Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

(sensoepitelial yoki epiteliosensor) hujayralardir. Eshituv va muvozanat organlari ichki quloq par-dali 

labirintning alohida qismlarida joylyashadi: 

1. E sh i t u v (Kortiev yoki spiral) organi pardali labirintning chig’anoq kanali (canalis ccchlearis) da 

yotadi. 


2. Muvozanat organi parda labirintning uchta ampula qirrala-ri (cristae ampullaris), bachadoncha va 

yumaloq qopchada yotuvchi eshituv dog’lari (macula utericulus et macula sacculus) da joylashadi. 



 

PARDALI LABIRINTNING CHIG’ANOQ KANALI 

"  i  YUkrrida  aytib  o’tilganidek,  chig’anoq  keng  suyak  kanali  bo’lib,  v  o’z  o’qi  atofida  2,5  marta 

aylanadi. Kanalning o’z o’qiga qaragan a

v

°R 



D

e



aTaj

" ' di. Bu suyak chig’anoqda chig’anoqning pardali kaVDli (ductu: cc-ch lea r i s) joylashadi. 

CHig’anoqning pardali kanali iki joyda: 1) ichki, spiral suyak plastinkasi va spiral qirra joylashgan 

erda:  2)  tashqi,  spiral  bog’lam  sohasida,  suyakli  chig’anoqning  periosti  bilan  tu-tashadi. 

CHig’anoqning  pardali  kanali  ko’ndalang  kesmada  uchbur-chak  shaklida  bo’ladi.  Spiral  bog’lam 

bilan ulangan tashqi devor uchburchakning yon katetini va bu bog’lamning qarama-qarshi joy-lashgan 

spiral qirralar bilan tutashuvchi qismi uning asosini 



 

194 


 

120- rasm. CHig’aisq. 

1 - vestibulyar narvon; 2 - chig’anoq nayi: 3 - norora nar-von; 4 -sviral bog’lam; 5 - spiral organ; 6- 

suyaklispi-ral qatlam; 7 - spiral gangliy; 8 - eshituv nervi; 9 - chakka suyag’ (Rodindan). 

hosil qiladi. Spiral qirraking tubi bilan spiral bog’lamning yuqori chekkasi orasida tortilgan yuqori 

devor  uchburchakning  gi-potenuzasini  hosil  qiladi.  Parda  kanalining  shunday  joylashu-vi  tufayli 

chig’anoq suyak kanali ko’ndalang kesimda uch qavat bo’lib ko’rinadi (120-rasm). YUqori va pastki 

qavatlar perilim-fa saqlab, vestibulyar (yuqori) va n o g’ o r a (pastki) nar-vonlar nomini olgan. Ular 

chig’anoqning cho’qqnsida o’zaro tutasha-di. Urta quloq bilan ular pardali yumaloq va oval darchalar 

'"-vdamida tutashadi. 

Nig’anoq parda kanalining turli qismlari devorining tuzilishi hur xil. Uning asosi yoki pasgki devoi 

eng  murakkab  tuzilishiga  ega  bo’lib,  unda  chiganoq  bo’ylab  cho’zilgan  eshituv  organi  (organum 

spirale)  joylashadi.  Bu  organ  Korti  organi  nomi  bilan  ham  ma’lum.  CHig’anoq  parda  kanali 

devorlarining tuzilishi. CHig’anoq par-da kanalining uchta devori - yukori, tashqi va pastki devorlari 

farq qilinadi (120-rasmga q.). 

Parda kanalining vestibulyar yoki Reysner pardasi (membrana ves-tibularis seu Reissneri) nomi bilan 

yuritiluvchi yuqori deveri, ya’ni gipotenuzasi oddiy ko’rinishga ega. U zich tolali biriktiruvchi to’qi- 

madan tuzilib, uning parda kanal ichiga qaragan pastki yuzasi yassi epiteliy bilan qoplangan. Tashqi, 

perilimfaga tcaragan yuzasi esa endoteliy bilan qoplanib, devori qalinlashgan suyak usti pardasi bi-

lan zich qo’shilib ketadi. Suyak usgi pardasi bu erda chig’anoq spiral bog’lamini (ligamentum spirale 

cochleae)  hosil  qiladi.  Uchburchakning  yon  katetini  spiral  beg’lamdan  boshlyanuvchi  hujayralar 

tashkil ..etadi. 

•Spiral bog’lamini qoplevchi epitgliy qalinlashib, bir necha qavat 

'Kubsimon epiteliydan tashkil topadi. Ushbu epiteliyning xarakterli xususiyati shundan iboratki, unda 

qon tomirlar bo’ladi. SHu sababli mazkur qalinlashgan epiteliy tomirli tasma (stria vascularis) deb 

yuritiladi. Undagi tomirlar parda kanali ichidagi endolimfani xr- 

ch£il qilishda ishtirok etadi. 

Spiral suyak plastinka sehasida ham suyak usti pardasi qalinla-1lib, spiral bo’rtma yoki limbni (limbus 

spiralis) hosil qiladi. Spi-ral limbning yuqori yuzasi sekretciya qilish qobiliyatiga ega bo’lgan yassi 

epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Limb ikkita, 

yuqorigi,  vestibulyar  lab  (labium  vestibularis) 



 

195 


va  pastki  nogora  lablarni  (labium  thympanicum)  hosil  qiladi.  Bu  lablar  orasida  spiral  egat  (sulcus 

spiralis) joylashgan bo’lib, u bir necha qator  yassi hujayralar bilan qoplangan. Bu hujayralar asta-

sekin ichki tayanch hujayralariga davom etib ketadi. Pastki labning chekkasida teshiklar joylashadi. 

Bu te-shiklar orqali siiral organning nerv tolalari sezuv hujayralariga tomon yo’naladi. 

CHig’anoq parda kanalining pastki devori spiral bog’lamdan to spiral limbgacha tortilgan bazilyar 

plastinka  (  lamina  basila-laris)  shaklida  cho’ziladi.  Bazilyar  plastinka  asosida  ingich-ka  (30  nm) 

kollagen  tolalar  yoki  eshituv  torlari  yotadi.  Eshituv  torlari  spiral  limbning  timpanal  labi  va  spiral 

bog’lam ora-sida tortilgan bo’lib, ularning uzunligi chig’anoq kanali uchida 500 mkm, asosida esa 

100  mkm  atrofida  bo’ladi.  Bazilyar  plas-tinka  ostidan,  ya’ni  nog’ora  narvon  tomondan  yupqa 

biriktiruvchi  to’qima  qatlami  bilan  qoplangan  bo’lib,  uning  hujayralari  epiteliy  singari  bir  qator 

joylashadi  va  shu  sababli  epiteliy-simon  hujayralar  deb  ataladi.  Bazilyar  plastinka  ustida  eshi-tuv 

organi  (spiral  yoki  Korti  organi)  yotadi  (121-rasm).  Spiral  organ  ikki  xil  hujayralardan  tuzilgan: 

ularning bir xili t a ya n ch, ikkinchi xili esa e sh i t u v (retceptor yoki sensor) vazi-fasini bajaradi. 

Eshituv  organining  tuzilishi.  Tayanch  va  eshituv  hujayralari  ichki  va  tashqi  hujayralar  guruhlariga 

bo’linadi. Bu guruhlar orasida che-gara bo’lib, uchburchak shaklga ega bo’lgan tunnel hisoblanadi. 

Tunnel-dan parda kanalning yon yoki tashqi devoriga qarab joylashgan hujay-ralar tashqi, spiral limb 

tomonga yo’nalganlari esa ichk i hujayralar deb ataladi. Barcha tayanch hujayralar o’zlarining asoslari 

bilan bazilyar plastinkaga tegib yotadi. Ularning quyidagi turlari farqlanadi: 1) ichki va tashqi ustun 

hujayralari  (epithelio-cyti  pilaris  interni  et  externi);  2)  tashqi  falangali  yoki  Deyters  hujay-ralari 

(epitheliocyti phalangei externi); 3) tashqi chegaralovchi yoki Gen- 

 

121- rasm. Eshituv (spnral yoki Kortp) organi. Gematoksilin- ezzin bnlan bo’yalgan. 



Ob. 20, ok. 1 0. 

1 - ichki tukli hujayralar: 2 - ichki tayanch hujayralar; 3 - ichkn ustun 'xujayra; 4-» 

tunnel; 5 - tashqi ustun hujayra; 6 - tashqi tayanch xujayra; 7 - tashqi tukli hujayra; 

8 - bazilyar plastinka; 9 - qoplama parda. 

zen hujayralari (epitheliocyti limitantes externi); 4) tashqi ushlab turuvchi yoki Klaudius hujayralari 

(epitheliocyti sustentantes externi); 5) ichki falangali hujayralari (epitheliocyti phalangei interni). 

Eshituv  hujayralari  esa  tashqi  (epitheliocyti  sensori  pillosi  externi  'va  ichki  (epitheliocyti  sensori 

pillosi interni) tukli sezuvchi hujayralar ga bo’linadi. Bu hujayralarning asoslari bazilyar plastinkaga 

tegmay tayanch hujayralarning ustida yotadi. 

Ustun  hujayralar  bazilyar  plastinkada  ikki  qator  bo’lib  yotadi  va  ular  asosiy  tayanch  hujayralar 

hisoblanadi.  Eng  chekkada  yotuvchi  hujayralar  ichki  ustun  hujayralar,  ularga  tashqi  tomondan 

yondoshuvchi hujayralar esa tashqi ustun hujayralar deb ataladi. Ustun hujayralar tanasi uzun «S» 

harfi  shaklida  zgilgan.  Ichki  va  tashqi  ustun  hujayralar  bir-biriga  engashib  turadi.  Ularning  erkin 



 

196 


cho’qqilari o’zaro tutashib tublari  bir-biridan  yiroqlashganligi tufayli tunnel paydo bo’ladi. Ushbu 

spiral  yoki  ichki  (canaliculus  internus)  tunnel  chag’anoq  kana-lining  boshidan  oxirigacha  davom 

etadi. Ichki ustun hujay-ralar tashqi hujayralarga nisbatan bir oz kaltaroq va kamroq egilgan. Ularning 

erkin cho’qqilarining yoki boshchalarining yuko-ri yuzasida tutashuvchi cho’qqilar mavjud. Tashqi 

ustun hujaGfa-larining boshchalari ichki hujayralarining tutashuv chuqurcha- 

lariga  botib  turadi.  Elektron  mikroskopda  ustun  hujayralar  tcitoplazmasida  hujayraning  uzun  o’qi 

bo’ylab joylashgan tono-fibrillalarning ingichka tutamlarini ko’rish mumkin. Ustun hujayralar hosil 

qilgan tunnel orqali  spiral  gangliydan eshituv hujayralariga  boruvchi  mielinsiz nerv tolalari o’tadi. 

'Tunnel endolimfaga to’lib turadi. 

Tashqi ustun hujayralardan tashqariroqda tashqi f a-langali (Deyters) hujayralar uch yoki to’rt qator 

bo’lib  joylashadi.  Bu  hujayralar  tcilindr  shaklida  bo’lib,  ularning  bazal  qismida  tonofibrillalar 

tutamlari  bilan  .^ralgan  yadro  yotadi.  Hujayralarning  yuqori,  retceptor  hujayra-lar  bilan  tutashish 

joyida kosasimon chuqurchalari bo’lib, bun-ga tashqi sezuvchi hujayralarning asoslari botib turadi. 

Hujayralarning  faqat  ingichka  barmoqsimon  o’simtasi  yoki  fa-langasi  eshituv  organining  yuqori 

yuzasigacha borib etadi. Dey-ters hujayralarining barmoqsimon o’simtalari yoki falangala-ri o’zaro 

hamda  tashqi  ustun  hujayralarining  falangalari  bilan  navbatlashib  yotadi,  natijada  ular  orasida 

yumaloq  shaklli  er-kin  bo’shliqlar  hosil  bo’ladi.  Bu  bo’shliqlarda  tashqi  eshituv  hujayralari 

joylashadi. 

Deyters  hujayralariga  tashqaridan  tashqi  chegaralov-chi  (Genzen)  hujayralar  yondoshadi.  Ular  bir-

biriga zich yondoshgan, besh-olti qator, ioligonal hujayralardan iborat bo’lib, ularning erkin uchlari 

tutashtiruvchi tasmalar yordamida birikkandir. Ularning yadrolari katta, tcitoplazmasida vakuo-lalar 

va yirik lipid tomchilari kuzatiladi. Hujayralarning yuzasida juda ko’p mikrovorsinkalar bo’ladi. Bu 

hujayralar-ning glikogen va ba’zan fermentlarga boyligi ularning trofik vazifasini bajarishidan dalolat 

beradi. 


Genzen hujayralaridan tashqariroqda kubsimon tashqi ushlab turuvchi (Kladius) hujayralari joylasha-

di. Ular asta-sekin o’zgarib, tomirli tasmachani qoplovchi epi-teliyga aylanadi. Klaudius hujayralari 

bilan  tomirli  tasma-cha  o’rtasida  egatcha  joylashgan.  Egatcha  spiral  bog’lam  to’qimasiga  botib 

turuvchi  epiteliy  hujayralaridan  tuzilgan.  Ba’zi  ma’-lumotlarga  ko’ra  ushbu  hujayralar  endolimfa 

ishlab chiqa-radi. 

Ichki  ustun  hujayralaridan  ichkariga  tomon  kutikulali  boshchalarga  ega  bo’lgan  baland  va  nozik 

barmoqsimon  o’simtalarga zga  bo’lgan ichki falangali hujayralar bir qator  bo’lib  yotadi. Ularning 

ustida ichki eshituv yoki tukli hujayralar yotadi. Ichki falangali hujayralar asta-sekin spi-ral egatning 

kubsimon hujayralariga o’tadi. 

Ichki  sezuvchi  tukli  hujayralar  ichki  falangali  hujayralar  yuzasida  bir  qator  bo’lib  yotadi,  tashqi 

sezuvchi tukli hujayralar esa tashqi falangali hujayralar ustida 3-4 qator bo’lib joylashadi. Ichki tukli 

hujayralar-ning soni 3000, tashqi tuklr! hujayralar esa 12 000-20 000 atrofida bo’ladi. 

Ichki sezuvchi tukli hujayralar tubi keng ko’zacha shakliga ega. Ularning bir oz qavariq cho’qqilarida 

3-4  qator  yotgan  30-  60  ta  kalta  tukchalar  (sterotciliylar)  joylashadi.  Bu  hujay-ralarning  yadrolari 

bazal tomonda yotadi. Ichki sezuvchi hujay-ralarning apikal qismi kutikula bilan qoplanib, ulardan 

sezuvchi  tukchalar  o’tadi.  TCitoplazmada  mitoxondriyalar,  donador  va  silliq  endoplazmatik  to’r 

kuzatiladi. 

Tashqi sezuvchi tukli hujayralar tcilindrsimon bo’lib, tubi yumaloqdir. Ularning ham apikal yuzasida 

eshituv  tukchalari  tutuvchi  halqasimon  kutikulyar  plastinka  joylashadi.  Bu  hujay-ralarning  tubi 

Deyters  hujayralarining  tanalaridagi  apikal  chuqurchalarga  botib  turadi.  Tashqi  sezuvchi 

hujayralarning  tuk-chalari  kutikulyar  plastinka  ustida  joylashib,  popuksimon  shakl  kasb  etadi.  Bu 

popukcha qoplovchi membranaga tegib turadi. 

Eshituv  tukchalari  yoki  stereotciliylar  ko’p  miqdorda  zich  jon-lashgan  fibrillalarga  ega. 

TCitoplazmada  mitoxondriyalar,  tur-li  kattalikdagi  donalar  va  pufakchalar  tutuvchi  membranali 

serqatlam strukturalar kuzatiladi. 



 

197 


Sezuvchi  hujayralarning  tcitoplazmasi  oksidlovchi  ferment-lar,  monofosfoesterazalar,  oqsillar  va 

nuklein  kislotalarga  boy.  Bundan  tashqari,  tashqi  tukli  hujayralar  glikogenga,  ular-ning  sezuvchi 

tukchalari esa fermentlarga, jumladan, atcetilxo-linesterazaga mo’l bo’ladi. 

Sezuvchi  hujayralarga  nog’ora  labning  nerv  teshiklaridan  o’tuvchi  nerv  tolalari  keladi.  Bu  tolalar 

spiral gangliyda joylashgan bipolyar neyronlarning kalta o’simtalari bo’lib, eshituv organida mielin 

pardasini  yo’qotadi. Tolalar oldin ichki, so’ngra esa tashqi sezuvchi hujayralarning tub qismlarida 

nerv oxirlari hosil qilib tugallanadi. Bunda sezuvchi hujay-ralarning qobig’i presinaptik membrana, 

nerv o’simtasining qobig’i esa postsinaptik membrana bo’lib xizmat qiladi. Bipo-lyar neyronlarning 

uzun neyritlari eshituv nervi tarkibida impul’slarni markazga etkazadi. 

Spiral organ ustida qoplama p a p d a (membrana tectoria) joylashadi. Bu parda spiral organni qoplaydi 

va  sezuv-chi  hujayralar  ustida  ularning  tukchalariga  tegib  turadi.  Reys-ner  membranasidan 

boshlangan ushbu spiral parda dastlab hu-jayralarga zich yondoshib yotadi, so’ngra u yassi bo’rtma 

tarzida  spiral  organ  ustida  osilib  turadi.  Parda  nozik  fibrillyar  tu-zilishga  ega.  U  radial  yo’nalgan 

kollagen  tolalardan  va  ularni  jipslashtirib  turuvchi  glikozaminoglikanlarga  boy  asosiy  mod-dadan 

iborat. 

CHig’anotc kanalining devori limb sohasida past tcilindrik epiteliy bilan qoplangan. Qoplama parda 

shu epiteliyning mah-suloti hisoblanadi. 

Eshituv organining gistofiziologiyasi. Eshituv yo’li orqali o’tgan tovush to’lqinlari ta’siri natijasida 

hosil  bo’lgan  nog’o-ra  pardaning  tebranma  harakati  eshituv  suyaklari  vositasi  oilan  oval  darchaga 

uzatiladi va vestibulyar narvondagi peri- 

limfann tebranma harakatga keltiradi. Bu harakat esa chig’a-noqning cho’qqisida pog’ora narvonkipg 

perilimfasiga  uzatiladi.  Bu  tebranish  tovushning  tezligi  va  chastotasiga  bog’liq  bo’lib,  bazilyar 

plastinkani  va  qoplama  pardani  ma’lum  amplitudada  tebrantiradi.  Tebranish  jarayonida  eshituv 

hujayralari qop-lama pardaga go.h yaqinlashib, goh undan uzoqlashadi. Bunda hu-jayralarning tuklari 

qitiqlanadi va bu sezuvchi hujayralar-ning qo’zg’alishiga olib keladi. Qo’zg’alish jarayonida sezuvchi 

hujayralarda fermentlarning aktivligi o’zgaradi, atcetilxolin hosil bo’ladi va emiriladi. Bu qo’zg’alish 

nerv  oxirlariga,  ulardan  esa  markaziy  nerv  sistemasiga  uzatiladi  va  bu  erda  eshituv  sezgilariga 

aylanadi.  CHig’anoqning  tub  qismida  joylashgan  tuk-li  hujayralar  yuqori  chastotali  tovush 

to’lqinlarini, uch qismi-dagilari esa asosan past chastotali tovushlarni qabul qiladi 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish