Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

 


 

179 


KUZ TUZILISHI 

Tashqi fibroz qavat (tunica fibrosa bulbi). Bu qavat ko’z olmasi-ning asosiy qismini qoplovchi sklera 

va muguz pardadan iborat. 

Sklera ( sclera yoki oqsil parda) ko’zning eng qalin va zich pardasi bo’lib, ko’zning orqa qutbida qalin 

- 1 mm ga etadi. Ko’z ekvatoriga yaqinlashganda u yupqalashadi (0,4-0,3 mm), ammo muguz pardaga 

yaqinlashgach  yana  qalinlashib,  0,6  mm  ga  etadi.  Sklera  zich  biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan, 

undagi kollagen tolalar bir-biri bilan chirmashib, asosan 2 xil-ekvatorial va meridional yo’nalishda 

yotadi. Qollagen tolalar orasidagi aso-siy modda o’z tarkibida ko’p miqdorda mukoid moddalar tutishi 

bilan farq qiladi. Kollagen tolalar bilan yonma-yon elastik to- 

lalar ham joylashadi. Ular ayniqsa to’rsimon plastinkada va ko’z mushaklari yopishgan joylarda ko’p 

bo’ladi.  Sklera  tolalari  orasida  yassilashgan  fibrotcitlar  joylashadi.  Bu  hujayralar  tcitoplazmasida 

skleraga rang beruvchi pigment donachalari ham-ma vaqt uchraydi. Qarilikda bu hujayralarda yog’ 

tomchilari  paydo  bo’lib,  qariyalar  sklerasiga  sarg’ish  rang  beradi.  Sklera-ning  ko’rish  nervi 

chiqadigan joyi atrofidagi chuqur qatlamlar-da ko’p miqdorda melanotcitlar joylashadi. Sklerada qon 

tomir-lar  juda  kam.  Sklerani  oziqlantiruvchi  arteriyalar  uning  eng  yuza  qatlamlaridagina  mayda 

arteriyalar va kapillyarlar to’rini hosil qiladi. 

Skleraning ichki qatlamida qon tomirlar mutlaqo bo’lmaydi. Skleradagi kollagen tolalarning tutamlari 

orasida nerv tola-lari va nerv oxirlari kuzatiladi. Sklera episkleral to’qima bilan zich bog’langan. Bu 

to’qima  qon  tomirlarga  boy  g’ovak  birik-tiruvchi  to’qimadan  iborat  bo’lib,  ko’z  chuqurchasini 

to’ldirib tu-radi va ko’z olmasining harakatchanligini ta’minlaydi. Ko’» sklerasining muguz pardaga 

o’tish  joyida  har  xil  shaklli,  tar-moqlangan  bo’shliqlar  (yiriqlar)  mavjud,  ular  o’zaro  qo’shilib-

skleraning  venoz  sinusini  yoki  SHlem  kanalini  hosil  qiladi.  Bu  tuzilmalar  ko’z  oldingi  va  orqa 

kamerasida joylashgan suyuqliq. harakatida ahamiyatga ega bo’lib, oldingi kameradan suyuqliq-ning 

venoz sinusiga oqishini ta’minlab beradi. Ko’zning mugue va yoy parda chegarasida qirrali bog’lam 

joylashgan. Ko’zning shu burchagi uning suyuqlig’ining aylanishida muhim rol’ o’ynaydi. 

Sklera to’qimasi nihoyatda zich va mustahkam bo’lgani sababli uni ko’zning  «skelet» pardasi deb 

ham hisoblash mumkin. 

Muguz  parda  (cornea).  Uning  qalinligi  markazda  0,8-0,9  mm,  chekka  qismlarida  esa  2,1  mm  dan 

ko’proq bo’ladi. Parda tiniq. bo’lib, nur sindirish ko’rsatkichi 1,3-1,4 ga tengdir. Muguz par-dada 5 

qavat  farq  qilinadi:  1.)  oldiigi  yoki  tashqi  epiteliy;  2)  oldingi  yoki  tashqi  chegaralovchi  plastinka 

(Boumen  membra-nasi);  3)  muguz  pardaning  xususiy  moddasi;  4)  orqa  yoki  ichki  che-garalovchi 

plastinka (destcemet pardasi); 5) muguz pardaning orqa epiteliysi (115-rasm). 

Muguz pardaning oldingi yuzasini qoplovchi epi-teliy (epithelium anterius ) 4-5 qavatdan iborat tipik 

ko’p  qavatli  muguzlanmaydigan  yassi  epiteliydir.  Bu  epiteliyning  bazal  qatlami  ko’payish 

xususiyatiga  ega,  cho’qqisi  yumaloqlashgan^  baland  tcilindrik  shakldagi  hujayralardan  iborat.  Bu 

hujay-ralar  oval  shakldagi  yadrolari,  odatda,  epiteliy  yuzasiga  nisba-tan  perpendikulyar  holatda 

joylashadi. Bazal qavat ustidagi hujayralar ko’p burchakli, qirrali bo’lib, yumaloq yadrosi hujay^ ra 

markazida  yotadi.  YUza  qatlamlarda  hujayralar  yassilana  borib,  kesmalarda  uzun  ingichka  do’ng 

shaklida  ko’rinadi,  Ular-ning  oval  yadrolari  epiteliy  yuzasiga  nisbatan  parallel  joy-lashgan. 

Muguzlanuvchi  hujayralar  epiteliyda  mutlaqo  bo’lmay-di.  Ulayotgan  hujayralar  ko’z  yoshi  bilan 

yuvilib tushadi. Ular-ning o’rnini ichki qatlam hujayralari to’ldirib turadi. Epite- 

Оliy  nerv  oxirlariga  juda  boy  bo’lib,  shu  tufayli  turli  ta’si-rotlarga  sezgirdir.  Bundan  tashqari,  u 

o’tkazuvchanlik va yuqori darajada regeneratciya qobiliyatlariga ega. 

Oldingi  chegaralovchi  plaschinka"-Boumen  membranasi  {lamina  Hmitans  anterior)  oddiy 

'mikroskopda mutlaqo gomogen (bir xil) tuyuladi. Elektron mikroskopda esa bu bazal membrananing 

tu-zilishi  fibrillyar  bo’lib,  uning  bir-biriga  chirmash-an  nozik  kollagen  tolalardan  iborat  'ekanini 

ko’rish  mumkin.  Elastik  tolalar  bo’lmay-di.  Bazal  membrananing  tashqi  yuzasi  notekis  bo’lib, 

epiteliyning kambial hujayralari botib turadigan chuqupchalar borlr1gini ko’rish mumkin. 

Muguz  pardaning  xususiy  moddasi  (substantia 

propria  cornae)  zich  biriktiruvchi  to’qimadan 




 

180 


iborat bo’lib, uning fibrillari zich plastinkalarni hosil qiladi. 

Elektron mikroskopda qaralganda har bir plastinka paral-

lel joylashgan kollagen fibrillalar tutamlaridan ibo-at eka-

nini  ko’rish  mumkin.  Fibrillalar  va  plastinkalar  orasida 

yopish- 

tiruvchi 

asosiy 

modda 


joylashadi. 

Qo’shni 


plastinkalardagi  tu-tamlarning  yo’nalishi  har  xil  bo’lsa 

ham, har bir plastinkalardz tutamlar bir tomonga yo’nalib, 

muguz pardaning optik bir jins-ligini ta’minlaydi. Asosiy 

yoki  amorf  modda  glikozaminogli-kanlarga,  xususan 

keratinsul’fatlarga  juda  boy  bo’lib,  ular-ning  ko’pligi 

muguz  parda  moddasining  tiniqligini  ta’minlay-di. 

Plastinkalar  orasida  bir-biri  bilan  tutashgan  yiriqlar  sis~ 

temasi bo’lib, ularda fibroblastlar turiga kiruvchi hujayra-

lar  joylashadi.  Muguz  parda  xususiy  moddasida  qon 

tomirlar  bo’lmasligi  uning  o’ziga  xos  xususiyatidir.  Bu 

erda  juda  ko’p  nerv  oxirlari  joylashib,  ular  muguz 

pardaning yuqori sezuvchan-ligini ta’minlaydi. 

Orqa  chegaralovchi plastinka (lamina  Iimitans posterior) 

qalin tiniq  qatlam  bo’lib, Boumen  membranasi singari u 

ham oddiy: mikroskopda bir jinsli bo’lib ko’rinadi. Ammo 

elektron mikroskop-da uning asosiy modda bilan o’ralgan 

ingichka, ma’lum tartibda yo’-nalgan kollagen tolalardan 

tuzilganligi  ko’rinadi.  Orqa  epite-liy  yoki  oldingi  ko’z 

kamerasining  «endoteliysi»  (epithelium  posterius)  bir 

qavat  joylashgan  poligonal  hujayralardan  iborat  bo’lib, 

yadrosi  turlicha  shaklda  bo’lishi  (yumaloq,  ovalsimon, 

loviyasimon) mumkin. Bu hujayralarni gliyadan taraqqiy 

etadi  deb  ham  hisoblashadi.  Epiteliy  muguz  pardadan 

taroqsimon boglamga va yoy pardaning oldingi yuzasiga 

o’tadi. 

Muguz  parda  ikkita  asosiy  funktciyani  bajaradi.  U 

ko’zning  nur  sindiruvchi  muhitidir.  SHuningdek,  u 

himoya vazifasini ham o’taydi. Muguz parda qon tomirlari 

yo’qligi  tufayli  ko’zning  ol-dingi  kamerasi  suyuqligi 

hisobiga diffuziya yo’li bilan oziq-lanadi. Ba’zi bir kasalliklarda muguz parda xiralashadk («ko’zga 

oq tushadi»). Bu holatlarda u olib tashlanib, o’rniga donor muguz pardasi o’tqaziladi. 

Ko’z olmasining o’rta yoki tomirli pardasi (tunica vasculosa bulbi). Bu parda sklera bilan to’r parda 

orasida joylashadi. Unda orqadan oldinga qarab quyidagi uch bo’lim: xususiy tomirli parda, kiprikli 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish