Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

NEYRONLARARO SINAPSLAR 

  Ikki  nerv  hujayrasi  orasida  sinapslarning  quyidagi 

turlari farqlanadi:  

  1. Aksosomatik sinapslar (birinchi neyronning aksoni 

ikinchisining tanasida tugallanadi). 

  2.  Aksodendritik  sinapslar  (birinchi  neyronning 

aksoni ik-kinchi neyron dendritlari bilan sinapslar hosil 

qiladi (101-rasm). 

  3. Aksoaksonal sinapslar (birinchi neyronning aksoni 

ikkinchi neyron aksonida tugallanadi). 

  Hozirgi  vaqtda  ikki  neyron  tanasi  o`rtasida  va 

dendrodendritik  sinapslar  ham  mavjudligi  mualliflar 

tomonidan qayd etilgan. 

  Sinaps  sohasida  birinchi  neyronning  aksoni  nozik 

tolalarga  tarmoqlanib  tugmachasimon  kengaymalar 

hosil  qiladi  va  ikkinchi  neyronning  dendritlarida  yoki 

tanasida  tugaydi.  Sinapslar  qo`zg`alishni  retseptor 

neyrondan effektor  yoki assotsiativ neyronga, faqat bir 

tomonga o`tkazish qobiliyatiga ega. Bir nerv hujayrada 

bir  necha  nerv  hujayralarining  o`simtalari  tugashi 

mumkin.  Orqa  miyaning  oldingi  shoxlaridagi 

 

 



101- 

rasm. 


Nerv 

hujayrasining 

ultramikroskopik tuzilishi (sxema).  

1aksodendritik sinaps; 2  - aksosomatik 

sinaps;  3  -  presinaptik  pufakchalar;  4  – 

sinaps 


bo`shligi: 

5- 


presinaptik 

membrana; 6 - postsinaptik membrana; 7 

- endoplazmatik to`r; 8 -mitoxondriya;  

9 - Golji kompleksi; 10 - neyrofibrillalar; 

11  -  yadro;  12  -  yadrocha;  13  -  neyrit 

(akson). 

 (V.G. Yeliseev va boshqalardan, 1970). 

 



 

157 


harakatlantiruvchi nerv hujayrasida taxminan 10 000 nerv tarmoqlari tugaydi. 

 

Ayrim nozik tuzilishlarni hisobga olmaganda hamma sinapslar bir xil tuzilishga ega. Sinaps 



sohasida aksonning oxirgi tarmoqlari kengaymalar hosil qiladi (presinaptik qism, pars presynaptica). 

Presinaptik  qismda  ko`p  miqdorda  mitoxondriyalar  hamda  diametri  40-100  nm  keladigan  sinaptik 

pufakchalar joylashadi. 

 

Xolinergik  sinapslarda  pufakchalar  kichikroq  (30-50  nm)  bo`lib,  monoaminoergik  sinapslarda 



yirikroq  (50-90  nm)  bo`ladi.  Bu  qism  tutashuvchi  yuzasi  presinaptik  membrana  deb  nomlanadi. 

Presinaptik qism bilan ikkinchi neyronning tanasi yoki dendriti bir-biriga zich tegib turmasdan, ular 

oralig`ida  kengligi  taxminan  20  nm  bo`lgan  sinaps  bo`shlig`i  (yorig`i)  joylashgan.  Ikkinchi 

neyronning  postsinaptik  qismi  (pars    postsynaptica  )  postsinaptik  membrana  bilan  qoplangan. 

Shunday  qilib,  presinaptik  va  postsinaptik  membranalar  birinchi  va  ikkinchi  neyronlar 

aksolemmasidir. 

Sinaptik  pufakchalarda  mediatorlar  bo`ladi,  ular  yordamida  nerv  qo`zg`alishi  bir  hujayradan 

ikkinchisiga uzatiladi. Mediator nerv hujayrada hosil bo`lgani uchun neyronlarni sekretor hujayralar 

deb ham aytish mumkin. Har bir neyron ma’lum tuda mediatorlar ishlash qobiliyatiga ega. 

 

Mediatorlarning turiga qarab quyidagi neyronlar farq qilinadi: 



 

1. Xolinergik (atsetilxolin ajratuvchi) neyronlar. 

 

2.  Monoaminergik  (dofamin,  noradrenalin,  adrenalin,  serotonin,  norepineftin,  ya’ni 



katexolaminlar ajratuvchi) neyronlar. 

 

3. Peptidergik (peptidlar ajratuvchi) neyronlar. 



 

4.  Mediator  sifatida  aminokislotalarni  (glyutamat,  glitsin,  gamma-amin  -  yog`  kislota) 

saqlovchi neyronlar. 

 

5. Purinergik (mediator sifatida ATF va uning mahsulotlarini saqlovchi) neyronlar. Atsetilxolin 



parasimpatik,  noradrenalin  esa  simpatik  nerv  oxirlarida  hosil  bo`lsa,  serotonin  faqat  miya  o`zagi 

sohasida,  peptidlar  gipotalamo-gipofizar  neyrosekretor  sohada  hosil  bo`ladi.  Dofamin,  glitsin  va 

gamma-amin-yog` kislotasi tormozlovchi mediatorlar hisoblanadi. 

 

Nerv  hujayrasi  bo`yicha  tarqalayotgan  nerv  impulsi  presinaptik  qismga  yetgach  sinaptik 



pufakchalarda saqlanayotgan mediator presinaptik membrana orqali sinaps bo`shlig`iga chiqadi. Bu 

yoriq. tor bo`lganligi sababli (20 nm) mediator qisqa vaqt ichida postsinaptik membranaga yetadi va 

uning natriy va kaliy ionlariga bo`lgan o`tkazuvchanligini oshirib yuboradi. Natijada, depolyarizatsiya 

yuzaga  keladi.  Depolyarizatsiya  ma’lum  darajada  (kiritik  nuqtaga)  yetganidan  so`ng,  ikkinchi 

neyronda ham nerv impulsi hosil bo`lib, u nerv hujayra bo`yicha tarqala boshlaydi. Sinaps sohasida 

mediatorlarni  parchalovchi  fermentlar  joylashganlign  tufayli  mediatorlar  juda  qisqa  vaqt  ichida 

qo`zg`alishni yuzaga keltirish qobiliyatiga ega bo`ladi. 

 

Ko`rib  o`tilgan  sinapslar  ximiyaviy  sinapslarga  misol  bo`lib,  ularda  bo`ladigan  ximiyaviy 



jarayonlar nerv impulsi ta’sirida sinaptik pufakchalardagi mediatorni sinaptik yoriqqa chiqishi 

va  shu  moddani  postsinaptik  membranaga  ta’sir  qilib,  unda  qo`zg`atuvchi  potensialni  yuzaga 

keltirishdan iborat. 

 

Ximiyaviy sinapslardan tashqari elektrik sinapslar ham mavjud bo`lib, ular baliqlarning elektr 



organida va dengiz qisqichbaqasida topilgan. by sinapslarda qo`zg`alish ximiyaviy yo`l bilan emas, 

balki elektrik usulda faqat bir tomonga uzatiladi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish