Astrogliya. Astrotsitar gliya markaziy nerv sistemasining (MNS) tayanch apparatini hosil
qiladi. U mayda ko`p o`simtali kichik hujayralardan iborat bo`lib, nurli yulduz ko`rinishiga ega.
Bunday tipdagi neyrogliya hujayralari astrotsitlar (yunon. astra - yulduz; cytos - hujayra) nomini oladi
(96-rasmga q.).
Usimtalarning tuzilishiga qarab 2 xil astrotsitlar farqlanadi: 1) protoplazmatik yoki qisqa
o`simtali astrotsitlar (astrocyti protoplasmatici). 2) tolali yoki uzun o`simtali astrotsitlar (as-trocyti
fibrosi).
Protoplazmatik astrotsitlar MNS asosini hosil qiladi va asosan kulrang moddada, ya’ni
neyronlar sohasida joylashadi. Bu hujayralarning tanasi ko`p qirrali bo`lib, undan kalta ko`p
tarmoqlanuvchi va «oyoqchalar» hosil qilib tugallanuvchi o`simtalar chiqadi. Hujayra kattaligi 15-20
mkm bo`lib, yadrosi nisbatan katta, xromatini kamdir. Sitoplazmasida ko`p miqdorda glikogen,
mitoxondriyalar hamda sust rivojlangan donador endoplazmatik to`r topilgan.
Tolali astrotsitlar asosan MNS oq moddasida, ya’ni nerv tolalari sohasida joylashgan. Ularning
hujayra tanasi nisbatan kichik bo`lib, shakli cho`zinchoqdir. Kattaligi 10-20 mkm bo`lib,
sitoplazmaning ko`p qismini yadro egallagan. Hujayra tanasidan 20-40 tagacha ingichka kam
shoxlanuvchi o`simtalar chiqib, glial tolalarga aylanadi va miyaning tayanch apparatini tashkil qiladi.
Astrotsitlarning o`simtalari ko`pincha mayda qon tomirlar devorlarida tugmachasimon kengaymalar
(perivaskulyar oyoqchalar) hosil qilib tugallanadi.
Ependimogliya. U asosan ependimotsit (ependymocyti) hujayralaridan tashkil topgan.
Etuk ependimotsitlar epiteliy kabi silindrsimon shaklda bo`lib, orqa miya kanalini va bosh miya
qorinchalarining devori-ni qoplab turadi (96-rasmga q.). Bosh miya qorinchalarining qon tomirlari
chigallarini qoplovchi ependimotsitlar kubsimon shaklga ega.
Ependimotsitlar sitoplazmasida mitoxondriyalar, yog`lar, pigmentlar va boshqa tuzilmalarni
uchratish mumkin. Ependimotsitlar chegaralovchi, tayanch vazifalarni bajaradi hamda serebrospinal
suyuqlikni hosil qilishda ishtirok etadi. Ayrim hujayralar esa sekretor funktsiyani o`taydi.
Ependimotsitlarning nerv nayining ichiga qaragan yuzasida embrional davrda kiprikchalar bo`ladi,
ular postembrional davrda yo`q bo`lib ketadi va MNS ning faqatgina ayrim qismlaridagina saqlanib
qolishi mumkin. Bu hujayralarning bazal qismidan esa birgina uzun o`simta chiqadi. Bu o`simta
tarmoqlangan va tarmoqlanmagan bo`lishi mumkin. Tarmoqlangan o`simtalar miyaning oq va kulrang
moddasida joylashgan neyronlar va boshqa gliya hujayralari o`simtalariga tegib yotadi. Gliotsitlarning
o`simtalari ko`pincha shoxsimon tar-moqlangan bo`lib, ular nerv nayining hamma qavatlaridan o`tib,
tashqi chegaralovchi membranani (membrana limitans gliae superficialis) hosil qilishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |