Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Nerv  to`qimasining  taraqqiyoti



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Nerv  to`qimasining  taraqqiyoti.  Nerv  to`qimasi  tashqi  embrional  varaq  -  ektodermadan 

rivojlanadn.  Embrionning  dorzal  devorida  ektodermadan  nerv  plastinkasi  shakllanadi.  So`ngra  u 

egilib, nerv tarnovchasini hosil qiladi. Nerv tarnovchasining chetlari buralib, bir-biriga yaqinlashadi 

va so`ngra birikib, nerv nayini hosil qiladi. Shu vaqtning o`zida ektoderma chetlari ham o`zaro birikib, 

nerv nayidan ajraladi.  

 



 

147 


 

96- rasm. Nerv hujayralari va neyrogliyaning turlari (sxema). 

1-multipolyar neyron; 2-bipolyar neyron; 3-unipolyar neyron; 4 -psevdouniplyar neyron; 5-

ependimogliya; 6- plazmatik astrotsit; 7 - tolali astrotsit; 8-oligodendogliya; 9 - mikrogliya. 

 

Nerv  nayining  teri  ektodermasidan  ajralishi  davomida  nerv  tarnovchasining  ko`tarilgan  chetidagi 



hujayralar  to`dasi  ajraladi  va  ular  nerv  nayining  ikki  yon  tomonida  ganglioz  plastinka  yoki  nerv 

qirrasini hosil qiladi. Nerv nayidan keyinchalik bosh va orqa miya hamda nerv sistemasining periferik 

qismlari rivojlanadi, ganglioz plastinkadan esa sezuvchi nerv tugunlari va vegetativ iyerv  sistemasi 

shakllanadi.  Taraqqiyotning  ilk  bosqichlarida  nerv  nayining  devori  bir  qavat  silindrsimon 

hujayralardan iborat bo`ladi. Bu hujayralar tez mitotik bo`linishi natijasida nerv nayi yo`g`onlashadi 

va  ko`p  qavatli  (soxta  ko`p  qavatli)  bo`lib  qoladi.  Bu  davrda  nerv  nayi  bir  hujayra  turidan  - 



medulloblastlardan  (medulla  -  miya,  blastos  -  kurtak)  iborat  6o`lib,

 

keyinchalik  ikki  turga 




 

148 


differentsiallashadi:  1)  neyroblastlar-dumaloq  shakldagi  birlamchi  nerv  hujayralari  bo`lib,  ulardan 

neyronlar rivojlanadi; 2) spongioblastlar (glioblastlar) birlamchi neyroglial hujayralar bo`lib, ulardan 

har xil neyrogliya hujayralari rivojlanadi. 

 

Hujayralar ko`payishi va nerv naycha devorida surilishi natijasida nerv nanida quyidagi uch 



qavat  tafovut  qilinadi:  1)  ichki  -  ependima  qavati;  2)  o`rta  -yopsich  (mantiya)  qavati;.  3)  tashqi  

qirg`oq vuali (parda) qavati. 

 

Ichki  ependima  qavatida  juda  ko`p  mitoz  bo`linish  ro`y  beradi  va  rivojlanishning  ilk 



bosqichlarida  bu  qavat  glioblastlar  va  neyroblastlarni  hosil  qilsa,  so`ngra  faqat  neyrogliya  uchun 

manba  bo`lib  qoladi.  Asta-sekin  ichki  ependima  hujayralari  prizmatik  shaklni  olib,  bosh  miya 

qorinchalari va orqa miya kanalining ependima hujayralariga aylanadi. Urta qavat neyroblastlar va 

ulardan  shakllanuvchi  neyronlar  hamda  birlamchi  neyroglial  asosni  hosil  qiluvchi  hujayralardan 

iborat. Shu qavat hisobiga orqa miyaning kulrang moddasi hosil bo`ladi. Tashqi qavat – qirg`oq vuali 

(pardasi) neyroblast hujayralarini tutmaydi, bu qavatga ependima hamda o`rta qavat hujayralarining 

o`simtalari o`tib, orqa miya o`tkazuvchi yo`llarining shakllanishida ishtirok etadi. 

 

Neyronlar  va  neyroglial  hujayralarning  ixtisoslanishi  nerv  sistemasining  turli  qismlarida 



barobar bo`lmaydi. Yumaloq shaklga ega bo`lgan o`simtasiz neyroblastlar differentsiallashib, cho`ziq 

noksimon  shaklni  oladi  va  ularning  o`tkirlashgan  uchidan  tugmachasimon  bo`rtma  shaklida  nerv 

o`simtasi o`sib chiqadi. Bundan kelgusida neyrit rivojlanadi. Keyinroq esa hujayraning kalta o`siqlari 

- dendritlar hosil bo`ladi. 

 

Neyroblastlar  differentsirovkasining  ilk  belgisi  –  ularning  sitoplazmasida  ingichka 



neyrofilamentlar  va  mikronaychalardan  tarkib  topgan  neyrofibrillalar  hosil  bo`lishidir.  Yadro  va 

sitoplazmaning  submikroskopik  tuzilishi  ham  o`zgaradi:  neyroblast  sitoplazmasida  erkin 

ribosomalarning  miqdori  kamayadi,  endoplazmatik  to`r  kanalchalari  va  Golji  kompleksi  paydo 

bo`ladi va takomillashdi. Yadroda turli elektron zichlikdagi donalar va iplar hosil bo`ladi. Natijada, 

neyroblastlar yetuk neyronlarga aylanadi. 

 

Neyroblastlardan hosil bo`luvchi neyronlar bo`linish qobiliyatiga ega emas. Shu tufayli ularda 



fiziologik  regeneratsiya  jarayoni  hujayra  sitoplazmasidagi  organellalar  va  oqsillarshshg  uzluksiz 

almashinuvi bilangina chegaralanadi. 

Glioblastlar esa  yuqori darajada bo`linish kobiliyatiga ega, bu xususiyatlari  ular  yetuk  gliotsitlarga 

aylanganda  ham  ancha-muncha  saqlanib  qoladi.  Glioblastlardan  faqat  makrogliya  hujayralari 

(ependimotsitlar, astrotsitlar va oligodendrotsitlar) takomillashadi. 

 

Mikrogliya hujayralari (yoki glial makrofaglar) esa barcha makrofaglar singari, homila davrida 



dastavval mezenximadan, tug`ilgandan so`ig esa qon monotsitlaridan hosil bo`ladi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish