Nerv tolalarining degeneratsiyasi va regeneratsiyasi. Ma’lumki, neyronlar bo`linish va
almashinish qobiliyatini yo`qotgan hujayralardir. Ammo ularning o`simtalari va ulardan hosil bo`lgan
nerv tolalari jarohatlanganda tiklanish (regeneratsiya) xususiyatiga ega bo`ladi. Nerv tolalarining
degeneratsiya va regeneratsiya jarayonlari eksperimental sharoitda, masalan, nerv tolasi kesilganda
yaqqol ko`rinadi. Nerv tolasining jarohatdan yuqori, neyron tanasiga yaqin qismi markaziy, nerv
tolasining pastga qaragan qismi periferik qism deyiladi. Nerv tolasini kesish uning markaziy, periferik
qismlarida, nerv hujayrasi tanasida, neyrogliya va atrofdagi biriktiruvchi to`qimada javob
reaktsiyasini qo`zg`atadi. Natijada, chandiq to`qima rivojlanadi. Chandiq to`qima neyrogliya
elementlaridan hamda biriktiruvchi to`qimadan iborat. Shu chandiq orqali kelgusida regeneratsiya
qiluvchi nerv tolalari o`sib o`tadi. Nerv hujayrasi tanasida bir qator o`zgarishlar sodir bo`ladi. Uning
hajmi kattalashadi, yadro hujayra tanasining chekka qismiga siljiydi. Xromatofil modda o`zgarib
xromatolizga uchraydi, keyinroq tamoman yo`q bo`lib ketadi. Kesilgandan so`ng zudlik bilan
nervning ham periferik, ham markaziy qismlarida o`zgarishlar ro`y beradi
Markaziy qism retrograd - yuqoriga ko`tariluvchi degeneratsiyaga uchraydi (boshqacha qilib
aytganda, jarohat bo`lgan joydan neyron tanasiga tomon yo`nalgan), periferik qism esa pastga
tushuvchi (Uoller) degeneratsiyasiga uchraydi. Periferik qism o`q silindr kesilgandan keyingi
dastlabki ikki kun davomida juda tez shishadi va varikoz bo`rtmalar hosil qiladi. 3-5 sutka davomida
o`q silindr alohida-alohida joylashgan qismlarga
- fragmentlarga bo`linadi. Shu bilan bir vaqtda
156
elektron mikroskop ostida ko`rilganda miyelin qavat membranalari yemirilgan bo`ladi. Miyelin
tomchilari va o`q silindr fragmentlari so`rilish (rezorbsiya) jarayoniga yuz tutadi va bunda glial
elementlar, asosan, multipotentsial gliya, astrotsitlar hamda biriktiruvchi to`qima makrofaglari
ishtirok etadi. Glial elementlar tez bo`linib bir qator bo`lib joylashadi va natijada Byungner lentalari
va tizmalari hosil bo`ladi. Byungner lentalari chandiq to`qima ichiga ham periferik, ham markaziy
qismlardan o`sib kiradi.
Ayni vaqtda markaziy bo`lakning o`q silindrlarida regenerativ jarayonlar ham sodir bo`ladi.
Uning oxirlarida kolbasimon bo`rtmalar (o`sish kolbalari) hosil bo`lib, ular periferik tomon o`sa
boshlaydi va glial chandiqdan o`sib o`tib, periferik bo`lakning Byungner lentalari tomon yo`naladi.
Keyinchalik miyelin hosil bo`ladi va tola o`zining normal shaklini tiklaydi. Shuni aytib o`tish kerakki,
nerv tolasida asosan glial chandiq bor bo`lib, periferik hamda markaziy qismlar orasidagi masofa
kichik bo`lgandagina qayta tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |