Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Tayanch hujayralar ( epitheliocytus sustentans ) tcilindrsi-mon epiteliy hujayralaridan iborat bo’lib, 

hidlov sohasida ko’p qatorli epitelial plastinka shaklida joylashadi va hid-lov hujayralarini bir-biridan 

ajratadi.  Bu  hujayralarning  tcitoplazmasida  bir  tekisda  joylashgan  endoplazmatik  to’rni,  apikal 

qismida  joylashgan  mitoxondriyalarni,  yadro  ustida  yot-gan  Gol’ji  kompleksini  kuzatish  mumkin. 

Tayanch  hujayralar-ning  yadrolari  sezuvchi  hujayralarnikiga  nisbatan  yirikroq  bo’ladi. 

Hujayralarning  qobig’i  apikal  qismida  ko’pgina  mikro-vorsinkalar  hosil  qiladi.  Tayanch 

hujayralarining tcitoplazma-sida fibrillalar va qo’ng’ir-sarg’imtir pigment donachalari kuzatiladi. Bu 

pigment hidlov sohasining shilliq pardasiga sarg’ish rang berib turadi. Tayanch hujayralar orasida 

bazal  membranaga  tegib  turuvchi  va  o’z  o’simtalari  bilan  sezuvchi  hu-jayralarning  markaziy 

o’siqlarini qoplovchi hujayralar uch-raydi. Ular bazal hujayralar (epitheliocyti basales) deb ata-lib, 

tonofibrillalar saqlamaydi. Bu hujayralar sezuvchi Hidlov hujayralari uchun yangilanish manbai deb 

hisoblanadi.  Retceptor  yoki  hidlov  hujayralari  (cellulae  neurosensoriae  olfac  toriae)  haqiqiy  nerv 

elementlari  bo’lib,  ularning  peri-ferik  uchlari  retceptor  apparatiga  aylangan.  Retceptor  hujay-ralar 

tayanch  hujayralar  orasida  joylashib,  oval  shaklli  tana-sida  yumaloq  yadro  joylashadi.  Hidlov 

hujayralarining yadro 

 

124- rasm. Burun bo’shlig’ining hid bilish sohasi (sxema). 



1 - tayanch hujayralar; 2 - xid hujayralari; 3 - hidlov xujayralarining periferik o’sim. talari: 4 - hillon 

^ujayralarining 

(Bouman) bezi; 8 - bez chiqaruv nayi (YA.A. Vpnni kov va 

L K. Titovadan). 

joylashgan qismlari hidlov epiteliysining ichki yadroli qator-larini hosil qiladi. Hidlov hujayralaridan 

qisqa, periferik dendritlar va uzun, markaziy akson chiqadi. Hidlov hujayra-larining soni odamda 6 

mln  atrofida  bo’ladi.  Hid  sezish  kuchli 

rivojlangan  hayvonlarda,  masalan,  itlarda 




 

201 


ularning soni 200 mln dan oshiq bo’ladi. Hidlov hujayralari periferik o’simta-larining distal qismlari 

ichki hidlov pardasini teshib", uning yuzasiga chiqadi. Bu erda ular yuzasida 10-12 harakatchan o’tkir 

tukchalar  tutgan  maxsus  kengaymalarni  yoki  hidlov  «to’g’nog’ich»  larini  (clava  olfactoria)  hosil 

qiladi. 


Periferik  o’simtalarning  tcitoplazmasi  tiniq  bo’-lib,  sirtdan  hujayra  membranasi  bilan  o’ralgan. 

«To’g’nog’ich» 

ichida kichik donachalar, mikronaychalar va ko’pgina mitoxondriya-lar bo’ladi. «To’g’nog’ich»ning 

tukchalari bazal tanachalardan bosh-lanuvchi uzunasiga joylashgan 9 ta juft periferik va 2 ta markaziy 

ipchalarga  ega.  Tutam  shaklida  yotgan  bu  ipchalar  sirt-dan  hujayra  pardasi  bilan  o’ralgan. 

«To’g’nog’ich» tcitoplazmasida bir qator ximiyaviy aktiv moddalar bo’ladi. Hidli moddalar ta’sirida 

hidlov hujayralarining periferik o’simtalari qis-qarishi mumkin. 

Markaziy o’simta yoki a k s o n hidlov hujayralarining bazal qismidan boshlanib bazal membranaga 

yo’naladi. TCito-plazmatik membrana bilan o’ralgan markaziy o’simtalarda mito-xondriyalar yotadi. 

Markaziy  o’simtalar  tayanch  hujayralar  ora-sidan  o’tib  bazal  membranani  teshgach,  ular  20-40  ta 

tutamlar  (fila  olfactoria  )  hosil  qilib  hidlov  nervi  tarkibida  hidlov  so’g’onlariga  kiradi.  Hidlov 

epiteliysi  bazal  membranada  joy-lashadi,  uning  ostida  esa  biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan,  qon, 

limfa  tomirlari  va  nerv  oxirlariga  boy  xususiy  qatlam  yotadi.  Bundan  tashqari  bu  erda  maxsus 

(Boumen)  i  bezlari  (glandula  olfactoria)  joylashadi.  Bu  bezlar  oddiy,  ba’zan  tar-moqlanuvchi 

naysimon-al’veolyar  bezlar  bo’lib,  ularning  chiqa-ruv  yo’llari  alohida  yotuvchi  naychalar  holida 

hidlov epiteliy-sini teshib o’tadi. 

CHiqaruv  yo’llarining  bir  qator  yotgan  yassi  mioepitelial  hujayralari  sekretor  faoliyatga  ega. 

Bezlarning  oxirgi  bo’lim-lari  ikki  xil  hujayralardan  tuzilgan:  sirtdan  yassi  mioepite-lial  hujayralar 

joylashib, ichkarida esa merokrin tipdagi sekret ishlovchi hujayralar yotadi. Boumen bezlari tuzilishi 

bo’yicha  oqsilli  sekret  ishlovchi  bezlarga  oid  bo’lsa-da  ularning  sekretida  shilliq  bo’ladi.  Bu 

bezlarning sekreti hidlov yuzasini ho’llaydi va hidli moddalarni o’zida eritadi. Bu esa hid bi-lishda 

muhim ahamiyatga ega. Bezlar krn tomirlar bilan yaxshi ta’minlangan. 

Hidlov hujayralarining nerv o’simtalari mag’izsiz nerv to-lalarining alohida tutamlari shaklida bo’lib, 

miya qattiq pardasining davomi bilan o’raladi. Bu tolalarning barchasi birlikda hidlov nervini tashkil 

qilib,  hidlov  so’g’onida  tugay-di.  Hidlov  so’g’onlari  odamda  sust  taraqqiy  etgan.  Ular  katta  miya 

markazlari tipida tuzilgan bo’lib elementlari murakkab joylashgan. So’g’on po’stlog’ida 5 ta qatlam 

farq qilinadi: 1) tashqi tolali qatlam; 2) koptokchali qatlam; 3) molekulyar qat-lam; 4) mitral qatlami; 

5) donador qatlam; 

Hidlov  so’g’onlarining  asosiy  neyroni  mitral  hujayralar  bo’-lib,  ular  koptokchali  qatlamda  uzun 

dendritlarining oxirgi tarmoqlari yordamida hidlov koptokchalarini hosil qiladi. So’-g’onning tashqi 

tolali  qatlamini  hosil  qiluvchi  tolalar  shu  erda  tugaydi.  Mitral  hujayralarning  qisqa  dendritlari  o’z 

tarmoq-lari  bilan  molekulyar  qatlamni  hosil  qiladi.  Bu  erda,  shuning-dek  donador  qavatning  uzun 

neyritga ega bo’lmagan hujayralar tolalarining tarmoqlari joylashadi. Mitral hujayralarning 

nerv o’simtalari hidlov traktiga kiradi va so’ngra po’stloqning hidlov bo’lagiga etib, bu erda yotgan 

piramidasimon hujayralar dendritlarining tarmoqlari sohasida impul’sni keyingi ney-ronga uzatadi. 

Hidlov  organi  xemoretceptordir.  Hidli  moddalar-ning  molekulalari  havo  bilan  birga  burun 

bo’shlig’iga  kirib,  ichki  hidlov  pardasi  yuzasiga  tegadi  va  bezlar  sekretida  eriydi.  Bunda  hidli 

moddalarning  molekulalari  hidlov  to’g’nog’ichlari  va  ularning  tukchalariga  nisbatan  qitiqlovchi 

modda bo’lib xiz-mat qiladi. 

 

 



 

 

 



 


 

202 



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish