Nerv-mushak duklari (fusus neuromuscularis) deb nomlangan retseptorlar ancha murakkab
tuzilishga ega. Bu retseptorlarda bir yoki bir necha mushak tolalari spiralsimon o`ralgan nerv oxirlari
bilan biriktiruvchi to`qimali kapsula ichida yotadi. Kapsula ostidagi bo`shliq to`qima suyuqlig`i bilan
to`lgan. Uq silindrning mayda tarmoqlari kapsula ostidan o`tib mushak tolasini spiralsimon o`rab
oladi. Harakatlantiruvchi tanachalarda bo`lgani kabi: skelet mushaklarining bu qismida ko`ndalang-
targ`illik yo`qoladi va sarkoplazmada ko`p miqdorda mitoxondriyalar va yadrolar to`planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |