Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


NERV TOLALARI (NEUROFIBRIAE)



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

NERV TOLALARI (NEUROFIBRIAE) 

 

 

Nerv tolalari deb glial parda bilan o`ralgan nerv hujayralarining o`simtalariga (neyrit va dendritlarga) 



aytiladi.  Nerv  tolalari  pardalarining  tuzilishiga  ko`ra  ikki  gruppaga  bo`linadi:  1)  miyelinsiz  nerv 

tolalari; 2) miyelinli nerv tolalari. 

 

Miyelinli  va  miyelinsiz  nerv  tolalarining  markazida  o`q  silindr  joylashgan  bo`lib,  u  nerv 



hujayrasining  o`simtasidir.  O’q  silindr  oligodendrotsitlar  hisobiga  hosil  bo`lgan  pardalar  bilan 

o`ralgan. Bu hujayralar Shvann hujayralari yoki neyrolemmotsitlar deyiladi. 

 

M i y e l i n s i z   nerv tolalari asosan vegetativ nerv sistemasining nerv stvollarini hosil qiladi. 



Miyelinsiz  nerv  tolasi  neyrolemmotsit  bilan  o`ralgan  o`q  silindridan  iborat.  Bunda  Shvann 

hujayrasining qobig`i o`q silindrni g`ilof singari o`rab turadi. Lemmotsitlarning pardalari juda yupqa 

bo`lganligi  sababli  yorug`lik  mikroskopida  hujayra  chegaralari  ko`rinmaydi.  Neyrolemmotsitlar 

sitoplazmasi  nozik  lenta  sifatida  ko`rinib,  uning  ma’lum  yerlarida  yadrolar  joylashgan.  Yadro 

cho`zinchoq  yoki  tayoqcha  shaklida  bo`lib,  o`q  silindrining  uzunasi  bo`ylab  joylashgan.  Tashqi 

tomondan neyrolemmotsit bazal membrana bilan qoplangan. Bir neyrolemmotsit tanasidan bir necha 

(3-5, ba’zan 10-20) o`q silindr o`tgan bo`lishi mumkin. Bunday bir necha o`q iilindrga ega bo`lgan 

nerv tolasini «k a b e l  tipidagi» tolalar deyiladi (97-rasm). 

 

Elektron  mikroskop  ostida  tekshirishlar  shuni  ko`rsatdiki,  o`q  silindr  taraqqiyoti  davomida 



neyrolemmotsit  ichiga  botib  kiradi  va  uning  devoridan  chuqurcha  hosil  qiladi.  Chuqurchaning 

devorlari o`q silindrni hamma tomonidan o`rab oladi va uning yon devorlari birlashib ikki membranali 

tuzilma - mezaksonni hosil qiladi (98-rasm). 

 

M i y e l i n l i  nerv tolalari uzun ipsimon 



tuzilishga  ega  bo`lib,  bu  tolalar  miyelinsiz 


 

153 


tolalarga  qaraganda  ancha  yo`g`on  va  ularning  diametri  1  -20  mkm  gacha  yetadi.  Miyelinli  nerv 

tolasida  2  qismni  -  ichki  (stratum  muelini)  –  ancha  yo`g`on  qismni  va  tashqi  –  yupqaroq  –  

neyrolemmotsitlarning yupqa sitoplazmasidan iborat qismini (neurolemma) farq qilish mumkin (99-

rasm). Tolalarga osmiy kislotasi bilan ta’sir qilganda uning miyelin qismi qora yoki to`q jigar rangga 

bo`yaladi, chunki uning tarkibida lipid va oqsil moddalar bor. Pardaning miyelinli qismi ma’lum bir 

masofada  (500-600  mkm  dan  2-3  mm  gacha)  uziladn.  Bularni  Ranvye  bo`g`iqlari  yoki  tugun 

bo`g`iqlari deb atalib, ular qo`shni neyrolemmotsitlar (Shvann hujayrala-ri) chegarasida joylashadi. 

Bo`g`iqlar  orasidagi  miyelin  qavatda  oz  yoki  ko`p  miqdorda  qiya  joylashgan  chiziqlar  -  Shmidt  – 

Lanterman  kertiklari  bor.  Bu  kertiklar  miyelin  qavatdagi  oqsil  va  lipidlarning  o`zaro  ma’lum  bir 

tartibda  joylashishi  tufayli  hosil  bo`ladi.  Ikkala  tugun  bo`g`iqlari  orasidagi  nerv  tolasi  tugunlararo 

segmentni (nodus neurofibrae) tashkil etadi. 

 

 



 

97-rasm. «Kabel» tipidagi nerv tolasining elektron mikrofotogrammasi. x25.000. 

1 - Shvann hujayrasi sitoplazmasi; 2 - Shvann hujayrasi yadrosi; 3 - o`q silindrlar. 



 

154 


 

 

98-rasm. Mezaksonning hosil bo`lishi. Elektron mikrofotogramma. x37.500. 



1- akson;  2 - aksolemma; 3 - lemmotsit (Shvann hujayrasi) qobigi. 

 

 



Uz  taraqqiyot  davrida  bo`lg`usi  miyelinli  nerv  tolasining  o`q  silindri, 

miyelinsiz  nerv  tolasi  kabi,  Shvann  hujayralari  tizimchasiga  botib  kiradi. 

Neyrolemmotsit hosil qilgan chuqurchaning yon devorlari ancha ko`tarilgan 

bo`lib, o`q silindrni belbog` kabi o`rab turadi. Asta-sekin neyrolemmotsitning 

chetki  uchlari  o`zaro  yaqinlashadi  va  birikadi,  natijada,  ikki  membranali 

struktura  -  mezaksonni  hosil  qiladi.  So`ngra  mezakson  uzunlashadi  va 

kontsentrik  holatida  o`q  silindr  atrofida  o`raladi.  Shuning  natijasida 

neyrolemmotsit  sitoplazmasi  torayadi  va  o`q  silindr  atrofida  zich  zona  - 

miyelin qavati hosil bo`ladi (100-rasm). 

 

Elektron  mikrosop  miyelin  qavatining  mezaksonning  kontsentrik 



takrorlanishidan  iborat  ekanligini  ko`rsatadi.  Miyelin  parda  mezaksonning 

ustma-ust  qatlamlaridan  iborat  bo`lib,  bunda  och  va  to`q  bo`yaluvchi 

qavatlarni ko`rish mumkin. Och bo`yaluvchi qavat lipid molekulalaridan, to`q  

bo`yaluvchi qavat esa oqsil molekulalaridan tuzilgan. 

 

 

 



100- rasm. Miyelinli nerv tolasining hosil bo`lish sxemasi. 

1  -  aksolemma  va  lemmotsit  qobigining  o`zaro  munosabati;  2  -  yoriq;  3  - 

aksolemma va lemmo-tsit qobig`i; 4  -lemmotsit sitoplazmasi; 5  - mezakson 

(Robertsondan) 

 

99- 


rasm. 

Miyelinli 

nerv 

tolasi. 


Osmiy 

kislotasi 

bilan 

bo`yalgan. 



Quymich 

nervidan 

tayyorlangan.  0b. 

40, ok.10. 

1 – o’q silindr: 2 - 

miyelinli  parda;  

3  -    neyrolemma 

(Shvann pardasi): 



Ranvye 



bo’g’iqlari. 

 



 

155 


 

Shunday  qilib,  miyelinli  nerv  tolasi  quyidagi  qismlardan  tuzilganligini  elektron  mikroskop 

ostida qayd qilishimiz mumkin. Miyelinli tola markazida nerv hujayrasining o`simtasi  - o`q silindr 

joylashadi.  Uni  chegaralab  turuvchi  plazmolemma  yoki  aksolemma  esa  mezaksonning  bir  necha 

qavatidan iborat miyelin qobig`iga tegib  yotadi. Miyelin tashqi tarafdan neyrolemmotsitning  yadro 

saqlovchi yupqa sitoplazmasi bilan o`ralgan. Sitoplazma neyrolemmotsitning tashqi plazmolemmasi 

vositasida  uni  o`rab  turuvchi  bazal  plastinkadan  ajralib  turadi.  Bazal  plastinka  atrofida  kollagen 

tolalarni va ba’zan fibroblast hujayralarni uchratish mumkin. 

 

Nerv  tolasi  bo`ylab  impulsning  tarqalishida  ularning  hujayra  qobig`i  yoki  plazmolemmasi 



asosiy  o`rin tutadi. Ma’lumki, hamma hujayralar singari nerv hujayrasi ham  polyarizatsiya-langan 

holatda  bo`ladi.  Neyronning  polyarizatsiya  holati  asosan  natriy  va  kaliy  ionlari  miqdoriga  bog`liq 

bo`lib, odatda, hujayra ichida hujayra tashqarisidagiga qaraganda natriy ionlari taxminan 8-10 marta 

kam,  kaliy  ionlari  esa  40-50  baravar  ko`pdir.  Neyron  plazmolemmasi  ionlarni  tanlab  o`tkazish 

qobiliyatiga  ega  bo`lib,  tinch  holatda  kaliy  tashqariga,  natriy  esa  ichkariga  kirishga  moyil  bo`ladi. 

Kaliy ionlarining tashqariga chiqishi natriy ionlarining ichkariga kirishiga qaraganda tezroq bo`ladi. 

Natijada, hujayra ichida manfiy anionlar ko`proq yig`ilib, o`q silindr ichining manfiyligini belgilaydi. 

Potentsial ma’lum birlikka yetgach, neyron ichidagi manfiy potentsial kaliyning tashqariga chiqishiga 

qarshilik  ko`rsatadi.  Shunday  qilib,  hujayraning  tinch  holatidagi  potentsiali  yuzaga  keladi.  Bu 

to`g`rida batafsilroq fiziologiya kursida tanishasiz. 

 

Turli ta’sirlar natijasida nerv impulsining hosil bo`lishi nerv hujayrasi membranasining natriyni 



o`ta tez o`tkazuvchanligiga bog`liq. Ta’sir natijasida plazmolemma orqali natriy ionlari neyronlarga 

o`tib, uning manfiyligini kamaytiradi, ya’ni nerv o`simtasining bir qismida depolyarizatsiyani yuzaga 

keltiradi.  Bu  holat,  o`z  navbatida,  o`q  silindrining  qo`shni  qism  membranasi  o`tkazuvchanligini 

o`zgartiradi, so`ngra depolyarizatsiyaga olib keladi va hokazo. Depolyarizatsiyaga uchragan qismi esa 

bir necha millisekund ichida o`zini avvalgi holatiga qaytadi. 

 

Bayon etilgan mulohazalar miyelinsiz nerv tolalaridan nerv impulsi sekin o`tishini (1--2 m/s) 



aniq tushuntirib beradi. Miyelinli nerv tolasida miyelin izolyator (ajratgich) rolini o`ynaydi, chunki 

uning lipoproteid qavatlari ionlarning o`tishiga to`sqinlik qiladi. Miyelin qavat bo`lgani uchun nerv 

qo`zg`alishi  butun  tola  bo`ylab  bormay,  Ranvye  bo`g`iqlari  sohasida  bo`ladi,  xolos.  Natijada, 

depolyarizatsiyaga  uchragan  qismlar  ma’lum  masofada  bo`lib  (ko`pincha,  2-2,5  mm),  nerv 

impulsining tez o`tishini (5- 120 m/s) belgilaydi. Nerv impulsining bunday o`tishini Ranvye sohalari 

bo`ylab sakrab (saltator) o`tkazish deb tushuntirish ham mumkin. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish