PARDALI LABIRINTNING VESTIBULYAR QISMI
Muvozanat organi yumaloq qopcha va bachadonda joylashgan ikkita eshituv dog’i va yarim aylana
kanalchalarining ampulala-rida joylashgan uchta eshituv qirralari (tojlar) dap tashkil topgan.
Faqat shu joylardagina sezuv hujayralari joylashib, ular dahliz nervining tarmoqlari bilap sinapslar
hosil kiladi. Parda xaltachalari va yarim aylana kanalchalarning qolgan barcha qismlarining devori
ancha oddiy tuzilgan; ularning aso-sini zich biriktiruvchi to’qima, bazal membrana va zpitslial qoplam
tashkil qiladi. Biriktiruvchi to’qima kollagen tolala-rining zich tutamlaridan iborat bo’lib, bunday
tolalar parda-ni suyak usti pardasi bilan ham tutashtiradi. Tolalar orasnda-gi katakchalarda perilimfa
oqadi. Bu biriktiruvchi to’qimali parda ustida shishasimon bazal membrana yotadi. Bazal membra-na
bir qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Biriktiruvchi to’qima pardaning suyakka qaragan tashqi
yuzasi esa yassi endote-liysimon hujayralar bilan qoplangan.
Eshituv qirralari (cristae amullaris). Ampulalarda ichki bur-malar joylashib, ularda sezuvchi epiteliy
yotadi. Bu epiteliy ikki, hatto uch qatorli bo’lib ko’rinadi (122-rasm). Bu erda ikki xil hujayralar -
tayanch va sezuvchi hujayralar bo’ladi. Tayanch hujayralarning (epitheliocyti sustentantes) tub qismi
keng bo’lib, shu erda to’q bo’yaluvchi yadro tutadi. Hujayralarning asosi bazal membranada yotadi,
cho’ziq tanasi esa epiteliyning yuzasigacha etadi. Bu hujayralarning tcitoplazmasida tayanch
fibrillalar, ko’pgina mitoxondriyalar va hujayra cho’qqisida juda ko’p ingichka tcitoplazmatik
mikrovorsinkalar bo’ladi.
Sezuvchi tukli yoki retceptor hujayralar (cellulae
sensoriae pilosae) ko’zachalar va tcilindr
198
shaklida bo’-lib, ularning tolachalarga boy cho’qqilari bevosita labirint bo’shlig’iga qaragan. Ular o’z
shakllari bo’yicha ikki tipga bo’li-nadi.
122- rasm. Eshituv qirrasining tuzilishsh (sxema).
1 - chegara gumbazgning dnrildsq moddasi; 2 -•-tuklar; 3 - sezuvchi tukli hujayralar; 4 - nerv
oxirlari:
s
.-mag’izli nerv tolalarn; 6- tayanch xun
zpiteliysi; 8 -bazal mechbrana ( Kol’-merchan).
Birinchi tipdagi hujayra-larning tubi keng, yumaloq bo’lib, bu ularga ko’zasimon shaklni beradi. Nerv
oxirla-ri ularning atrofida kosa shaklida g’ilof hosil qiladi. Bu o’ziga xos sinapsdir. Re-tceptor
hujayralarning yaxshi ifodalangan qobiqlari bo’-lib, ularning tashqi yuzasi kutikulaga ega. Bundan
uzun-ligi 40 mkm ga yaqin o’zaro yopishgan, harakatsiz 60-80 ta tukchalar va yagona harakat-
lantiruvchi tuk - kinotciliya chiqadi. Har bir tukchada 9 ta periferik va ikkita marka-ziy ipcha bo’ladi.
Ipchalar hujayra tcitoplazmasidagi bazal tanachadan boshlanadi. Bu hujayralar tcitoplazma-sida
mitoxondriyalar, keng tcisternalar hosil qiluvchi endoplazmatik to’r kuzati-ladi.
Ikkinchi tipdagi hujay-ralar tcilindr shaklida bo’-lib, o’z tuzilishi bo’yicha bi-rinchi tipdagi hujayralar-
dan unchalik farq qilmasa-da, unda nerv oxirlari kam-roq. Retceptor hujayralar-ning sinapslari
sohasida atcetilxolinesterazaning ak-tivligi juda yuqori bo’lib, bu eshituv qirralari va dog’-larida nerv
impul’slarini o’tkazish atcetilxolin media-tori yordamida amalga oshi-rilishidan darak beradi.
CHegaralovchi gumbaz (cupula gielatinosa) deb ataluvchi maxsus dirildoq tiniq tana kalpoqsimon
holatda eshituv qirrasining yuzasida joylashadi. O’ning uzunligi 1 mm bo’lib, cho’qqisi ampulaning
ichki yuzasigacha etadi. Gumbaz moddasida retceptor hujayralarning tuklari yotadi.
Eshituv qirralarining funktcional ahamiyati shundan iborat-ki, boshning harakatida yoki butun
tananing tezlanuvchi aylani-SHida chegaralovchi gumbaz o’z holatini engil o’zgartiradi. Endo-limfa
199
harakati ta’sirida tebranib, bu gumbaz tukli hujayra-
123-rasm. Eshituv dsg’ining tuzil;shsh (:xema).
I -tayanch hujaPraler; '_'- tukli ^ujayozler; a-tukltr: 3- ner i o\ipiiDi: I - Mlpu li nerv To.
T
>acii; 5 -
dprild')q^otelig mechbrena: 6 - ot^l^tllr; 7-bazal mechZrene; 3 - qon
tomnr (Kal’myordan).
larni qitiqlaydi. Bularning qo’zg’alishi esa tana holati va ko’z mushaklari harakatini tartibga soluvchi
tegishli mushaklarning reflektor javobini yuzaga keltiradi.
Eshituv dsg’lari '(macula sacculi et masula utericuli). Eishtuv deg’la-ri eshituv qirralariga o’xshash
tuzilishga ega. Ularda ham ikki turli: sezuvchi tukln (retceptor) va tayanch hu-jayralar joylashgan.
Tayanch hujayralar yuqorida ko’rsatilgan tuzi-lishga ega. Sezuvchi hujayralar aynan yuqoridagidek
ikki tipga bo’li-nadi (123-rasm). Bu hujayralar ham zshituv kirrasidagi hujayralar tipida tuzilgan.
Ammo sezuvchi tukli hujayralarning tukchalari bu erda birmuncha kaltaroqdir. Eshituv dog’lari
epiteliysininr yuzasi maxsus ingichka tolali dirildoq membrana bilan qoplanib, unda kal’tciy
karbonatdan ibzrat kristallar - otolitlar yoki etato-koniylar (statoconiae) joylashadi. Otolit myombrana
(membrana stata-coniorum) ichiga sezuvchi hujayralarning tuklari botib kiradi. Ogolitlar boshning
turli harakatlarida qo’zg’alib, sezuzchi hujayra-larning tuklarini siljitadi va ularni qitiqlaydi. Tukli
hujay-ralarning qitiqlanishi bu erdagi fermentlar akt^vligining oshishi yoki kamayishiga olib keladi.
Sinapslardzn qo’zg’alish vesgibulyar nerv orqali analizatorning tegishli markaziy kismlariga
uzatiladi.
Bachadonchaning eshituv dog’i tana holatining fazodagi o’zga-rishi bilan bog’litc bo’lgan
ta’sirotlarni qabul qiladi. YUma-loq qopchaning eshituv dog’i, bundan tashqari, vibratcion tebra-
nishlarni ham qabul qiladn.
HID BILISH ORGANI
Hid bilish organinnng (organum olfactus) taraqqiyoti ko’z qadahining taraqqiyotiga o’xshab, nerv
sistemasi bilan uzviy bog’liqdir. Hid bilish organining kurtaklari nerv plastinkasi-ning oldingi
chekkasida bir"juft hidlov chuqurchalari shaklida bo’ladi. Bu kurtaklar yuqorigi va o’rta burun
chig’anoqlariga to-mon siljiydi. Hidlov chuqurchasining elementlari embrion ta-raqqiyotining 4-
oyiga kelib neyroglial va neyrosensor (hidlov) hujayralarga aylanadi.
Hid bilish organining tuzilishi. Hid bilish organining se-zuvchi yuzasi burun bo’shlig’ining shilliq
pardasida joylashgan. Ma’lumki, burun bo’shlig’ida uch qism: dahliz, respirator va hidlov qismlari
farq qilinadi..
Hidlov qism burun bo’shlig’ining eng yuqori bo’limlarinn, ya’ni yuqori chig’anoqni, o’rta
chig’anoqning yuqori qismini, burun to’sig’ining yuqori va orqa bo’limlarini egallaydi. Hidlov soha-
sining shilliq pardasi silliq yuzaga ega- bo’lib, respirator qismdan sarg’imtir tusi bilan ajralib turadi.
200
U epiteliysi-mon va xususiy qavatlardan iborat.
Hidlov sohasida epiteliysimon qoplam (hidlov epiteliysi) baland (60-90 mkm) bo’lib, ko’p qatorli
tcilindr shakliga ega. Bu qoplam ikki xil hujayra: tayanch va sezuvchi hidlov (n e y r o s e n s o r)
hujayralaridan iborat (124-rasm). Ular xususiy biriktiruvchi to’qimali qavatdan bazal membrana bilan
ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |