ko’z taraqqiyoti. Ko’z uch manbadan: oraliq miya devorining bo’rtmasi, ektodermaning teriga oid
varag’i va mezenximadan ho-sil bo’ladi. Ko’z kurtaklari embrion taraqqiyotining 3-haftasida oldingi
miya pufagi yon devorining pastki qismidan ikkita bo’rt-ma shaklida paydo bo’ladi. Bu bo’rtmalar
ko’z pufaklari deb ata-lib, dastlab oraliq miya bo’shlig’i bilan tutashib turadi. Keyin-chalik, ko’z
pufakchalarini oraliq miya bilan tutashtiruvchi qism torayib, ingichka kanalga aylanadi va ko’z
pufagining oyoqchasini: tashkil etadi.
Ko’z pufakchalari paydo bo’lishi bilan ayni bir vaqtda ko’z: pufagi sirtiga yondoshgan ektodermada
murakkab jarayonlar so-dir bo’lib, ko’z gavharining hosil bo’lishiga olib keladi. Ekto-dermaning bu
qismida hujayralar ko’paya boshlaydi va natijada-ektoderma qalinlashib, ko’z gavhari kurtagini hosil
qiladi. Bu
kurtak asta-sekin kattalashib ektodermal cho’ntak shaklida ko’z pufagiga botib kirib, uning devorini
ikki qavatdan iborat qadahsimon tuzilmaga aylantiradi.
Ko’z gavhari cho’ntagining tashqi tomoni qo’shilib gavhar pu-fakchasiga aylanadi va bu pufakcha
ektodermadan ajraladi. Ko’z pufagining devoridan hosil bo’lgan qadahsimon tuzilmaning ich-ki
yuzasi bilan gavhar orasiga mezenxima o’sib kiradi.
Qadahsimon tuzilmaning ichki varag’idan to’r parda, tashqi varag’idan esa pigmentli epiteliy deb
ataluvchi to’r pardaning yuza epiteliysi vujudga keladi. Ichki varaq neyroblastlari ta-komillanib,
ulardan tayoqcha va kolbachalar shaklidagi fotore-tceptor hujayralar va to’r pardaning boshqa
neyronlari hosil bo’ladi. Ko’z qadahining oyoqchasiga to’r pardadan nerv tolalari o’sib kirishi
natijasida u ko’rish nerviga aylanadi.
Ektodermadan ajralib chiqqan gavhar pufakchasi sirtdan kapsula bilan o’ralgan. Dastlab pufakcha
devori prizmatik epi-teliydan tuzilib, bo’shlig’i suyuqliq bilan to’lgan. Qeyinchalik, oldingi devorning
hujayralari bir oz yassilashib gavharning kubsimon epiteliysiga aylanadi, orqa devor hujayralari esa
cho’zilib, gavhar prizmalari yoki tolalariga aylanadi.
Gavharning keyingi o’sishi uning ekvatoridagi hujayralari ko’payishi hisobiga yuz beradi. Dastlab,
hosil bo’lgan gavhar to-lalari gavhar pufakchasi ichiga do’mboqcha shaklida bo’rtib chiqib, gavhar
yadrosini hosil qiladi. YAdroga esa gavhar ekvatorida ho-sil bo’ladigan yangidan-yangi tolalar qat-
qat bo’lib tiklanadi. Gavhar tolalari uning bo’shlig’ini asta-sekin to’ldiradi va gav-har zich kompakt
tanachaga aylanadi.
Ko’z olmasining orqa bo’limidagi mezenxima shishasimon tana-ga (corpus vitreum) aylanadi. Ko’z
olmasining qolgan pardalari (tomirli va oqsil parda) uning yuzasini qoplovchi mezenximadan
rivojlanadi. Ko’z olmasi oldingi bo’limining mezenximasi dast-lab shu bo’lim bo’shlig’ini batamom
to’ldirib turadi. Keyin unda ayrim mayda bo’shliqlar paido bo’ladi va ularning qo’shi-lishidan ko’z
kamerasi hosil bo’ladi. Bu bo’shliqqa yoy parda o’sib kirib, uni oldingi va orqa ko’z kameralariga
ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: