TASHQI QULOQ
Tashqi quloq nog’ora parda, tashqi eshituv yo’li va quloq suprasidan iborat. Nogora parda shakli
oval, bir oz botiq bo’-ladi. Eshituv suyakchalaridan biri - bolg’acha o’z dastasi yordami-da nog’ora
pardaning ichki yuzasiga yopishadi. Bolg’achadan nog’ora pardaga qon tomirlar va nervlar o’tadi.
Nog’ora parda zich fib-roz to’qimadan tuzilib, pardaning tashqi qatlamlaridan kolla-ten tolalar radial
191
yo’nalishga, ichki qatlamlarida esa tcirkulyar yo’nalishga ega bo’ladi. Pardaning har ikkala yuzasi
ham mutlaqo tekisdnr. Elastik tolalar nog’ora pardaning periferiyasida va markazida uchraydi.
Nog’ora pardaning ichki yuzasi qalinligi 20-30 mkm yupqa shilliq parda bilan qoplantan. SHilliq
parda
epiteliysi bir qavatli kubsimon bo’ladi. Nog’ora pardaning tash-^i yuzasi tashqi quloqning qalinligi
50-60 mkm bo’lgan teri epidermisidan iborat.
Tashqi quloq nayining tog’ay qismi elastik tog’aydan tuzil-gan. U quloq suprasidan boshlanuvchi teri
bilan qoplangan. Bu erdagi teri umuman tananing boshqa qismlaridagi teri kabi tu-zilgan. Nay tog’ay
qismining terisida ingichka tukchalar bo’lkb, ularning sumkasiga yirik yog’ bezlari ochiladi. YOg’
bezlaridan chuqurroqda oltingugurtga boy sekret ishlovchi bezlar (glandulae ceruminosa ) joylashadi.
Bu bezlar o’zgargan ter bezlari bo’-lib, oltingugurt tutgan quloq sarig’ini ishlab chiqaradi. Quloq
sarig’i esa o’z tarkibida yog’lar va oltingugurt saqlovchi va eshi-tuv nayini ho’llab turuvchi sarg’imtir
suyuqlikdir.
Quloq suprasi teri bilan qoplangan elastik tog’ayli yuqa plastinkadan iborat. Ko’p qavatli yassi epiteliy
yuzasida oz miqdorda ingichka tuklar mavjud. Supra terisida yog’ bezlari-ning chiqaruv yo’llari va
kam miqdorda ter bezlari uchraydi.
URTA QULOQ
Urta quloq nog’ora bo’shliq, eshituv suyakchalari va eshituv naychasidan iborat (119-rasm ga q). Urta
quloq bo’shlig’i - n o g’ o-ra bo’shliq chakka suyagida joylashib, ichi havo bilan to’lgan. Uning
devori, eshituv suyakchalari va nog’ora pardaning ichki yuza-si shilliq parda bilan qoplangan. Bu
parda periost bilan zich birlashib ketgan yupqa biriktiruvchi to’qima qatlamidan va bir qavat
kubsimon yoki tcilindrsimon epiteliydan tuzilgan. Nog’o-ra bo’shliqning medial devorida 2 ta teshik
yoki» «darcha» bor. Birinchisi oval «darcha» bo’lib, unga uzangi suyakchasining asosi porshen’
shaklida kirib turadi. Bu darcha nog’ora bo’shliqni chi-g’anoqning dahliz (vestibulyar) narvonidan
ajratadi. Ikkinchi-si aylana darcha bo’lib, u tolali parda bilan yopilgan. Bu darcha nog’ora bo’shliqni
nog’ora narvondan ajratadi.
Epiteliy ba’zi joylarda (nog’ora parda chekkasida, Evstaxiy naychasi teshigi og’zida) hilpillovchi
hujayralardan iborat. SHilliq pardada odatda bezlar kuzatilmaydi. Urta quloqdan burun-halqum
bo’shlig’iga diametri 1-2 mm bo’lgan eshituv n a y ch a s i ( tuba auditiva seu Eustachi) yo’naladi. Bu
suyak-to-g’ayli naycha bo’lib, suyak qismining shilliq pardasi tuzilishi bo’yicha nog’ora
bo’shlig’ining shilliq pardasiga o’xshash va ko’p qa-torli hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. Tog’ay
qismida shilliq osti pardasi ham farq qilinadi. Epiteliy ko’p qatorli hilpillovchi bo’lib, unda
qadahsimon hujayralar uchraydi. Lim-fotcitlarga boy xususiy pardada shilliq bezlar joylashgan. Ev-
staxiy naychasi devorining tog’ayi o’ziga xos tuzilishga ega bo’-lib, gialin, elastik va tolali
tog’aylarning aralash manzarasi-ni hosil qiladi. Naycha orqali nog’ora bo’shliqdagi havoning bosimi
muayyan darajada saqlanishi ta’minlanadi. Naychaning
xalqumga qaragan teshigi oldida shilliq parda limfoid fol-likullarga boy bo’lib, nay murtagini hosil
qiladi.
Urta quloqda uchta eshituv suyakchalari- bolg’acha, san-doncha va uzangicha bor. Bu suyaklar
sistemasi bolg’achaning sopi yordamida nog’ora pardaga tutashadi, uzangicha esa ichki quloqning
oval darchasiga kirib turadi. SHu tufayli nog’ora pardaning teb-ranishi ichki quloq suyuqlig’iga
uzatiladi.
ichki
QULOQ
Ichki quloq chekka suyagining tag qismida joylashgan suyak labirintini hosil ^luvchii suyak
bo’shliqlari sistemasidan ibo-rat (119-rasm ga q.). Bu suyak labirinti ichida parda labirinti joylashib,
suyak labirint devoridan perilimfa deb ataluvchi suyuqliq yordamida ajralib turadi. Parda labirint
ichida endo-limfa joylashadi. Endolimfa tutuvchi bo’shliq perilimfa tutuv-chi bo’shliq bilan
tutashmaydi.
192
Suyak labirintida dahliz, uch/pa yarim aylana kanal va suyak chig’a-nog’i tafovut qilinadi. Dahliz
(vestibulium) o’rta quloqqa yondoshgan kichkinagina suyak bo’shlig’i bo’lib, u nog’ora bo’shlig’idan
oval darchani (foramen ovale) berkitib turuvchi nozik parda yordamida ajraladi.
YArim aylana kanallar uchta yoysimon bo’shliqdan iborat bo’lib, ular o’zaro perpendikulyar
yo’nalishda yotadi. Ularning uchlari beshta teshik tarzida dahliz bo’shlig’iga ochiladi. SHu bilan bir-
ga har bir yarim aylana kanalning oyoqchalaridan birida kengay-ma - yarim aylana kanalining
ampulasi joylashadi.
Suyak chig’anog’i o’z atrofida spiral shaklida 2,5 marta aylanuvchi suyak kanalidan iborat: Suyak
chig’anog’ining bo’shlig’i spiral plastinka (lamina spiralis ossea) yordamida ikki qavapa bo’linadi.
Ammo spiral plastinka chig’anoqning tashqi devoriga va uchiga etib bormasligi sa-babli, bu erda ham
ikkala qavat o’zaro tutashadi.
YUqorida kayd qilinganidek, suyak labiritida undan perilimfa vos itasi bilan ajralib turuvchi parda
labirint joylashadi. Parda labi-rintida dahlizda joylashgan yumaloq K,on4a(sacculus)Ba elipssimon
xal-tacha yoki bachadoncha (utericulus), uchta yarim aylana kanal
EE
chig’anoqning parda qismi
parda qismi farq qilinadi. Sacullus va utericulus o’zaro ductus 1Yepsi1ozasi1ap5yordamidatutashadi.
Bu naychaning o’rta qismidan ductus endoIymphaticus6oimiaHaflH. Bu yo’l oxiri berk endolimfa
qopchasi tarzida tugaydi. Bachadoncha yarim aylana kanallarning parda qismi hosil qilgan
kengaymalar yoki ampulalar bilan tutashib turadi. Am-pulalar devorining ichki yuzasida eshituv
qirralari (cristae am-pularis), qopcha va bachadonchalarda esa eshituv dog’lari (maculae acusticae)
joylashadi. Eshituv dog’lari va eshituv qirralari muvoza-nat organlari hisoblanadi. YUmaloq qopcha
tor kanalcha yordamida chi-g’anoqning parda kanaliga tutashadi.
Eshituv va muvozanat organining taraqqiyoti. Embrional hayot-ning uchinchi haftasida miyaning orqa
pufagi atrofidagi birynchi jabra yirig’i sohasida ektoderma bir oz qalinlashadi. Tezda bu qalinlashgan
joy eshituv chuqurchasiga aylanib, bu chuqurcha ychka-
riga botadi va uning chekkalari keyinchalik qo’shilib ketadi. Na-tijada eshituv chuqurchasi berk
eshituv pufakchasiga aylanadi. Eshituv pufakchalari ektodermadan ajralib, kalta tasma yorda-mida
cho’zinchoq miya bilan tutashadi. Bu tasma eshituv nervi va eshituv gangliysining kurtagi bo’lib
xizmat qiladi. Eshituv gangliylarining neyroblastlari o’simtalar hosil qiladi. Mar-kaziy o’simtalar
miyaga qarab o’sib eshituv nervini hosil qila- . di, periferik o’simtalar esa eshituv pufakchalari
devorida ri-vojlanayotgan sezuvchi hujayralarga yaqinlashib, ularning tanasidagi tugmasimon
kengaymalar shaklida tugaydi.
Embrional taraqqiyotning to’rtinchi haftasidan boshlab, eshi-tuv pufagi asta-sekin murakkab labirint
shakliga kira boshlay-di. Dastavval eshituv pufagining devori yuqoriga yo’nalgan bo’rt-mani hosil
qiladi. Eshituv pufagining o’zi esa, bir oz pastdan yuqoriga cho’ziladi va ductus endolumphaticus
sohasidagi burma yordamida pastki va yuqorigi qismlarga bo’linadi. YUqorigi qism ellipssimon
xaltacha yoki bachadonchani va yarim aylana kanal-larni hosil qiladi. Eshituv pufakchasining pastki
qismidan yumaloq qopcha va u bilan bog’liq bo’lgan chig’anoq kanali hosil bo’ladi. YUqorigi
qismdan dastavval yarim aylana kanallar pay-do bo’ladi. Umumiy kurtakdan taraqqiy etgani sababli
vertikal kanallar o’zaro tutashish joyida umumiy kanal hosil qiladi va kanal ellipssimon
bachadonchaga ochiladi. Ampulalar yarim ay-lana kanallar oyoqchalarining kengayish yo’li bilan
hosil bo’ladi.
Eshituv pufagi yuqorigi bo’limining yarim aylana kanallarga sarf bo’lmagan qismidan ellipsimon
xalgacha hosil bo’ladi. YArim aylana kanalchalarga ega bo’lgan bu bachadoncha eshituv pufagining
pastki qis-midan asta chuqurlashib boruvchi burma yordamida ajrala boradi m nihoyat u bilan faqat
ductus uterico - sacculus vositasida tutashadi.
Eshituv pufagining pastki bo’limida ikkinchi egat hosil bo’-lib, u asta-sekin chuqurlashadi va
rivojlanib kelayotgan chig’anoq kanalini pufakcha pastki bo’liminini qolgan qismidan ajrata-di.
Qolgan qismidan yumaloq qopcha hosil bo’lib, u cho’zilib ke-layotgan chig’anoq kanali bilan
tutashadi. Bu kanal spiral singa-ri 2,5 marta
buraladi.
193
Pufakchaning shakli o’zgarishi bilan birga uning hujayralari tayanch va sezuvchi (yoki retceptor)
hujayralarga differentciallashadi. Ayni vaqtda, eshituv nervining gangliysi eshituv pufagining ikki
bo’li-miga differentciallashuvi sababli ikki chig’anoq va dahliz gangliy-lariga (g. cochlearis et g.
vestibularis) bo’linadi.
Suyak labirint esa ichki quloq kurtagini o’rab turuvchi mezen-ximadan hosil bo’ladi. Ushbu kurtakka
bevosita tutashuvchi me-zenxima qatlamlari parda labirint devorining biriktiruvchi to’qima qismini
hosil qiladi. Parda labirintdan uzoqroq joy-lashgan mezenxima qavatlari avval tog’ay, keyin esa suyak
labi-rintini hosil qiladi. Suyak labirintida, nog’ora bo’shliqqa qa-ragan yuzada parda bilan yopilgan
ikkita teshik - oval va yumaloq darchalar hosil bo’ladi.
CHig’anoqning markaziy qismida uning o’zagi - modulus hosil bo’-lib, bundan suyak chig’anoq
ichiga dastlab fibr z plastinka o’sib kira-di. Plastinkaning ichki qismi spiral suyak plastinkaga
aylanadi. Buning natijasida parda kanal tashqi tomonga suriladi va uning tashqi devori bu erdagi
spnral bog’lamni hosil qiluvchi suyak ust pardasi bilan birlashib ketadi. Vujudga kelgan perilimfatik
bo’sh-liqlar dahliz narvonini (scala vestibuli) va nog’ora narvonini (scala tympani) hosil qiladi.
Urta quloq (nog’ora bo’shliq) va undan boshlanuvchi Evstaxiy naychasi birinchi jabra yirig’idan hosil
bo’ladi. Nog’ora parda birinchi jabra yirig’ini berkituvchi pardasidan va shu erdagi jabra yoylaridan
taraqqiy etadi.
Quloq suprasi tashqi eshituv yo’li teshigini keng, noto’g’ri d.alqa tarzida o’rab turuvchi oltita
do’mboqchaning qo’shilishi na-tijasida yuzaga keladi. Bu do’mboqchalar esa birinchi va ikkinchi
jabra yoylaridan taraqqiy etadi.
Eshituv suyakchalari nog’ora bo’shlig’ini o’rab turuvchi mezenxi-madan rivojlanadi.
SHunday qilib, ichki quloq takomilida asosan ikki embrion varag’ining (mezoderma va ektoderma)
hosilalari ishtirok etadi. Ektoderma hisobiga uning qoplovchi, tayanch, sezuvchi hujayralari va nerv
gangliylari hosil bo’lsa, mezodermadan, jumladan, me-zenximadan, uning suyak, tog’ay va
biriktiruvchi to’qimali qismla-ri takomillashadi.
Eshituv va muvozanat organining sezuvchi yoki retceptor hujay-ralari ikkilamchi sezuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |