Sariq dog’ - (macula lutea) ko’z tur pardasining qolgan qism-laridan o’zining sariq rangi g’a tuzilishi
bilan farq qiladi. Uning rangi to’r pardaning ko’ruv hujayralaridan tashqari barcha qatlamla-riga
singgan sarg’ish pigmentga bog’liq.
Ganglioz hujayralar qavati bu erda yaxshiroq rivojlanganidan sa-riq dog’ning chekkasi to’r pardaning
qo’shni bo’limlariga nisbatan qa-linroq bo’ladi. Ana shu qalinlashgan chekkkadan dog’ning o’rtasiga!
qarab to’r parda yupqalashib boradi va natijada markaziy chuqurcha (fove-ola centralis) hosil bo’ladi.
Sariq dog’ diametri 2 mm bo’lsa, markaziyg chuqurcha to’r pardaning eng yupqalashgan joyi
hisoblanib, 0,1 mm qa-linlikka ega bo’ladi.
Sariq dog’ning chekka qismlarida v-a markaziy chuqurcha soha-sida to’r pardaning fotoretceptor
neyronlar qatlamidan boshqa barcha qavatlari chetga surilib, yassi voronkasimon chuqurcha ho-sil
qiladi. Demak, yorug’lik to’g’ridan-to’g’ri fotoretceptorlarga tushadi. Oraliq neyronlar, ya’ni bipolyar
va ganglioz hujayra-lar bu erda chetga surilganligidan fotoretceptor hujayralari-ning aksonlari ancha
uzun bo’lib, atrofga radial holda tarqaladi va ko’z to’r pardasining tashqi donador qavati ostida tolali
Gen-li qatlamini hosil qiladi. Sariq dog’da fotoretceptorlar miq--dorining ko’p bo’lishi va ularga
nurlarning bevosita tusha olishi tufayli u eng yaxshi ko’radigan joy bo’lib xizmat qiladi.
«Ko’r» dog’ - ko’rish nervining chiqish joyidir. Bu erdy qalin nerv tolalari qatlamidan boshqa to’r
pardaning barcha qavatlari: yo’qoladi. Bu tolalar to’r pardaning tolali qavatidan qayrilib,. ko’rish
nerviga o’tadi va markaziy chuqurchani o’rovchi bolish--simon aylanma balandlik hosil qiladi. To’r
pardani oziqlan-tiruvchi tomirlar ko’rish nervi bilan kelib «ko’r» dog’ chuqurcha-sidan chiqadi.
Bolishsimon balandlik ko’rish nervining so’rg’ichi deb ataladi. Hyp sezuvchi hujayralarning
bo’lmasligi tufayli to’r pardaning bu qismi yorug’likni sezish qobiliyatiga ega emas, shu sababli bu
joy «ko’r» dog’ nomini olgan.
YUqorida ko’rsatib o’tilganidek, to’r parda ko’ruv bo’limining uning ko’r bo’limiga o’tish joyida
arrasimon chiziq deb ataluvchi tuzilma hosil bo’ladi. Arrasimon chiziqqa yaqinlashgan sari fo-
toretceptor hujayralar miqdori kamayib boradi va nihoyat ar-rasimon chiziqqa kelib, fotoretceptor
neyronlar butunlay yo’qo-ladi. Myuller yoki gliotcit hujayralarining miqdori esa ko’payib,. bular
ko’proq epitelial hujayralarga o’xshab boradi. SHun-
.day qilib, to’r pardaning «ko’r» bo’limida faqat ikki qavat, ya’ni pigment hujayralar ‘a epnteliy qavati
qoladi. To’r parda shu holatda kipriksimon tana va yoy iardani qoplaydi.
Ko’rish nervi tuzilishi bo’yicha boshqa periferik nervlardan farq qiladi, chunki u miyadan taraqqiy
etadi. U to’r pardadan chiqishi bilan uning tolalari mielin parda bilan o’raladi. Qo’-rish nervi ham
miya pardalariga o’xshash pardalar bilan o’ral-gan.
Ko’z gavhari (lens). Ko’z gavhari ikki tomonlama qavariq linzani eslaguvchi tiniq tanachadir.
Gavharning oldingi yuzasi yassiroq, orqa yuzasi esa qavariqroqdir. Gazharning xususiy mod-dasi
(substantia lentis) gavhar tolalaridan tuzilgan (fibra lentis) Bu tolalar olti qirrali prizmalar shaklida
bo’lib, ular-:ning uchi kolbasimon shishgan bo’ladi. Gavharda yumshoqroq po’stloq va qattiqroq
markaziy modda yoki gavhar «yadrosi» tafo-vut qilinadi. Po’stloq ham, markaziy modda ham
tolalardan tu-zilgan. Gavhar markaziy tolalari yadro tutmaydi. Ular qirrala-ri notekis va gavhar o’qi
atrofida tartibli joylashgan bo’ladi. Oraliq tolalar bilan birgalikda ular gavharning zich «yadrosi-ni»
hosil qiladi. Gavharning ko’pchilik qismi asosiy perife-rik tolalardan tuzilgan. Asosiy tolalar silliq
bo’lib, yadro tutadi. Gavhar tolalarining tcitoplazmasi asosan kristallin deb ataluvchi tiniq moddadan
tuzilgan. Gavhar tolalari maxsus modda yordamida bir-biri bilan birikadi. Gavhar tolalari ra-dial
plastinka tarzida joylashib, ularning miqdori ikki ming-dan ortadi. Gavhar sirtdan kapsula yoki
xaltacha bilan o’ralgan.) Bu xaltachaning devori tiniq moddadan iborat bo’lib, o’ta elastiklikka ega.
Oldingi qismda xaltacha devori qalinroq va
mustahkamroq, orqa qismida esa yupqaroqdir.
188
Gavharning oldin-gi qismida xaltachaga bir qavat kubsimon hujayralardan iborat epiteliy (epithelium
lentis) yopishib, u xaltani gavhar tolala-ridan ajratib turadi. Ekvatorga yaqinlashgan sari epiteliy hu-
jayralari balandlashib boradi va ekvatorga etgach uzun gavhar tolalariga aylanadi. Ushbu sohada
hamma vaqt mitoz yo’li bilan bo’llnayotgan hujayralar uchraydi. Demak, gavhar tolalari uzu-nasiga
cho’zilgan epiteliy hujayralaridir. Gavharni tutib turuvchi apparat gomogen, zich, cho’zilmaydigan
tolalardan tuzil-tan kiprikli tana belbog’i (zonula ciliaris) yoki TCinn bog’la-midan iboratdir. Bu
belbog’ tolalarining tutamlari ekvator so-hasida gavhar xaltasining orqa yuzasiga yopishadi.
Gavhar ko’zning dioptrik va akkomodatcion sistemalariga ki-(rib, uning nur sindirish ko’rsatkichi
1,42 ga tengdir. Gavhar qa-•variqligi tez o’zgarishi mumkinligidan uning funktciyasi ko’zning ;aniq
tasvir hosil qilishdagi akkomodatciyasidan iborat. YAqin-.dagi jismlarga qaralganda gavhar
yuzalarining egriligi ortib u qalinlashadi. Gavhar qalinlashishi bilan uning qavariqligi ortadi va
natijada uning fokus masofasi qisqarib, ko’z yaqini-da joylashgan jismlarning aniq tasvirlari?sh hosil
qiladi. Uzoqdagi jismlarga qaralganda gavhar yana yassilashib o’zining
dastlabki qavariqligini tiklaydi. Gavharning yassilanish mexa-nizmi yuqorida ko’rsatib o’tilganidek,
tciliar yoki akkomodatcion mushaklar tonusining o’zgarishi bilan amalga oshadi. Ba’zi bir
kasalliklarda gavharda modda almashinuv buzilishi tufayli u xiralashadi. Bu holat katarakta deyilib,
xiralashgan gavharni olib tashlab, o’rniga sun’iy gavhar qo’yish usuli bilan davola-
nadi.
SHishasimon tana (corpus vitreum). SHishasimon tana tiniq diril-doq moddadan (humor vitreus)
iborat bo’lib, ko’z olmasining gavhar va to’r parda orasidagi bo’shlig’ini to’ldirib turadi. Fiksatciya
qilingan preparatlarda unda turli yo’nalishdagi tolalar yotadi. Tana sirtida bu tolalar zichroq yotib,
yupqa pardani hosil qiladi. Bu parda to’r parda tciliar qismining shishasimon pardasi bilan zich
bog’langan. SHishasimon tanada to’r parda so’rg’ichidan («ko’r» dog’) ko’z gavharining orqa
yuzasigacha cho’zilgan kanal (canalis hyaloideus) yotadi. Bu ko’zning embrional tomir sistemasining
qoldig’idir. SHishasimon tanada max-sus vitrein oqsili va gialuron kislotasi bo’ladi.
SHishasimon tana dioptrik sistemaga, ya’ni ko’zning nur sin-diruvchi muhiti qatoriga kiradi. Uning
nur sindirish ko’rsatki-chi 1,33 ga tengdi-r. Bundan tashqari, u to’r parda modda almashi-nuvida
ishtirok etadi. SHunday qilib, yorug’lik nurlari to’r pardaning fotoretceptor neyronlariga etguncha
muguz parda, gavhar, shishasimon tana va to’r pardalardan o’tishi kerakdir. YOrug’lik kuchining
o’zgarishi ko’zning barcha sistemalarida, xususan to’r pardada moslashuv jarayonlari (adaptatciya)
sodir bo’lishiga olib keladi. Ko’zga kuchli yorug’lik tushganda melanin pigment hujay-ralarining
o’simtalariga o’tib, tayoqchalarni qoplaydi. Bir payt-ning o’zida tayoqchalarning cho’zilishi,
kolbachalarning esa qisqa-rishi kuzatiladi. Natijada kolbachalarga yorug’lik ko’proq tushib, ko’z
yorug’likka moslashadi. Qorong’iga moslashuvda esa, aksincha, melanin o’simtalardan
pigmentotcitlar tanasiga suri-ladi. Bunda kolbachalar cho’ziladi, tayoqchalar esa qisqarib, ko’z g’ira-
shira ko’rishga moslashadi. Pigment hujayralarining fao-liyati gipofizning melanotropin gormoni
yordamida boshqtcrila-di. Moslashuv jarayonlarida vitamin A (retinol )muhim ahami-yatga ega
bo’lib, u maxsus oqsil yordamida pigment hujayralariga etkaziladi. Bu hujayralar o’z navbatida
fotoretceptor neyron-larni retinol bilan ta’minlaydi. Retinol ko’rish qimizi - rodopsin sintezida
ishtirok etadi. Fotoretceptor neyronlarning disklari va yarim disklari doimo yangilanib turadi. Urta
hisob-da 1 kunda 80 disk emirilib, o’rniga yangisi hosil bo’ladi. Emi-rilgan disklar pigment
hujayralari tomonidan fagotcitoz qi-
linadi.
Qo’zning qon bilan ta’minlanishi. Ko’zga keluvchi qon tomir-lar ko’z arteriyasidan boshlanadi. Bu
tomir ko’z nervining ko’zdan chiqish joyidagina bir biri bilan anastomoz hosil qiluvchi va ungacha
o’zaro bog’liq bo’lmagan 2 ta alohida to-mir guruhiga bo’linadi. Birinchi guruh tomirlar markaziy
vena va arteriyalar hamda ularning tarmoqlaridan iborat bo’lgan to’r
parda qon tomir sistemasini hosil qiladi. Bu tomirlar to’r par-dani va qisman ko’ruv nervini qon bilan
ta’min etadi. Ikkinchi guruh tomirlar esa tomirli
qavat, kiprikli tana, yoy parda va sklerani
189
oziqlantiruvchi tciliar tomirlar sistemasidan iborat. Limfa tomirlari, faqatgina ko’zning kon’yunktiva
yuzasida bo’-lib, boshqa qismlarda bu tomir topilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |