XI BOB NERV SISTEMASI (SYSTEMA NERVOSUM)
Odam nerv sistemasi juda murakkab tuzilgan bo’lib, orga-nizmdagi barcha hayotiy jarayonlarni
boshqarishni va organizm-ning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasini ta’minlaydi. Nerv-sistemasi
endokrin sistemasi bilan chambarchas bog’lanib, yagona nerv-gumoral boshqaruv markazini hosil
qiladi.
Anatomik jihatdan nerv sistemasi shartli ravishda m a p k a-ziyva periferik qismlarga bo’linadi.
Nerv sistemasi ta’sirida organizmda kechadigan barcha fao-liyatlar funktcional sistema tarzida ro’y
beradi. Funk-tcional sistema - organizmning o’zgargan biror holatga mosla-shuvida ro’y beradigan
markaziy va periferik mexanizmtarning dinamik uyg’unlashuvidan iborat murakkab jarayondir. Bu
siste-maning o’ziga xosligi uning tarkibiga kirgan strukturalarning dinamik o’zgaruvchanligidadir.
Funktcional sistema geterogen bo’lib, uning tarkibiga turli anatomik sistemalarga mansub bo’l-gan
biror jarayonda ishtirok etuvchi elementlar kiradi.
Bajaradigan vazifasiga ko’ra nerv sistemasi somatik yoki tcerebrospinal hamda vegetativ nerv
sistemasiga bo’li-nadi. Somatik nerv sistemasi ichki organlar, tomirlar va bez-lardan tashqari,
tananing barcha qismini boshqarsa, vegetatia nerv sistemasi ichki organlar, tomirlar va bezlar
faoliyatini
boshqaradi.
Nerv sistemasi morfologik va turli funktcional xususiyat-larga ega bo’lgan neyronlar zanjiridan iborat
reflektor yoylar orqali organizmda bo’ladigan o’zgarish holatlari haqida markaz-ga (bosh miyaga)
axborot etkazib beradi va ularning aloqasini
ta’minlaydi.
Nerv sistemasining taraqqiyoti. Nerv sistemasi embrion ta-nasi dorzal qismining ektodermasidan
takomil etadi.. Ektoder-
madan nerv plastinkasi, nerv tarnovchasi va nerv (mag’iz) nayla-rining hosil bo’lishi haqida umumiy
gistologiya bo’lnmida bafurja to’xtalib o’tilgan.
Nerv plastinkasidan hali nay hosil bo’lmasdanoq, uning yuqo-ri qirralaridan ikkita lateral hujayra
tasmalari, ya’ni tu-tun chizimchalari hosil bo’ladn. Bu chizimchalardan esa umurtqa-lararo gangliylar
yuzaga keladi.
Ma’lumki nerv nayi dastavval bir qavat hujayralardan iborat. So’ngra, hujayralarning tez bo’linishi
natijasida nay devori ko’p qavatli hujayralarga ega bo’ladi. Nerv nayi bosh (kranial) va dum (kaudal)
teshiklarga ega. Embrnon taraqqiyo-tining to’rtinchi haftasining oxiriga borib, oldin kaudal ney-
roporalar, so’ng asta-sekin nerv nayining bosh tomonidagi te-shik - kranial neyropora bekilib ketadi.
Nerv nayining bosh tomonida qopsimon kengayma mavjud bo’lib, bu tuzilma birlam-chi miya kurtagi
hisoblanadi. Nerv nayining shu qismida uchta birlamchi mpya pufaklari: prosencephslon- oldingi,
mesencephalon o’rta, rhombencephalon - orqa miya pufagi ro’yobga chiqadi. Bu pufaklar bosh
miyaning kurtagi hisoblanadi. Qeyingi jarayon, ya’ni to’rtinchi hafta davomida oldingi va orqa miya
pufaklari-ning har biri bir-biridan ajralib ketmagan 2 ta pufakchaga bo’linadi. SHunday qilib, 5 ta
miya pufaklari hosil bo’ladi. Nerv nayining qolgan qismidan esa orqa miya kurtaklari taraq-qiy etadi.
Embrion taraqqiyotiniig 6-haftasida nay devori ventral va dorzal tomonlariga nisbatan aniq
ifodalangan ko’p qavatli bo’-lib qoladi. SHu davrda nayning yon devorlarida 3 qavat hujay-ralar
yuzaga keladi. Nay devorining ichki yuzasida o’siqchalarga ega bo’lgan ependima hujayralari
qoplamasi joylashadi. Nay-ning o’rta qavati cho’zinchok, radial joylashgan hujayralardan iborat. Bu
qavat hujayralaridan markaziy nerv sistemasi kul-rang moddasining neyron va neyrogliotcitlari
differentcial-lashadi. Nayning yuza qavati o’rta
qavat hujayralarining o’siq-laridan iborat. Bu
163
qirg’oq qavatdir. Bu qavat keyinchalik nerv sistemasining oq moddasini hosil qiladi. Nerv nayi
hujayra-larining differentciallashuvi jarayonida 2 xil hujayra - nerv (neyroblastlar) va tayanch
(glioblastlar) hujayralar yuzaga keladi.
Markaziy perv sistemasining mnya qobiqlari embriogenez-ning 2-oyida nerv kurtagi ektodermasidan
(miyaning yumshok va to’r qavatlari) hamda markaziy nerv sistemasi kurtagini o’ra-gan
mezenximadan (qattiq miya pardasi) taraqqiy etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |