REFLEKTOR YOY HAQIDA TUSHUNCHA
Nerv sistemasining faoliyati asosida reflektor yoy yotadi. U nerv sistemasining morfofunksional
birligini tashkil qiladi. Reflektor yoy retseptordan boshlanib, effektor bilan tugaydi. Eng oddiy
reflektor yoy kamida ikki neyrondan tashkil topgan. Birinchi neyronning dendritlari ma’lum a’zolarda
retseptorlar hosil qilib, neyriti esa orqa miyaning sezish markazlarida tugaydi.
Ikkinchi neyron dendritlari orqa miyada birinchi neyron neyritlari bilan sinaps hosil qilib, neyriti
harakatlantiruvchi nerv oxirlarini (mushak yoki bezlarda) hosil qiladi. Shunday qilib, eng oddiy
reflektor syda ham impulsni markazga olib boruvchi va markazdan organlarga olib keluvchi
tuzilmalarni ko`rishimiz mumkin. Aksariyat holatlarda uch yoki undan ko`p neyrondan tashkil tongan
reflektor yoyini ko`ramiz (105-rasm). Uch neyrondan tashkil topgan reflektor yoyida yuqorida qayd
qilingan ikki neyronli reflektor yoydan farqli ravishda uchinchi qo`shimcha (assotsiativ yoki
tutashtiruvchi) neyron ham kirib, u sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar orasida joylashadi. Bu
neyron dendritlari sezuvchi neyronning neyriti bilan, neyriti esa harakatlantiruvchi neyronning
dendriti bilan sinapslar hosil qiladi. Bu oddiy reflector yoylardan tashqari somatik nerv sistemasida
murakkab refleks yoyi ham farqlanib, u bir necha neyronlardan tashkil topgan. Bu reflektor yoyda
markaziy nerv sistemasining boshka nerv markazlari ishtirok etadi.
Nerv to`qimasini, xususan, nerv sistemasini o`rganishga rus olimlaridan D. A. T i m o f e- y e
v, A. N. M i s l a v s k i y, A. S. D o g e l va boshqalar katta hissa ko`shdilar. A. N. Mislavskiy nerv
tugunlari va nerv oxirlarsning morfologik tuzilishini mukammal o`rgandi. A. S. Dogel esa markaziy
va periferik nerv sistemasining morfologiyasi bo`yicha chuqur ishlar olib bordiki, uning ishlari
neyrogistologiya va fiziologiyani rivojlantirishda yorqin iz qoldirdi.
V. I. Lavrentyev va uning o`quvchilari avtonom nerv sistemasini o`rganib, nerv hujayralari
orasida sinapslar mavjudligini ko`rsatdilar va sinapslarni o`rganishga asos soldilar. Nerv oxirlarini
mukammal o`rganishda E. M. Shlyaxtin, A. N. Kolosov va ularning shogirdlari, K. A. L a v r o v va
N. I. Zazibinlarning xizmati katta.
T. A. Grigoryeva qon tomirlarning innervatsiyasini o`rgandi va birinchi marta adabiyotga qon
105- rasm. Oddiy reflektor yoyi
(sxema).
1 – sezuvchi nerv hujayrasi; 2 – te-
ridagi retseptor; 3 - sezuvchi nerv
hujayrasining dendriti; 4 – neyrolem-
ma; 5 - lemmotsit yadrosi; 6 – miye-
lin pardasi; 7 - nerv tolasi bo’g’iqlari;
8-o`q silindr; 9 – kertik; 10 - sezuvchi
nerv hujayrasining neyriti; 11 – ha-
rakatlantiruvchi nerv hujayrasi: 12 –
xarakatlantiruvchi
nerv
hujayrasi
dendriti; 13 - harakatlantiruzchi nerv
hujayrasi neyriti; 11- miyelinli tola; 15
- effektor; 16 - orqa miya nerv tu-guni:
17 - orqa miya nervining dorsal
shoxchasi; 18- orqa ildizcha, 19- orqa
shoxcha; 20 - oldingi shoxcha; 21 –
oldingi ildizcha; 22- orqa miya
nervining ventral shohchasi
(V.G. Yeliseevdan).
162
tomir-to`qima retseptorlari tushunchasini kiritdi. Hozirgi avlod gistologlari zamonaviy usullar bilan
(elektron mikroskopiya, miqdoriy gistoximiya, radioavtografiya) qurollanib, yuqorida qayd qilingan
olimlarning ishlarini muvaffaqiyat bilan davom ettirmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |