Nerv oxirlari sezuvchi (retseptor) va harakatlantiruvchi (effektor) nerv oxirlariga bo`liiadi.
158
presinaptik qism, nerv hujayraning dendrit o`simtasi esa postsinaptik qism sifatida sinapslar hosil
qiladi.
Retseptorlar ikki yirik gruppaga: interoretseptorlarg (ichki a’zolarda va muvozanat organlarida
joylashgan) va ekstroretseptorlarga (tashqi muhitdan ta’sirni qabul qiluvchi) bo`linadi. Qabul qilib
oladigan ta’sirotning xossasiga ko`ra mexanoretseptorlar, baroretseptorlar, xemo r y e t s e p t o r l a
r va termoretseptor l a r farqlanadi.
Retseptorlar sezuvchi nerv oxirlarining tuzilish xususiyatlariga qarab faqatgina o`q silindrning
oxirgi tolalaridan iborat bo`lgan erkin nerv oxirlariga (terminatio nervi libera) hamda o`q silindr
tarmoqlaridan tashqari gliya hujayralari saqlovchi erkin bo`lmagan turlarga bo`linadi. Erkin
bo`lmagan nerv oxirlari biriktiruvchi to`qimali kapsulali (corpusculum nervi capsulatum) va
(kapsulasiz nerv oxirlariga bo`linadi (corpusculum nervi noncapsulatum).
Erkin nerv oxirlari epiteliy to`qimasida joylashgan bo`lib, ularning tuzilishi oddiy. Epiteliy osti
qavatidagi sezuvchi nervlardan tarmoqlar chiqib, epiteliy sirti tomon ko`tariladi va o`zining miyelin
qavatini yo`qotib, epiteliy hujayralari orasiga o`tadi. Ulardan yon shoxlar chiqib epiteliy hujayralarlda
tugallanadi. Bunday nerv oxirlari og`riqni qabul qiladi.
Ko`p qavatli epiteliy to`qimasida yuqorida ko`rib chiqilgan nerv oxirlariga qaraganda
murakkabroq tuzilgan nerv oxirlari ham bor. Ular sezish menisklari (meniscus tactus )yoki Merkel
hujayralaridan ( epitheli oidocytus tactus) va nerv oxirlaridan tashkil topgan. Merkel hujayralari
sezuvchi nerv oxkrlarining presinaptik qismini hosil qilib, u atrof hujayralarda och bo`yalgan
sitoplazmasi va to`q bo`yalgan cho`zinchoq yadrosi bilan ajralib turadi. Elektron mikroskop ostida bu
hujayralar sitoplazmasida maxsus donachalar topilgan. Postsinaptik qism bo`lgan nerv tolasi
tarmoqlari Merkel hujayrasi atrofida nafis to`r hosil qilib joylashadi. Bu hujayralar taktil sezgini qabul
qiladi. Merkel hujayralari eshituv, muvozanat, ta’m bilish va boshqa a’zolardagi hujayralar singari
ektodermadan rivojlanib, ta’surotni sezuvchi neyronlarning dendritiga uzatgani uchun ularni
sensoepitelial yoki neyroepitelial (ikkilamchi sezuvchi) hujayralar deyiladi. Agar ta’sirotni sezuvchi
nerv hujayraning dendrit o`simtasi bevosita qabul qilsa (bu hujayralar nerv plastinkasidan
rivojlanadp), bunday hujayralar birlamchi - sezuvchi yoki neyrosensor hujayralar hisoblanadi.
Ko`zning to`r pardasidagi tayoqcha va kolbachalar hosil qiluvchi fotoretseptor hujayralar neyrosensor'
hujayralar timsolidir.
Elektron mikroskop neyroepitelial hujayralarning apikal qismida kiprikchalar yoki
mikrovorsinkalar borligini ko`rsatdi. Neyroepitelial hujayralar nafas yo`llarida, o`pka alveolala-rida,
jigar, o`t chiqaruv yo`llarida, o`t xaltasida, me’da osti bezida, me’dada aniqlangan. Bizda olingan
dalillar neyroepitelial hujayralar ingichka ichak epiteliysida ham uchrashini ko`rsatdi. Bu hujayralar
noksimon shaklga ega bo`lib, jiyakli enterotsit hujayralari orasida joylashadi. Ularning ustki yuzasida
kam miqdorda uzunligi 0,8-1,0 mkm, eni esa 0,2-0,3 mkm ga teng mikrovorsinkalar joylashgan.
Biriktiruvchi to`qimadagi retseptorlar turlicha bo`lib, ular butasimon tarmoqlangan o`q
silindrdan va uni o`rab turuvchi o`ziga xos glial hujayralardan - neyrolemmotsitlardan iborat,
Kapsulaga o`ralgan nerv oxirlari ham turlicha shaklga ega bo`lib, bu retseptorlarga Fater-Pachini
plastinkasimon (corpusculum lamellosum) tanachasi, Meysner sezish (corpusculum tactus ) tana-
chalari, genital tanachalar va boshqalar kiradi. Hamma kapsulali nerv oxirlari quyidagi 3 tuzilmadan:
1) sezuvchi nerv hujayrasi dendritining o`q silindridan; 2) o`q silindr atrofidagi ney-
rolemmotsitlardan; 3) eng tashqi qism - biriktiruvchi to`qimali kapsuladan iborat.
F a t e r-P a c h i n i tanachalari - yirik, oval shakldagi tuzilmalar bo`lib, ularning kattaligi 3
mm gacha bo`ladi va shuning uchun uni oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin. Unda kapsula yoki tash-qi
kolba bo`lib, bir-biriga kontsentrik joylashgan fibroblastlar va kollagen tolalardan tashkil topgan
plastinkalardan iborat (102-rasm). Tanachaning markazida o`z pardasini yo`qotgan o`q silindr, uning
atrofida neyrolemmotsitlar kolba (bulbus interims) hosil qilib joylashadi. Fater-Pachini tanachalari
bosim va og`riqni qabul qiladi.
159
M e y s n e r t a n a c h a l a r i - cho`zinchoq shaklga ega bo`lib, elastik tolaga boy yupqa
biriktiruvchi to`qimali kapsula bilan o`ralgan. Kapsula ichiga o`q silindr kirib, juda mayda shoxlarga
tarmoqlanadi va ular har bir neyrolemmotsit ostida kengayib tugallanadi. Meysner tanachalari terining
so`rg`ichli yuzasiga berilgan bosimni qabul qiladi (103-rasm). G e n i t a l tanachalar dumaloq
shaklda bo`lib, tashqi tomondan yupqa biriktiruvchi to`qima kapsula bilan o`ralgan, uning ichida
neirolemmotsitlar bor. Kapsula ichiga bir emas, bir necha o`q silindrlar kiradi va ularnimg shoxlari
bu yerda joylashgan glial hujayralar bilan kontaktlar hosil qiladi. Genital tanachalar jinsiy va boshqa
organlarning biriktiruvchi to`qimalarida joylashgan,. Krauze kolbalari kichik bo`lib uning ichiga
birgina o`q silindr kiradi va mayda shoxlarga ajraladi. Bu shoxchalar glial kolba va tashqi biriktiruvchi
to`qimali kapsula bilan o`ralgan. Krauze kolbalari butun tana bo`ylab tarqalgan bo`lib, temperatura
sezgisini qabul qiladi.
Skelet mushaklarining retseptorlari murakkab tuzilgan. Oddiy holatlarda miyelinli nerv tolasi
mushakka yaqinlashib miyelin qavatini yo`qotadi va bir necha shoxlarga parchalanadi. Ular alohida
mushak tolalarining sarkolemmasi sirtida korzinka hosil qilib tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: